12. Qaysi qatordagi juftlik o‘zaro sinonim hisoblanmaydi?
A) nekqadam-shumqadam B) ko‘lanka-soya
C) nasim-shabada D) nashida-qo‘shiq
13. Beadad so‘zining sinonimlari berilgan qatorni toping?
A) odat bo‘lmagan, rasm bo‘lmagan B) odobsiz, tarbiyasiz C) bisyor, mo‘l D) noma’lum, nomsiz
14. Uxlamoq, talamoq fe’llarining sinonimlari qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq so‘zining ikki ma’nosi berilgan B) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq, to‘namoq so‘zlari omonim so‘zlar C) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq va to‘namoq so‘zlari paronim so‘zlar D) tunamoq so‘zi uxlamoq va talamoq so‘zlariga sinonim bo‘lib, bu so‘z ba’zan ikki xil variantda: tunamoq yoki to‘namoq tarzida yoziladi.
15. Qanday so‘zlar badiiy nutqda qo‘llanib, tazod yaratishga xizmat qiladi?
A) omonimlar B) sinonimlar C) antonimlar D) paronimlar
16. O‘roq (ot) - qo‘rqoq (sifat), tepki (ot) - kechki (sifat) so‘zlaridagi qo‘shimchalarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar B) bir ma’noli qo‘shimchalar C) antonim qo‘shimchalar D) omonim qo‘shimchalar
17. O‘zaro antonim qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A)- cha, - chak,- choq,-chiq B) -ning,-ni, -da
C)-li,-siz, be-, ba- D) -m,-im, -um, -ma
18. Berilgan sinonimlardan bosh so‘zni aniqlang.
A) boqmoq B) termilmoq C) nazar solmoq D) qaramoq
19. Paronim so‘zlarni toping.
A) ko‘ylak - ko‘ynak B) vafo - jafo C) shabada - shabboda D) otalik- otaliq
Do'stlaringiz bilan baham: |