20. Ushbu so‘zlarning qaysi birida –ma qo‘shimchasi omonimik holatda qo‘llanishi mumkin? 1) qotishma;
2) moslama; 3) qazilma; 4) burama.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 2, 4
21. O‘zaro sinonim bo‘lmagan so‘zlardan hosil bo‘lgan juft so‘zni toping.
A) kuch-quvvat B) o‘y-xayol C) or-nomus D) ur-yiqit
22. Qaro ko‘zim, kel-u mardumlig‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. Navoiyning ushbu mashhur baytida qo‘llangan fan so‘zining sinonimi berilgan qatorni belgilang.
A) ilm, bilim B) rasm, odat
C) bog‘, chaman D) chidam, toqat
23. O‘rinsiz noo‘rin, g‘ayratli serg‘ayrat so‘zlaridagi qo‘shimchalarni qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) omonim qo‘shimchalar B) antonim qo‘shimchalar C) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar D) sinonim qo‘shimchalar.
24. Quyida berilgan gaplarning qaysi birlarida qo‘llangan uloq so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli ma’nolari hisoblanadi? 1.Hozir yuzlab mayin junli qo‘zi va uloqqa egamiz. 2.Ot boqqaning - uloqqa, qo‘y boqqaning - qo‘noqqa. 3.Arqon kutilmaganda ulog‘idan ochilib, chelak pastga tomon ketdi.
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2,3 D) Berilgan gaplarda qo‘llangan uloq so‘zlari alohida so‘zlar bo‘lib, ular o‘zaro omonim so‘zlar hisoblanadi.
25. Qaysi omonim so‘zlarga grammatik ko‘rsatkichlar qo‘shilganda, omonim munosabat saqlanadi?
1) suz; 2) ko‘ch; 3) ter; 4) rasm; 5) son.
A) 1,4,5 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 2,4,5
Do'stlaringiz bilan baham: |