30. Bahor – ko‘klam sinonimik qatordagi asl turkiy so‘zni toping.
A) ikkalasi ham asl turkiy so‘z B) ikkalasi ham asl turkiy so‘z emas. C) «bahor» asl turkiy so‘z D) «ko‘klam» asl turkiy so‘z
23-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Quyidagi variantlarning qaysi biri xato berilgan?
A) viloyat-oblast B) tuman-rayon
C) jumhuriyat-respublika D) samolyot-tayyora
2. To‘g‘ri ishlatilgan leksik dubletlarni toping.
A) aeroport-tayyoragoh B) student-talaba
C) musiqa-muzika D) B,C
3. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?
A) taqir – tahir B) battar – badtar C) qism-qisim D) ya’ni-yani
4. Qaysi qatorda berilgan so‘zlardagi qo‘shimchalar o‘zaro omonim hisoblanadi?
A) uchrashmoq – o‘rganish B) gulzorlarda – paxtazorda C) o‘qildi – yozildi D) chayqamoq – boqqa
5. Bir so‘z turkumi doirasida omonimik munosabatda bo‘luvchi so‘zlarni toping? 1) suz; 2) ko‘ch; 3) ter; 4) rasm; 5) son.
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,4,5 D) 4,5
6. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?
A) ya’ni-yani B) adl-adil C) battar-badtar D) taqir-taxir
7. Qaysi omonim so‘zlarga gramatik ko‘rsatkichlar qo‘shilganda omonim munosabat saqlanmaydi?
1) suz; 2) ko‘ch; 3) ter; 4) rasm; 5) son.
A) 1,2,3,4 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 2,3
Do'stlaringiz bilan baham: |