28. Majlis ahlining aksariyati xursand bo‘lib, Mustafo Sodiqni olqishladilar. (Oybek) Ushbu gapdagi ahlining so‘zi ahil so‘ziga o‘zaro qaysi jihatdan bog‘liq?
A) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro ma’nodosh so‘zlar. B) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro paronim so‘zlar. C) Aynan bir so‘z bo‘lib, egalik qo‘shimchasi qo‘shilgach, i unlisi tushib qolgan. D) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro shakldosh so‘zlar.
29. Turli tillardan o‘zlashgan so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkinmi?
A) bir til doirasidagina o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin B) faqat arab va fors-tojik tillaridan olingan so‘zlargina o‘zaro sinonim bo‘la oladi C) o‘zlashma so‘zlar qaysi tildan olinganligidan qat’i nazar, o‘zaro sinonim bo‘la oladi
D) o‘zlashma so‘zlar faqat o‘zbekcha so‘zlar bilangina o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin
30. Quyidagi gaplarning qaysi birida “gul” so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? 1) Turmush go‘zal va shirin, kundan-kun yashnar gulday. 2) Yashnamoqda gul turmush, biz tinchlikni istaymiz. 3) Topgan gul keltirar, topmagan bir bog‘ piyoz. 4. Sen uy ichining cho‘risi bo‘lma, guli bo‘l, guli.
A) 1,4 B) 1,3,4 C) 2,4 D) 1,2,3,4
31-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Birgalikda qo‘llanib yangi so‘z hosil qiladigan zid ma’noli so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) yosh-u qari B) aka-uka C) o‘g‘il-qiz D) xotin-xalaj
2. Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi biri asosan joyga nisbatan qo‘llanadi?
A) iflos B) irkit C) isqirt D) ivirsiq
3. Ko‘p ma’noli so‘z ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanish yo‘qolishi natijasida omonim so‘zlarning hosil bo‘lishi qaysi qatordagi javobda berilgan?
A) sir (insonning siri), sir (idishning siri) sir (davlat siri);
B) ot (hayvon), ot (harakat), ot (so‘z turkumi), ot (ism);
C) yoz (fasl), yoz (harakat), yoz (yoymoq ma’nosidagi harakat) D) dam (nafas), dam (bosqon), dam (hordiq).
Do'stlaringiz bilan baham: |