12. Yelar oqshom nafasi, salqin tun ibtidosi. Ushbu misradagi ibtido so‘zining sinonimini toping.
A) oxiri B) avji C) tugashi D) boshlanishi
13. Birdan ortiq so‘zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) omonimlar B) paronimlar C) ko‘p ma’noli so‘zlar D) paronimlar va omonimlar.
14. Ilk og‘och gulladi. Ilik o‘z o‘rnida aziz, ko‘z o‘z o‘rnida mo‘tabar. Ushbu gaplarda ostiga chizilgan so‘zlar o‘zaro shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) omonimlar B) paronimlar C) sinonimlar D) antonimlar
15. Omonim so‘zlar asosan qaysi janrda qo‘llaniladi?
A) g‘azalda B) fardda C) qit’ada D) tuyuqda
16. Quyidagi uch fikrdan qaysi biri to‘g‘ri? 1. Bir necha so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin. 2.Bir necha so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘zaro antonim bo‘lishi mumkin. 3. Bir necha so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘zaro omonim bo‘lishi mumkin.
A) 3 B) 1 va 3 C) 1 D) 1 va 2
17. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro ma’nodosh(sinonim) hisoblanmaydi?
A) sabil, ordona, zormanda B) bo‘lak, parcha, qisim C) puxta, pishiq, chidamli D) bahs, tortishuv, munozara, mubohasa
18. Qatorda noring bo‘lsa, yuking yerda qolmaydi. Ushbu maqolda qo‘llangan nor so‘zining ma’nodoshi (sinonimi)ni toping.
A) tuya B) raqib C) do‘st D) pahlavon
19. Quyidagi hodisalardan qaysi biri ikki va undan ortiq so‘z turkumlariga oid bo‘lgan so‘zlar doirasida kuzatilishi mumkin?
A) ma’nodoshlik (sinonimiya) B) shakldoshlik (omonimiya)
C) zid ma’nolilik (antonimiya) D) ko‘p ma’nolilik (polisemiya)
Do'stlaringiz bilan baham: |