26. Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nolari o‘rtasida bog‘lanishning yo‘qolishi natijasida omonim so‘zlarning hosil bo‘lishi qaysi qatorda berilgan?
A) sir(insonning siri), sir (idishning siri), sir (davlat siri) B) ot(hayvon), ot(harakat), ot(so‘z turkumi), ot(ism) C) yoz (fasl), yoz(harakat), yoz(yoymoq ma’nosidagi harakat) D) gap(nutq birligi), gap (ziyofat, yig‘in)
27. Bois so‘zining sinonimlari berilgan qatorni toping.
A) sabil, qurg‘ur B) xasis, ziqna C) bahona, vaj D) oid, qarashli
28. Omonim so‘zlar qatorini toping.
A) tosh, yo‘q, tur B) tom, tog‘, toq C) to‘r, kul, osh D) A,C
29. Uzun aytma, qisqa ayt, ko‘p ma’no ber. Gapda shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar ishtirok etgan?
A) omonim B) sinonim C) paronim D) antonim
30. Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi biri asosan joyga nisbatan qo‘llanadi?
A) iflos B) irkit C) isqirt D) ivirsiq
22-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Antonimlikni yuzaga keltiruvchi belgilar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) shakliy jihatdan har xillik B) ma’noviy jihatdan har xillik C) ma’nodagi o‘zaro zidlik D) A,B,C.
2. Turli tillardan o‘zlashgan so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkinmi?
A) bir til doirasidagina o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin
B) faqat arab va fors-tojik tillaridan olingan so‘zlargina o‘zaro sinonim bo‘la oladi C) o‘zlashma so‘zlar qaysi tildan olinganligidan qat’i nazar, o‘zaro sinonim bo‘la oladi
D) o‘zlashma so‘zlar faqat o‘zbekcha so‘zlar bilangina o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin
3. Quyidagi qatorlarning qaysi birida salbiy bo‘yoqdor so‘zlar berilgan?
A) yaxshi, chiroyli, shirin, xursand B) yomon, xunuk, bemaza, xafa C) ko‘rk, chehra, jilmaymoq, kamolot D) badburush, naynov, qiltiriq, bashara, satang
Do'stlaringiz bilan baham: |