1. Vokalizm haqida ma’lumot. Unli fonemalar tasnifi
Download 50.74 Kb.
|
1. Vokalizm haqida ma’lumot. Unli fonemalar tasnifi-fayllar.org
shanba
> shamba (n > m)
kabi.
Talaffuzning bu shakli
til
sanalmaydi. Qadimgi turkiy
«г»
qo'llanmagan. 8. «Sh» fonemasi - til oldi-tanglay, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. So'zning boshida (shamolfsholl), o'rtasida (tushuncha, o'sha) va oxirida (naqsh, ravish) kela oladi. Deyarli barcha pozitsiyada asosiy ottenkasi saqlanadi: go'shty g'isht, tovushlar, tovushni, tovushdan, tushgin, tushkinlik kabi. 9. «J» fonemasi - til oldi-tanglay, sirg'aluvchi, jarangli, shovqinli undosh. So'z boshida, o'rtasida va oxirida qo'llanish holatlari faqat ruschabaynalmilal o'zlashmalarda uchraydi: janr, jeton, jemper, jurnal (so'z boshida); major, barja (so'z o'rtasida); blindaj, peyzaj, drenaj, ekipaj, personaj, garaj, tiraj, massaj, sabotajf staj (so'z oxirida) kabi. So'z o'rtasida qo'llanishi tojik tilidan o'zlashgan bir necha so'zda ham uchraydi: mujda, gijda, cijdaho (ajdarho) kabi. Bunday pozitsiyada sirg'aluvchi «j» qorishiq «j (dj)»ning «d» ta’sirida o'zgargan ottenkasi bo'lishi ham mumkin. Bu undosh so'z oxirida jarangsizlashadi: massaj> massash, drenaj > drenash, ekipaj > ekipash kabi. Qadimgi turkiy tilda bu tovush bo'lmagan. 10. «J (dj)» fonemasi - til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangli, shovqinli undosh, «ch»ning jarangli jufti. Bu fonema so'zning boshida (joyjiydajo'ra), o'rtasida (majlis, ojiz, ijozat) va oxirida {haj, avj, boj, toj, ilinj) kela oladi. So'z oxirida bir qadar jarangsizlashib, «ch» ga yaqin talaffuz etiladi: lunj> lunch, vaj> vach, Hoj> iloch, xiroj > xiroch, dilxiroj > dilxiroch kabi. So'z ichida jarangsiz undosh bilan yonma-yon bo'lganda ham jarangsizlashadi (assimilyatsiya qilinadi): ijtimoiy > ishtimoiy (j > sh) kabi. Demak, qorishiq «j (dj)» assimilativ holatda yoki so'z oxirida o'zining asosiy bo'lmagan (notipik) ottenkasi bilan qatnashadi. Qadimgi turkiy tilda bu tovush bo'lmagan. 11. «Ch» fonemasi — til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangsiz, shovqinli undosh, «j (dj)» ning jarangli jufti. Bu undosh so'zning boshida (choy,chegara), o'rtasida (bechora,ko‘cha) va oxirida (omoch, tilmoch, kech, soch) kela oladi. Jarangsiz undosh ta’sirida ba’zan «sh» ga o'tadi: uchta > ushta (ch > sh)
kabi.
o‘rta
undoshi
«Y» fonemasi — til o'rta, sirg'aluvchi, sonor undoshi (og'iz sonanti). Bu undosh so'z boshida {yil, yo'q), o'rtasida (bayram, vayrona) va so'z oxirida {boy, to \у) qo'llanadi, «i» unlisidan so'ng qo'llanganda, shu unli bilan singishib, fonetik diftong hosil qiladi: vodiy > vodi:, dohiy > dohi: kabi41. «Y» undoshi yumshoq (palatal) tovushdir, shuning uchun u bilan yondosh qo'llangan unlilar akkomodatsiyaga uchraydi - orqa qator unlilar old qator (ingichka) ottenka bilan talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: qo'l Download 50.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling