1. Xalqaro kredit, uning funksiyalari va tamoyillari Xalqaro kreditning asosiy shakllari
Download 36.12 Kb.
|
ELYOR KURS ISHI
Xalqaro kreditning funksiyalari
Xalqaro kredit ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida aylanish xususiyatini aks ettiruvchi quyidagi funksiyalami bajaradi: 1. Kengaygan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ssuda kapitalining mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanishi. Xalqaro kredit mexanizmi orqali ssuda kapitali foydani ta’minlash maqsadida iqtisodiy agentlar ko‘zlagan sohalarga yo‘naltiriladi. Shu orqali kredit milliy 146 foydani o ‘rtacha foydaga aylantirishga va uning massasini oshirishga yordam beradi. 2. Xaiqaro hisob-kitoblarda haqiqiy pullami (oltin va kumush) kredit pullar bilan almashishi, shuningdek, naqdsiz to‘lovlami tezlashishi va rivojlanishi, naqd valyuta oborotini xaiqaro kredit operatsiyalari bilan almashishi muomala xarajatlarini iqtisod qiladi. Xaiqaro kreditlar asosida Xaiqaro hisob-kitoblaming kredit vositalari bo‘lgan - veksel, chek, shuningdek, bank o ‘tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar vujudga keldi. Xaiqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda kapitalining muomala vaqtini iqtisod qilinishi hisobiga kapitalning ishlab chiqarish funksiyasi vaqtini oshirib, ishlab chiqarishni kengaytirishga va foydani ko‘paytirishga erishish mumkin. 3. Kapitalning to‘planishi va markazlashuvining tezlashishi. Chet el kreditlarini jalb qilish hisobiga qo‘shimcha qiymatni kapitallashtirish tezlashadi, individual jam g‘arish chegaralari kengayadi, bir mamlakat tadbirkorlarining kapitali boshqa mamlakat mablag‘lari hisobiga ko‘payadi. Kredit ma’lum chegaralarda boshqa mamlakatlaming kapitali, mehnati va mulkiga egalik qilish imkoniyatini beradi. Imtiyozli xaiqaro kreditlaming yirik kompaniyalarga berilishi hamda mayda va o‘rta firmalaming jahon ssuda kapitallari bozoriga kirish imkoniyatini qisqarishi kapitalni to‘planishiga va markazlashuviga sabab bo‘lmoqda. Qarz mablag‘lari qaysi tashqi iqtisodiy bitimga belgilanishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: •tijorat kreditlari - tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita bog‘langan; •moliyaviy kreditlar - har qanday maqsadlarga ishlatiladigan, shu jumladan, to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar, investitsion obyektlami qurish, qimmatbaho qog‘ozlami sotib olish, tashqi qarzni to‘lash, valyuta interventsiyasini о ‘tkazishlardir. •oraliq kreditlar - kapital, tovar va xizmatlami olib chiqarishning aralash shakllariga xizmat qilish uchun tayinlangan, masalan, pudrat ishlarini bajarish shaklida. Ko‘rinishi bo‘yicha kreditlar: tovar - asosan eksportyorlar tomonidan xaridorlarga beriladigan va valyuta - banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kreditlarga bo‘linadi. Download 36.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling