1. Xalqaro kredit, uning funksiyalari va tamoyillari Xalqaro kreditning asosiy shakllari


Download 36.12 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi36.12 Kb.
#1415396
1   2   3   4   5
Bog'liq
ELYOR KURS ISHI

Xalqaro kreditning shakllari
Xalqaro kreditning 2 shakli mavjud:
1. Xalqaro bank krediti;
2. Xalqaro tijorat krediti.
Xalqaro bank krediti asosan valyuta (pul) ko‘rinishida bo’ladi.
Xalqaro tijorat krediti esa, odatda tovar ko‘rinishiga ega.
Ana shu 2 ta asosiy kredit shaklidan kelib chiqadigan bir qancha kreditlar mavjud:
1. Firma (tijorat) krediti - odatda eksportyor mamlakatning bir firmasi boshqa mamlakatning importyoriga toMovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishiga tushuniladi. Tashqi savdoda tijorat krediti tovarli operatsiyalarga bog‘liq hisob-kitoblarda keng qoMlaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda 2-7 yil) turlicha bo‘ladi.
2. Vekselli kreditda eksportyor tovami sotish haqida bitim tuzib, o‘tkazma veksel (tratta)ni importyorga jo ‘natadi, importyor tijorat hujjatlarini olib aktseptlaydi, ya’ni unda ko‘rsatilgan muddatda to‘lovni amalga oshirishga rozilik beradi.
3. Ochiq schyotlar bo‘yicha beriladigan kredit. Bu kredit eksportyor va importyor o‘rtasidagi kelishuvga asoslanadi. Eksportyor jo ‘natilgan har bir tovarlar qiymatini importyoming hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Importyor shartnomada ko‘rsatilgan vaqtda kredit summasini to‘lab boradi. Ochiq schyotlar bo‘yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada boMgan firmalar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Bank krediti - eksport va importni kreditlashda ssuda formasida namoyon bo‘ladi va u tovarlar, tovar hujjatlari, veksellami hamda trattani garovga olgan holda beriladi. Ba’zan banklar o‘zlariga chambarchas aloqada boMgan yirik eksportyor-firmalarga blankli kredit, ya’ni rasmiy ta’minlanmagan kreditlar berishadi.
Eksport krediti - eksportyor bankining importyor bankiga yetkazib berilgan mashina, asbob-uskuna va boshqa investitsiya qilingan tovarlami kreditlashga aytiladi. Bank kreditlari pul ko'rinishida beriladi va "bogMiq"lik xarakteriga ega, chunki kredit oluvchi ssudadan faqatgina kreditor mamlakat tovarlari sotib olishigagina beriladi.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
* qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat, tashkilot va muassasalar, huquqiy shaxslar, xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadilar;
* qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
* qarz beruvchi mamlakatga to‘lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi; * kelishilgan kredit bahosi;
* kredit bahosining yashirin elementlari.
Suzib yuruvchi foiz stavkasi ikki qismdan tarkib topadi:
1. Asos qilib olingan stavka. Bunday stavka sifatida AQSH banklarining birinchi darajali qarz oluvchilari uchun stavka (praymreyt), shuningdek London banklari tomonidan shu toifadagi mijozlarga qisqa muddatli ssudalarni berishda ishlatiladigan o ‘rta foiz stavkali (LIBOR) qo‘llaniladi. Rasmiy jihatdan LIBORning o‘rnatilgan darajasi mavjud emas. Har bir yirik London banki bu stavkani valyuta bozoridagi talab va taklifga qarab aniqlaydi. Libor valyuta turlari va muddatlariga qarab (1, 3, 6 va 12 oy) tabaqalashtiriladi.
2. Ustamalar yoki marja. Uning miqdori qarz oluvchi va qarz beruvchi o ‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha aniqlanadi.
Komission to‘lovlar bu qarz beruvchi bankka belgilangan muddat mobaynida zarur kredit resurslarini qarz oluvchi ixtiyoriga berish va rezervda saqlash majburiyati uchun to‘lanadi. Shuningdek, komission to‘lovlar agar kredit alohida banklar tomonidan emas, balki banklar uyushmasi tomonidan berilsa, kredit operatsiyalarini o ‘tkazishni boshqarish uchun ham to‘lanadi. So‘nggi holda yetakchi bank yoki uyushma ishni tashkil etuvchi menejer kreditlashda qatnashish hissasini hamda qarzni uzishdan, foizlami to‘lashdan tushadigan mablag‘lami uyushma a’zolari o ‘rtasida taqsimlaydi. Buning uchun qarz oluvchidan boshqarish uchun bir martalik tartibda komission to‘lovlar oladi.
Sug‘urta mukofoti - bu maxsus sug‘urta muassasalariga to‘lanadi. Chunki ular yuz berishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni sug‘urta qiluvchi bilan kelishilgan miqdor doirasida qoplash mujburiyatini o ‘z zimmalariga oladilar. Hozirgi vaqtda eksport kreditlarining sug‘urta qilish miqdori ehtimoli bo’4gan yo‘qotishlaming 80-90%ini tashkil etadi, ba’zida esa hatto 100 foizini.

Download 36.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling