“Pul va banklar” fani Ma'ruza 20-mavzu: Pulning xalqaro munosabatlardagi harakati Ma'ruza rejasi 1. Xalqaro valyuta munosabatlari 2. Jahon valyuta tizimi va uning evolyusiyasi Xalqaro valyuta munosabatlari deganda valyutalarning jahon iqtisodiyotidagi harakatlari natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarga aytiladi. Lekin har qanday valyuta xalqaro miqyosda harakatlana olmaydi, ya'ni davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda to‘lov vositasi vazifasini bajara olmaydi. 1. Xalqaro valyuta munosabatlari Hozirgi davrda dunyoda faqat 7 ta valyuta xalqaro miqyosda to‘lov vositasi vazifasini bajara oladi: 2. EUR – Yevro 3. JPY – Yaponiya ieni 4. GBP – Buyuk Britaniya funt sterlingi 6. CAD – Kanada dollari 7. AUD – Avstraliya dollari. 1. Xalqaro valyuta munosabatlari Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan xalqaro rezerv valyuta (reserve currency) maqomi berilgan: AQSh dollari, yevro, Yaponiya ieni, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Shveysariya franki 1. Xalqaro valyuta munosabatlari XVF ekspertlarining tavsiyasiga ko‘ra, valyuta xalqaro rezerv valyuta maqomiga ega bo‘lishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak: 1. Rezerv valyutaning emitenti bo‘lgan mamlakat XVFda katta zaxira pozisiyasiga ega bo‘lishi lozim. 2. XVF tomonidan ushbu valyutada kreditlar berilishi lozim. 3. Dunyoning istalgan mamlakatida to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishi lozim. 2015 yil 30 noyabrda XVF Xitoy yuanini xalqaro rezerv valyuta sifatida tan oldi. 1. Xalqaro valyuta munosabatlari Xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutaviy qimmatliklar ham muhim o‘rin tutadi. Odatda, valyutaviy qimmatliklarga oltin va boshqa nodir metallar, xorijiy valyutalarda yozilgan cheklar, veksellar va qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |