O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasiga ko‘ra chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi. Xalqaro valyuta munosabatlarini yuzaga kelish asoslari: 1. Davlatlar o‘rtasidagi eksport-import operatsiyalarining mavjudligi. 2. Ssuda kapitalining xalqaro miqyosdagi harakatining mavjudligi. 3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfelli investisiyalar harakatining mavjudligi. 4. Nodir metallar savdosining mavjudligi. 1. Xalqaro valyuta munosabatlari Xalqaro valyuta operatsiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq. Aynan, eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishi xalqaro valyuta operatsiyalarini paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Import bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish, olingan eksport tushumini milliy valyutaga ayirboshlash orqali milliy valyutadagi to‘lovlarni o‘tkazish konversion operatsiyalarni paydo bo‘lishiga olib keldi. 1. Xalqaro valyuta munosabatlari Banklararo vakillik munosabatlarining mavjudligi xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Banklarning “Nostro” va “Vostro” vakillik munosabatlari orqali xorijiy valyutalardagi to‘lovlar amalga oshiriladi va tushumlar qabul qilinadi. 1. Xalqaro valyuta munosabatlari Banklararo vakillik munosabatlarining ikki turi mavjud: 1. Bir tomonlama vakillik munosabatlari. 2. Ikki tomonlama vakillik munosabatlari. Bir tomonlama vakillik munosabatlarida har ikkala bankdan faqat bittasi “Nostro” yoki “Vostro” vakillik hisobraqamiga ega bo‘ladi. Ikki tomonlama vakillik munosabatlarida har ikkala bank “Nostro” yoki “Vostro” vakillik hisobraqamiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |