1. Xalqparvar davlat tushunchasini qisqacha izohlash
Download 152.36 Kb.
|
Huquqiy boshqaruv huquqning ustunligiga asoslanadi va shu bois nafaqat
rasmiy organlar va mansabdor shaxslarning maqsadlariga, balki fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar sub'ektlarining huquqlari, erkinligi va manfaatlarini ta'minlash hamda kafolatlash zaruratini hisobga oluvchi huquqiy shakl va usullariga bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy davlatlarga barcha iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy jarayonlar, shuningdek, kishilar orasidagi aloqalarga aralashuv begonadir. Bunday davlatlarda ijtimoiy birlashmalar faoliyatiga birqadar mustaqillik va erkinlik berilib, ularning haq -huquqlari mustahkamlanadi va ularga rioya etiladi. Huquqiy davlatni barpo etishdagi yutuqlar, mazkur jarayonning ko‘lami va sur'ati, undagi ijobiy va salbiy natijalarning o‘zaro nisbati har qanday jamiyatning fuqarolik jamiyatiga aylantirilishiga ko‘maklashadi. O‘z navbatida, huquqiy davlatning barpo etilishi va rivojlanishi jamiyatning mustahkamlanishi va takomillashuviga yordam beradi. Binobarin, davlatning huquqiy davlatga aylanish jarayoni qanchalik keng va to‘la amalga oshsa, fuqarolik jamiyatini ushlab turadigan va unga xizmat qiladigan huquqiy tayanch va qurilmalar shunchalik ishonchli va salmoqli bo‘la boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati orasida o‘zaro aloqadorlik mavjud bo‘lib, ularning biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Ularning amal qilish natijalari o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birlariga bevosita ta'sir etadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati turli-tuman, biroq bir-biriga yaqin vazifalarni hal etadi. Agar huquqiy davlat o‘zining qonun hujjatlarida shaxsning huquqlarini mustahkamlasa, fuqarolik jamiyati unga yuqori ijtimoiy holatni kafolatlaydi. Mazkur holat (status) shaxs hayoti va faoliyatining turli tomonlariga urg‘u beradi va bir-birini to‘ldiradi. Ijtimoiy holat moddiy, tashkiliy-texnik imkoniyati, shuningdek, har bir jamiyat uchun xos sinfiy-guruhiy, milliy-etnik, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni ifodalaydi. Mazkur imkoniyat va imtiyozlarga jamiyat o‘z a'zolarini ega qiladi. Jamiyatda bunday imkoniyat va imtiyozlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ulardan fuqarolar shunchalik to‘laroq foydalanishi mumkin. Ular huquqiy holat mazmunini tashkil etuvchi imkoniyatlarni mustahkamlaydi. Ularsiz imkoniyatlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Davlat va jamiyat tomonidan qo‘llanadigan mas'uliyatlar institutlarining o‘zaro aloqadorligi shunga o‘xshashdir. Huquqiy tartibni buzuvchi shaxslarni davlat yuridik javobgarlikka tortadi, nohuquqiy tartibbuzarliklarga esa ijtimoiyahloqiy ta'sir choralari qo‘llanadi. Bunda javobgarlikning mazkur institutlari o‘zaro muvofiqlikda bo‘ladi va bir-birini to‘ldiradi. Download 152.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling