1. Xalqparvar davlat tushunchasini qisqacha izohlash


Download 152.36 Kb.
bet1/9
Sana30.12.2022
Hajmi152.36 Kb.
#1072565
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


Savollar

1. Xalqparvar davlat tushunchasini qisqacha izohlash.
2. Davlat boshqaruvining sivilizatsiyaviy imkoniyatlarini sanab ko‟rsating.
3. Huquqiy va demokratik davlat o‟rtasidagi farqli jihatlarni ajratib ko‟rsating.
4. O‟zbekistonda Qonun ijodkorligi va huquqni qo„llash amaliyoti jarayonini
tavsiflang.
5. Huquqiy davlatda shaxs va jamiyat munosabatlari nimada ifodalanadi?
6. “Davlat - inson uchun” tamoyilini izohlang?
Javoblar
1. Zamonaviy davlatlarda barcha sohalarning o‘z milliy strategiyasi mavjud bo‘lib, shuningdek har bir sohaning milliy taraqqiyot dasturi - siyosiy, ilmiy, falsafiy, texnikaviy, tibbiy va hokazo ta’limotlarda alohidalik kasb etadi.
Misol uchun, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va milliy ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqildi. Demak, bundan ko‘rinadiki, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarning har birida amal qilishi mumkin bo‘lgan taraqqiyot strategiyasi, g‘oya va dasturlari mavjud bo‘ladi. Shuningdek, soha rahbarlarining g‘oyaviy strategik jihatdan mustaqil va o‘ziga xos prinsiplari hamda ularning faoliyat turlariga qarab rivojlanib borishi qonuniyat amal qiladi.
Yangi O‘zbekiston davlatida bu kabi huquqiy davlat tizimini isloh qilishning eng ustuvor yo‘nalishi, bir-birini takrorlamaydigan faoliyat va vakolatga ega bo‘lishidadir. Uning boshqa davlatlardan o‘ziga xos jihatlari asosan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishdan iborat bo‘lishi va ushbu organlarning ishiga faqat xalq o‘z munosabati va bahosini bera olishi strategik mezon hisoblanadi.
Bugungi kunda demokratik tamoyillar nisbatan barqaror amal qilib turgan davlatlarda jamiyat ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshqarishda siyosat va huquq mutanosibligi ko‘zga tashlanadi. Bunday sharoit insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy intizomga va siyosiy normalarga muvofiq tarzda saqlab turish orqali siyosiy barqarorlik imkoniyatini yaratadi.
Bu borada davlat organlari rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy asosga qo‘yish, rejalashtirish, samaradorligini oshirish hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. “ Ko‘zbo‘yamachilik, odamlarni qiynash, sohta va balandparvoz gaplarga o‘chlik yillar davomida ba’zi rahbarlarning qon qoniga shu qadar singib ketgan ediki, ulardan qutulish qiyin bo‘lyapti. Lekin qanday bo‘lmasin, bu kabi illatlarga butunlay chek qo‘yishimiz kerak. Chunki bunday holatlar rostgo‘y, soxta ishni umuman qabul qilmaydigan xalqimizning asl tabiatiga mutlaqo yotdir... . Boshqacha aytganda, turli bo‘g‘indagi rahbar va ularning o‘rinbosarlari o‘zlarining aniq vazifalari uchun javob beradilar. Shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik barcha boshqaruv idoralari xodimlari uchun bosh mezon bo‘ladi. Umuman, har bir rahbarning kabineti “xalq qabulxonasi”ga aylanishi kerak.
Bu borada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida boshqaruv tizimining g‘oyaviy kamoloti yo‘lida, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini tanlash, yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlarni shakllantirish “korrupsiya-jaholat”, “gender tenglik”, “jamoatchilik nazorati” “tarbiya mansab tanlamas” “so‘z erkinligi”, “mehr daftari” singari hayotiy ko‘nikmalarni real voqelikka aylanib borayotganini xis qilgan holda siyosiy ahloq talablarining yangi mexanizmlarini yaratish zaruratga aylanadi.
“Mamlakatimizda qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishida, ijro hokimiyati organlarining uyg‘un faoliyat olib borishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Afsuski, bugungi kunda faoliyat yo‘nalishidagi javobgarlik darajasi, vakolat mexanizmlarining aniq chegaralab, belgilab qo‘yilmagani ishimizga halaqit bermoqda. Shu munosabat bilan davlat boshqaruvida ochiqlikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini tadqiq etish lozim.
Boshqaruv tizimida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshqarishda siyosat va ahloqning, funksional jihatdan, farqi hamda umumiyligi mavjud bo‘lsa ham, ularning uyg‘unligini ta’minlash jamiyat taraqqiyotining sharti hisoblanadi. Shuning uchun xar tomonlama chuqur o‘ylab, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini qabul qildik. Mazkur hujjat mohiyatiga ko‘ra, jamiyat hayotining barcha sohalarida tizimli islohotlarning “yo‘l haritasi”ga aylanadi. Zero, yangi davlat va jamiyat qurilishining demokratik xarakteri konstitutsion, siyosiy va ahloqiy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga asoslanadi.
Darhaqiqat, har qanday jamiyatda, tarixiy davrda siyosiy islohotlar taraqqiyparvar afzal qadriyatlarga tayanmog‘i kerak. Aks holda, mazkur talablarga amal qilmaslik (xatto, ulardan chekinish) Yangi O‘zbekiston boshqaruvida g‘oyaviy savodsizlik, siyosiy mas’uliyatsizlik, ma’naviy-ahloqiy qashshoqlikni namoyon qiladi.
Ijtimoiy aloqalarni boshqarish va tartibga keltirishga yo‘naltirilgan siyosiy normalarning uyg‘unligi jamiyat ma’naviy taraqqiyotining muhim mezoni bo‘lib, ijtimoiy samaradorlik va maqsadga muvofiqlikni belgilaydi. Boshqacha aytganda, jamiyat munosabatlarini ahloqiy meyorlarga ko‘ra tashkillashtirish murakkab voqelik hisoblanib, fuqarolarning qonunlarni hurmat qilib yashash madaniyati ustuvor siyosiy ko‘rinishga ega bo‘lishiga va siyosatning ahloqiylashish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni g‘oyaviy realizm pozitsiyasidan turib baholashda, muqarrar ravishda, siyosiy o‘ziga xoslik va qadriyatli tamoyillardan ham muhimroq, ya’ni uni harakatga keltiruvchi mohiyatlar asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham rossiyalik siyosatshunos olim K.S.Gadjievning: “Jahon siyosiy maydonida mavqei nisbatan baland davlatlar g‘oyaviy, siyosiy va boshqa qarashlarini ikkinchi darajali vazifa sifatida qarab, real siyosiy voqelikda o‘zlarining milliy manfaatlarini belgilaydilar”,  deb yozishida muayyan haqiqat bor. Risoladagidek aytganda, manfaatlarning o‘zgarishi, bilan jamiyat tuzilmalarining munosabatlari ham, ularning me’yoriy prinsiplari, targ‘ibot vositalari va talablari ham, takomillashib boradi.
Tarixiy davr taqozosi bilan davlatlarning siyosiy mavqei o‘zgarib turgan. J-ahon siyosiy makonidagi oshkora yoki xufyona manfaatlar kurashida ezgulik va yovuzlik kurashi namoyon bo‘lgan. Insoniyat svilizatsiyasini saqlab qoladigan muqobil kuchlar tarkibida siyosiy ahloqning ustuvor kuchga aylanib borayotganligi ya’ni determinlashtiruvchi omilga aylanishi ob’ektiv qonuniyatdir.
Ijtimoiy-siyosiy munosabatlar sofligini yo‘lga ko‘yuvchi hamda determinlashtiruvchi omillar tizimida ahloqiy normalar va tamoyillarga amal qilish yoki e’tiqod qilishning murakkabligi, bir tomondan, unda odamlarning real tarixiy taraqqiyot darajasidan nisbatan alohida ideallar tarzida ilgari suriladi. Ikkinchidan, alohida bir insonning ahloqiy norma va tamoyillarga rioya etish madaniyati, individual o‘ziga xosligi bilan harakterlanadi. Shuning uchun, jamiyatdagi ezgulik va yovuzlikni baholashda muayyan manfaatdorlik asosidagi yondoshuv natijasida ta’limotlardagi muqobillik mavjud.
Shuning uchun ham O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, insoniyat ijtimoiy-siyosiy munosabatlarini tartibga keltiruvchi ijtimoiy tamoyillarni jamiyatda targ‘ib va joriy qilish vositalarini bilvosita rivojlantirish va mukammallashtirish jarayonidan iboratdir.
Shunday qilib, aytish mumkinki, o‘tmish davrining davlatlar va jamiyatlar strukturasiga mos ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni tizimli tashkil etishda siyosiy afzal qadriyatlarning boshqaruv faoliyati doirasida, siyosiy hamda huquqiy madaniyat unsurlari bilan sintezlashuvi, ushbu jarayonlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat kiladi. Xususan, davlatchilikning tarixiy rivojlanish tajribalaridan ma’lumki, bunday uyg‘unlik jamiyat taraqqiyotini yangi sifat bosqichlariga ko‘taradi.
Davlatning siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan taraqqiyot strategiyasi kelajakka qaratilgan ulug‘vor g‘oyalarga asoslanmog‘i kerakligi to‘g‘risida rus olimi I.Orlovning “Qadimgi Rossiya xalqining milliy-g‘oyaviy tamoyili “ Yer va erkinlik” mazmuniga ega edi. Davrlar o‘tib kommunizm g‘oyasi milliy g‘oyaning asosiy mezoniga aylandi. Ammo, davlat va jamiyatning milliy strategiyasi mavjud tizim ilgari surishi kerak bo‘lgan g‘oyalarga emas, aksincha kelajakka chorlovchi ahamiyatga ega bo‘lmog‘i darkor”,- deya aytgan fikrlarida haqiqat amal kiladi.
Jahon siyosiy xaritasida ko‘plab davlatlar mavjud bo‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, dinlar, diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshqarish funksiyasi haqida qadimdan xilma-xil, muqobil ilmiy ta’limotlar yaratilib, hozirgi yo‘nalishlari esa, ularning tarixiy va mantiqiy davomiligi va dolzarbligi ortgan albatta.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asarida ... “hozirgi globallashuv jarayonlarida jamiyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni keltirib chiqarayotgan, tinchlik va ezgu qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ko‘paymoqda, bular ichida eng katta havf tug‘dirayotgani terrorizm, ekstremizm, kiber jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabilardir. Ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilayotganligiga urg‘u berilib, tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, halqni tinchligi, O‘zbekiston manfaatlarini o‘ylab yashash zarurligi” ta’kidlanadi. Bu voqealarning haqiqat ekanligini yaqin kunlarda sodir bo‘lgan “Qozog‘iston voqealari”da ham kuzatish mumkin bo‘ladi va O‘zbekiston Prezidentining oldindan voqelikni baholay olish darajasi, nechog‘lik aniq ekanligini ham anglatadi.
Yangi O‘zbekiston istiqboli bo‘lgan Taraqqiyot strategiyasi ilg‘or rivojlanish darajasiga erishgan jamiyatlarning yaratuvchanlik ruhiga, yuksak intellektual inson va millat g‘oyasiga aylanishi muqarrar.
Bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar beqiyos bo‘lib, birgina ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarimizning Yangi O‘zbekiston ruhida tarbiyalash, milliy g‘oya va milliy ongni ularning ruhiyatiga singdirish, hushyor, odobli va boshqa na’munali ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatib, “ma’rifiy strategiya”ning milliy istiqbolini yuksaltirish yo‘lidan bormoqdalar.
O‘zbekistonda bugungi kunda, Harakatlar strategiyasidan-taraqqiyot strategiyasi sari istiqbolni ro‘yobga chiqarish yo‘lida, Prezident Sh.M.Mirziyoev tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan islohotlarni amalga oshirishda barcha ijro organlarini xalqqa xizmat qilishga yo‘naltirdi, shuningdek:
1) Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatildi, chegaralar ochildi va nazorat punktlari tashkil etildi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha kontruktiv muloqot yo‘lga qo‘yildi;
2) Davlat xizmatlari tizimi rivojlantirilib, Markazlar ishga tushirildi, ortiqcha byurokratiyaga barham berildi;
3) Inson huquqlari kafolatlari kuchaytirildi, majburiy mehnat shu jumladan, bolalar mehnati tugatildi;
4) Valyuta bozori erkinlashtirildi, naqd pul bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi;
5) Turizmni rivojlantirish doirasida 90 ta mamlakat uchun vizasiz rejim, 48 ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz tranzit tartibi joriy etildi;
6) Aholi murojaatlari bilan ishlash va davlat organlarining ochiqligi bo‘yicha yangi tizim joriy etildi;
7) Media muhitini kengaytirilib, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi mavqei oshirildi;
8) Gender siyosat yangi bosqichga olib chiqildi, xususan Respublikada Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tashkil etildi;
9) Oliy ta’limning rivojlanishi: oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari oshirildi, milliy va horijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari ochildi;
10) Tadbirkorlik muhiti yaxshilandi, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va uni yuritish bo‘yicha jarayonlar soddalashtirilib, soliq bo‘yicha imtiyozlar berildi;
11) Kambag‘allik rasmiy darajada tan olindi va uni qisqartirish bo‘yicha kompleks yondashuv shakllantirildi;
12) Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy va institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi;
13) Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etildi;
14) O‘zbekistonda o‘n besh yil davomida doimiy yashagan fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolikni berish tartibi joriy etildi;
15) Orol dengizining suvi qurigan tubida o‘rmon barpo etildi. BMT Orqabo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida trestring ishga tushirildi, BMT Bosh Assambleyasining “Orolbo‘yi mintaqasining ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi” to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiya qabul qilindi.

2Mazkur tamoyilga amal qilish esa, insonni va uning manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarning
asosiy mezoniga aylantirish lozimligidan dalolat seradi. Bu nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda
mazkur nslohotlarning eng demokratik tamoyillarga mosligi, ularning pirovard maqsadi va davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishi inson manfaatlari, haq-huquqlari za erkinliklarini ta’minlashga
qaratilganining e’tirof etilishiga sabab bo‘lmoqda.
Tarix shundan dalolat beradiki, dunyodagi barcha pivilizatsiyalar, madaniyat va dinlar inson
huquqlari tug‘risidagi tayanch tushunchalarning shakllanishiga asos bo‘lgan ezgu g‘oyalar
ta’sirida vujudga kelgan.Masalan, bundan 2700 yil muqaddam Osiyo hududida yaratilgan eng ko‘hna
yozma yodgorlik - "Avesto" kitobida ham inson huquq va erkinliklari, millatlararo munosabatlarni o‘zaro
hurmat va ishonch tamoyillari negizida barpo etish g‘oyalari muhim o‘rin tutadi, zo‘ravonlik va
adolatsizlik rad etiladi.
Shuningdek, Sharqning buyuk huquqshunoslaridan biri Burhoniddin Marg‘inoniy XII asrdayoq
o‘zining "Hidoya" asarida har bir insonning haq-huquqini saqlash zarurligi to‘g‘risida muhim g‘oyani
ilgari surgan edi.Buyuk vatandoshimiz Muhammad ibn Mahmud Ustrushoniyning XIII asrda yaratilgan
"Jomi’ ahkom as-sig‘or" ("Bola huquqlari kodeksi") asari jahon tarixidagi bolalar huquqi bo‘yicha
dastlabki mukammal huquqiy manbadir. Unda bolalar, xususan, yetim bolalar hukuqlari, bolalik va
otalikni belgilash, bola tarbiyasi, bolaning ota-onasi oldidagi burch va majburiyatlari kabi masalalar
atroflicha tahlil qilinib, islom huquqi asosida qanday yechimlar mavjudligi ko‘rsatib berilgan. YA’ni,
ushbu asar bola huquqlari masalasiga tamal toshi aynan tarixiy Movarounnahr - bugungi O‘zbekistonda
qo‘yilgani hamda islom huquqshunosligida G‘arb sivilizatsiyasidan qariyb olti yuz yil avval bolalar
huquqining to‘la-to‘kis o‘rganilib, hayotga tatbiq etilganidan darak beradi.
Ana shu muqaddas qadriyatlar bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan va islohotlarimiz kun
tartibiga hamohangdir.Hozirgi vaqtda O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatga,
jumladan, BMTning 7 ta asosiy shartnomasi hamda 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan. Ularning ijrosi
yuzasidan BMTning Inson hukuqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam
ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.Insonning asosiy hukuq va erkinliklarini ta’minlash
O‘zbekistondagi islohotlarda g‘oyat muhim o‘rinda turadi.Eng asosiysi, yurtimizda yashayotgan har qaysi
inson millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi
bo‘lib yashashi davlatning bosh maqsadiga aylanib bormoqda. 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror
rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni
kuzda tutadigan "hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik"tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborotvositalarining rolini kuchaytirish, "Xalq -
qonunlarning tom ma’noda yagona manbai va muallifi hisoblanadi" hamda "Barcha muhim qarorlar
bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini xisobga olgan holda qabul
qilinadi"tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish,
inson taraqqiyoti bo‘yicha yuqori indeksga ega bo‘lgan (intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning
o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi) davlatlar darajasiga erishishga, ijtimoiy sohaga innovatsiyalarni keng
joriy etishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.O‘zbekiston xalqaro huquq
subyekti sifatida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining
faol ishtirokchisi va yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush
tarzini tubdan o‘zgartirmoqda. Jamiyatda "Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz"degan ulug‘vor
maqsad umumxalq harakatiga aylandi.Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlarini, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar hamda O‘zbekistonning inson huquqlari
sohasidagi majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining
tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirib borish ishlarini biz albatta, davom
ettiramiz.
Ta’kidlash joizki, 73 yil avval qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi dunyoda
demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida yangi imkoniyatlar ochdi.Biz bu
borada mamlakatimizda inson huquqi va erkinliklari demokratik jamiyatning eng oliy qadriyati sifatida
namoyon bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz. Fuqarolarimizning emin-erkin yashash, uyjoy va yer-mulkka ega bo‘lish, sog‘liqni saqlash, bilim olish kabi tabiiy huquq va erkinliklarini
ta’minlash sohasida katta islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.Biz ana shunday muhim ishlarni qat’iy
davom ettiramiz. Bizning ustuvor vazifamiz - inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga har tomonlama
ko‘maklashish, uning asosiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bu jamiyatda
tinchlik va barqarorlik, farovon hayotni ta’minlashning asosiy shartidir.
Afsuski, bugungi kunda barchamiz mazkur ijobiy jarayonga to‘sqinlik qilayotgan murakkab va
ziddiyatli tendensiyalar mavjudligiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu o‘rinda so‘z jahonda, jumladan, JanubiSharqiy Osiyodan tortib Yaqin Sharqqacha bo‘lgan makonda qurolli to‘qnashuvlar kuchayib, o‘zaro
ishonchsizlik va nizolar, millatlararo va konfessiyalararo ixtiloflar chuqurlashib borayotgani, barqaror
taraqqiyotga qarshi boshqa global tahdid va xatarlar paydo bo‘layotgani haqida bormoqda.Ilojsiz holda
o‘z yurtini tashlab ketayotgan kishilar va qochoqlar soni tobora ortib borayotgani, jahonningko‘plab
mintaqalarida ta’lim va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati yo‘qligi, odam savdosi va majburiy
mehnat, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, qashshoqlik va ochlikka
barham berish bilan bog‘liq muammolar murakkab tus olayotganiga dunyodagi barcha sog‘lom fikrli
insonlar tomoshabin bo‘lib qarab turmasligi zarur.
Shu ma’noda, bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, jami 4,5 milliarddan ziyod aholi istiqomat
qilayotgan Osiyo mintaqasining kelajagi ko‘p jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2030
yilga qadar barqaror taraqqiyot sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lishga,
shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha samarali mintaqaviy mexanizmni shakllantirishga
bog‘liq.
Biz o‘z oldimizga O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan
ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya orqali erisha olamiz. Buning uchun,
avvalo, islohotlarning amaliy natijadorligini oshirish, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda
aholimizning yanada faol, yanada tashabbuskor bo‘lishiga erishmog‘imiz lozim.Ayni paytda islohotchi
bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini
tarbiyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha - ta’limning barcha
bo‘g‘inlarini izchil isloh qilmoqdamiz.Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi,
saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak madaniyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat
va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish бўлади.
Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik
- bu bilimsizlikdir! Shu sababli hammamiz uchun ilg‘or bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va
yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz
shart va zarur. Bu bizga rivojlanishning eng qisqa yo‘lidan borish imkonini beradi. Chunki, intellektual
va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik, nodir iste’dod egalarini tarbiyalab kamolga yetkazishda
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo‘q.El-yurtimiz dunyoda koronavirus
pandemiyasi va uning oqibatida kelib chiqqan global iqtisodiy inqiroz sharoitida, tahlikali bir davrda
barcha sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va irodali bo‘lib chiqmoqda. Xalqimiz o‘zining hayoti
va baxti-iqboli Vatanimizning taqdiri va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq ekanini chuqur his etmoqda


Download 152.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling