1. Xalqparvar davlat tushunchasini qisqacha izohlash


Oila bioijtimoiy sifatga ega bo‘lgan tuzilma bo‘lib, jamiyatning barqaror va dastlabki bo‘g‘inidir


Download 152.36 Kb.
bet7/9
Sana30.12.2022
Hajmi152.36 Kb.
#1072565
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oila bioijtimoiy sifatga ega bo‘lgan tuzilma bo‘lib, jamiyatning barqaror va dastlabki bo‘g‘inidir. Oilada go‘dak ilk bor ijtimoiymadaniy qadriyatlarni anglamagan holda o‘zlashtiradi va ular zamirida faolligini asta-sekinlik bilan oshirib boradi. Maktab, turli ijtimoiy guruhlar (masalan, tengdoshlar, sport uyushmalari va boshqalar) bilan muloqot davomida madaniy ideallik qaror topa borib, shaxs shakllanishining muhim manbasiga aylanadi. har qanday jamiyat madaniyatida inson
shaxsining yetukligi darajasi to‘g‘risidagi tasavvurlar ishlab chiqilgan. masalan, yunon madaniyatida aqliy barkamollikka erishgan shaxs ideali ilgarisurilgan bo‘lsa, sharq madaniyatida insonning dono, botir, kamtar
Shaxs ideali Shaxs va kishilik dunyosi (sotsium) ii bob. Shaxs va odillik kabi aqliy, axloqiy, jismoniy sifatlari ideal hisoblangan. sanoatlashgan jamiyatlar rivojlanishi sharoitlarida, deylik, yevropada ishbilarmon, tadbirkor inson shaxsi ideali markaziy o‘rin tutadi. shaxsning madaniy ideali u mansub bo‘lgan millat, ijtimoiy guruhda amalda bo‘lgan qadriyatlar doirasida shakllanadi va rivojlanadi. bu yerda shuni ta’kidlash joizki, shaxsning ideali millat yoki undagi turli guruhlar uchun tirik bo‘lgan idealdan farq qilinmog‘I lozim. madaniy idealda sotsium rivojlanishi o‘z aksini topgan bo‘ladi. shunga ko‘ra, shaxsning madaniy ideali uning jamiyat hayotining turli sohalaridagi faoliyati «ohang»lari va maqsadini o‘z ichiga qamrab oladi. shaxs o‘z madaniy idealini ro‘yobga chiqarishi uchun turli-tuman ijtimoiy guruhlar doirasida muayyan mavqega ega bo‘lishi va muayyan vazifalarni, rollarni o‘zgalardan farqli holda bajarishi lozim. Bular esa shaxsning guruhlar orasidagi betakror faolligi tufayli yuz beradi.
Faollik obyektiv ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lib, inson hayotining barcha jihatlarini qamrab oladi va u har qanday holatda ham harakat va munosabatdan boshlanadi. shaxsning jamoa o‘rtasidagi vazifasi
va o‘rni to‘g‘risidagi masala bevosita uning huquq va majburiyatlari bilan ham bog‘liq. bularda sotsium tarkibiy qismlarini tashkil etgan ijtimoiy guruh a’zolari rioya qilishi zarur bo‘lgan qoidalar belgilangan. guruhda qabul qilingan qonunlarga ko‘ra har bir shaxs boshqalar bilan tegishli huquqiy munosabatda bo‘lishi kerak. majburiyatlar esa shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan guruhda egallab turgan vazifalarga muvofiq keladigan xatti-harakatlar qilishdan iborat bo‘ladi. boshqacha qilib aytganda, shaxsning ijtimoiy
vazifalarni bajarishi – bu faqat unga xos bo‘lgan shaxsiy sifatlarini ham namoyon etishdir. masalan, rahbar (lider) vazifasini bajarish uchun shaxs irodali, dadil, o‘ziga ishongan bo‘lishi bilan birga hormay-tolmay ishlashi, fidoyilik ko‘rsatishi lozim. Shuningdek, o‘quvchi, ota-ona, harbiy xizmatchi, shoir, tabib, me’mor, jamoat arbobi va boshqalarning ham o‘z shaxsiy va kasbiy fazilatlari, fe’latvorlari, bajaradigan o‘z vazifalari mavjud. ijtimoiy guruhlar o‘z a’zolarining xatti-harakatlarini hech vaqt
nazoratsiz qoldirmaydi. balki ularni doimo baholab boradi. bu esa shaxsdan o‘z ijtimoiy mas’uliyatiga jiddiy munosabatda bo‘lishni talab etadi. ayni vaqtda, vazifalarning bajarilishi g‘oyat murakkab kechadi.
Shaxsning huquq va majburiyatlari Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi buning sababi juda ko‘p omillarning amal qilishidadir. Shaxslarning jismoniy yetukligi, qobiliyati, aql-zakovati va boshqalar larning ayni shu o‘ringa loyiq yoki loyiq emasligini belgilaydi. agar shaxs noyob xususiyatlarga ega bo‘lsa, bu uning ishini ancha osonlashtiradi. guruhlarning ichki tuzilishi, tashkiliy uyushganligi ham shaxsning
ijtimoiy o‘rnini namoyon etishiga ta’sir etmay qolmaydi.

Download 152.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling