1. Xalqparvar davlat tushunchasini qisqacha izohlash


Huquqiy davlatning asosiy belgilariga


Download 152.36 Kb.
bet4/9
Sana30.12.2022
Hajmi152.36 Kb.
#1072565
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha shaxslar – ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo‘ysunadilar.
2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy
normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak.
3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi, ularning himoya qilinishi va ta'minlanishi. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilganidan tegishli bo‘lib, ular insondan ajralmasdir. Gap eng avvalo insonning yashashi, erkinlik, dahlsizlik va xavfsizlikka ega bo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar.
4. Davlat va fuqaroning o‘zaro mas'uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining me'yorini belgilab qo‘yar ekan, xuddi shu chegaralarda o‘zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo‘yadi.
5. Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi. Hokimiyat qonuniy deb e'tirof etilishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi shart: demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantirilgan bo‘lishi; samarali faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat'iy tartibni ta'minlashi; ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olinishi.
6. Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi. Davlat hokimiyati bir qo‘lda to‘planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog‘ini – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o‘z vakolati doirasida amal qiladi.
7. Sudning mustaqilligi. Sud davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog‘i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hyech kimning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali faoliyat yuritishi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak, ushbu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak.
9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong – huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig‘indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo‘ladi.
10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma'lum bir muxolifatning bo‘lishi zarur.

Download 152.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling