1. Xalqparvar davlat tushunchasini qisqacha izohlash


Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilinadigan, barcha uchun umummajburiy bo‘lgan qonun – qoidalar yig‘indisi. Huquq


Download 152.36 Kb.
bet5/9
Sana30.12.2022
Hajmi152.36 Kb.
#1072565
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilinadigan, barcha uchun umummajburiy bo‘lgan qonun – qoidalar yig‘indisi.
Huquq - davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma'qullangan, davlat kuchi bilan himoyalanadigan va hamma uchun umummajburiy bo‘lgan xulq – atvor qoidalarining tizimi. “Huquq” tushunchasi ikki ma'noda qo‘llaniladi.
Ob'ektiv huquq – umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig‘indisi. Bu normalar u yoki bu insonning, sub'ektning irodasi hamda xohish – istagidan qat'i nazar mavjud bo‘ladi.
Sub'ektiv huquq – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan huquq. Masalan, fuqaroning ma'lum narsaga (uy-joy, avtomobilga) nisbatan mulk huquqi. Sub'ektiv huquq yuridik jihatdan shaxs erkinligini ta'minlaydi, unga mustaqillik beradi va tashabbus ko‘rsatishga imkon yaratadi. Sub'ektiv huquqob'ektiv huquqqa asoslanadi, ob'ektiv huquq bo‘lmasa, sub'ektiv huquq ham bo‘lmaydi. Sub'ektiv huquq insondan (yoki tashkilotdan), ya'ni huquqdor shaxsdan ajralmagan holda mavjud bo‘ladi.
Huquq davlat bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlatsiz huquq bo‘lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muhofaza qiladi. O‘z navbatida davlat ham huquqsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Aks holda, u ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bo‘ladi.
4. O‟zbekistonda Qonun ijodkorligi va huquqni qo„llash amaliyoti jarayonini
tavsiflang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axborotini eshitib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Jumladan, davlat organlarining norma ijodkorligi faoliyatida 2020-yilning o‘n bir oy davomida vazirlikka huquqiy ekspertizadan 2 478 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelib tushgan. Ulardan 2 310 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va 168 ta loyiha o‘tkazilmasdan qaytarilgan.
Joriy yilda mamlakatimiz tarixida ilk bor amaldagi qonunosti hujjatlari yalpi xatlovdan o‘tkazildi. Hukumatning 2,5 mingdan ortiq o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qarorlari tanqidiy qayta qo‘rib chiqilib, tegishli hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Biroq, bugungi kunda Milliy bazada 30 mingdan ortiq qonunchilik hujjatlari jamlangan bo‘lsa, ularning 95 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. O‘z navbatida, milliy qonunchilikda qonunosti hujjatlarining ko‘pligi qonunlarning yuridik kuchini qadrsizlanishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra, har bir soha bo‘yicha o‘rtacha 4-5 ta qonun, 40 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi aniqlandi. Ayrim qonunosti hujjatlari matnlarining aksariyat qismi qonunlardagi normalarni aynan takrorlaydi. Davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarning ko‘pligi, qonunosti hujjatlari sonining sun’iy oshishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘yicha 93 ta, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘yicha 82 ta, Xalq ta’limi vazirligi bo‘yicha 83 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Davlat organlarining huquqni qo‘llash amaliyoti borasida 2020-yilning o‘n bir oyi davomida 19 ta sohada huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilgan. Natijada 14 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi va 13 ta tahliliy ma’lumotnoma tegishli tartibda Hukumatga kiritilgan.
Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida o‘z yechimini kutayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish zarur. Jumladan:
eng muhim ijtimoiy munosabatlarning qonun hujjatlari bilan emas, balki qonunosti hujjatlari bilan tartibga solish amaliyoti mavjudligiga;
qonunlarda amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari bilan ta’minlanmagan qator havolaki normalar kiritilishiga;
qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlari saqlanib qolayotganligiga;
davlat organlari o‘z vakolatlari doirasiga kiradigan masalalarni ham Hukumat darajasida hal qilishga intilishlariga;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularni moliyaviy, iqtisodiy hamda huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligiga;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek ularning ijrosini monitoring qilish jarayonlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti.
Yuqorida bayon etilganlarga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov):
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasida belgilangan vazifalar bajarilishini tahlil qilish, davlat idoralari tomonidan ushbu yo‘nalishda qabul qilinayotgan me’yorlar barqarorligini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlarini davom ettirsin;
davlat organlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotini hududlar va sohalar kesimida kompleks tahlil qilsin, bunda uslubiy ko‘mak ko‘rsatish orqali samaradorlikni oshirish choralariga alohida e’tibor qaratsin;
amaldagi qonunchilik hujjatlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, ularning sonini qisqartirish, umumiy tusdagi va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni inkorporatsiya va konsolidatsiya qilish orqali kompleks tizimlashtirish ishlarini jadallashtirsin;
bir oy muddatda aholi tomonidan eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlar tahlilidan kelib chiqib, aniq sohalar bo‘yicha o‘rganishlarni o‘tkazish uchun alohida manzilli reja ishlab chiqsin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda normalari va qoidalarini aholiga tushuntirish sxemasining vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalda ijrosi ta’minlanayotganligi holatini tahlil qilsin;
bir oy muddatda hududlardagi adliya organlari ijro hokimiyati tomonidan qonunga zid xatti-harakatlar bo‘lmasligi va 2021-yilda hokimlar tomonidan barcha hududlarda yerni olib qo‘yishga butkul barham berish maqsadida aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
ikki oy muddatda qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishda ilmiy ekspertiza institutini keng joriy etish masalasini o‘rganib chiqsin. Bu borada tanlovlar va ilmiy grantlar asosida akademik doira vakillarini hamda olimlarni jalb etishni nazarda tutsin;
ikki oy muddatda mamlakatimizda qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirishda sohalarga oid qonunchilikni chuqur tahlil qilib, korrupsiyaga oid normalarni bartaraf etish choralarini ko‘rsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlarining tartibga soluvchi ta’sirini baholash hamda qonun hujjatlaridagi tizimli kamchiliklarni aniqlash maqsadida sud, huquqni qo‘llash va nazorat amaliyotining statistik hisobi hamda tahlili natijalari bo‘yicha idoralararo axborot almashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyaga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilgan qonun loyihalari yuzasidan ilmiy xulosa berish amaliyotini joriy qilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining norma ijodkorligi jarayonidagi rolini kuchaytirish maqsadida ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasining tahlili asosida aniq takliflarni kiritsin;
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov) 2021-yilning 20-martiga qadar ushbu Qarorning ijro etilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin.
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Umarov) zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Download 152.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling