1. Xalqparvar davlat tushunchasini qisqacha izohlash


Huquqiy va demokratik davlat o‟rtasidagi farqli jihatlarni ajratib ko‟rsating


Download 152.36 Kb.
bet2/9
Sana30.12.2022
Hajmi152.36 Kb.
#1072565
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3. Huquqiy va demokratik davlat o‟rtasidagi farqli jihatlarni ajratib ko‟rsating
Demokratiya – inson siyosiy va fuqarolik huquqlarining kengligini, fuqarolarning davlat hokimiyati
idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, xalq irodasini
demokratik hokimiyatining yagona manbai deb bilishni anglatadi.
Demokratiyaning ikki xil ko‘rinishi mavjud.
I. Bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya;
II. Bilvosita yoki vakillik demokratiyasi
Bevosita (to`g`ridan-to`g`ri) demokratiya xalqning demokratik hokimiyat
masalalarini hal etishda ovoz berishi (saylov, referendumda ishtirok etish) yo‘li
bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etishidir.
Bilvosita (vakillik) demokratiya xalqning o‘z hokimiyatini vakillik idoralari,
ya'ni demokratik hokimiyatning va mahalliy o‘zini – o‘zi boshqarish idoralarining
saylab qo‘yiladigan organlari orqali amalga oshirilishini bildiradi.
Demokratik tartib belgilari:
1. shaxsning iqtisodiy sohada erkinligi;
2. inson huquq va erkinliklarining e'lon qilinishi va kafolatlanishi;
3. ijtimoiy hayotda fikrlar hilma-hilligi (plyuralizm);
4. ijtimoiy birlashmalarning ko‘pligi;
5. hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi;
6. qonun ustuvorligi;
10
7. sudlarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi;
8. so‘z, fikrlash va e'tiqod erkinligi;
9. ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida muhim o‘rin tutishi
Huquqiy davlat huquqning hukmronligi, qonunning ustunligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta'minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo‘linish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.

Download 152.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling