1. Xalqparvar davlat tushunchasini qisqacha izohlash


Huquqiy davlatda shaxs va jamiyat munosabatlari nimada ifodalanadi?


Download 152.36 Kb.
bet6/9
Sana30.12.2022
Hajmi152.36 Kb.
#1072565
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5. Huquqiy davlatda shaxs va jamiyat munosabatlari nimada ifodalanadi?

Inson rivojlanishining individ bosqichi eng uzoq davom etadigan, izchillikni taqozo qiladigan davrdir. bu bosqichda uning asta-sekin shaxsga aylanish jarayoni boshlanadi.
individning shaxsga aylanishida, boshqacha aytganda, insonning individ bosqichidan shaxs bosqichiga o‘tish jarayonida jamoa a’zosi sifatidagi imkoniyatlari, ijtimoiy-ahamiyatli belgilari qat’iy tizim shaklida qaror topadi. ya’ni, fe’l-atvori shakllanadi. «Shaxs» tushunchasida uning atrof-muhitga munosabatini bildiradigan ijtimoiy-ruhiy sifatlarining ichki muayyan yaxlitligi ifodalanadi. Shaxs bo‘lish degani, birinchi navbatda, o‘zining ichki qadriyatlar dunyosini shakllantirishni, tevarak-atrofga, eng avvalo,
ijtimoiy hodisalarni anglash, uning mohiyatini tushunish orqali qadriyatiy-tanqidiy munosabatga ega bo‘lishni bildiradi. Insonning shaxs sifatidagi qadriyati uning o‘zligidan, fiziologik mavjudligidan ajratib olingan tarzda mavjud emas. shu bilan birga aytish mumkinki, istagan inson shaxs bo‘la olmaydi, lekin, har qanday shaxs – bu insondir. u tashqi muhitga faqat biologik moslashuv natijasi sifatida shakllana olmaydi. balki, sotsiumda, aniqrog‘i, uning turli darajalarida qaror topadi va unga ma’lum darajada bog‘liq o‘ladi. shunga ko‘ra, sotsiumning turli darajalarini o‘rganadigan barcha fanlar doirasiga shaxs masalasi ham kiradi. xususan, inson tanasi tuzilishi va faoliyatini o‘rganadigan biologiya va boshqa fanlardan farqli o‘laroq
«Shaxs» tushunchasi
jamiyatshunoslik, ruhshunoslik, ta’limshunoslik kabi qator fanlar shaxs masalasini o‘rganishga ehtiyoj sezadi. shaxs va sotsium bog‘liqligida, dastavval, kishilar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar
jamuljam bo‘ladi. ibtidoiy tuzumning sodda jamoachiligi inqirozga yuz tutishi tufayli kishilar bir-biridan «ichki» dunyosi va manfaatlari bilan o‘zaro farqlanib, shaxs bosqichiga ko‘tarilib boradilar.
shaxsning sotsium bilan munosabatlari o‘ziga xos jihatlarga ega. shaxsning o‘zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi mustaqilligidir. u shu holati bilan sotsium hayotining barcha
sohalarida ishtirok etadi. albatta, gap bu borada ko‘proq yetuk shaxs to‘g‘risida boradi. lekin yangi tug‘ilgan insonning shaxs bo‘lish imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi. shaxs shakllanishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi va konkret shaxs boshqa oddiy insondan nimasi bilan farqlanadi, degan savol qo‘yilsa, unga javob berish xiyla qiyin. negaki, bu jaroyonda juda ko‘p omillar ishtirok etadi. ularning ichida ijtimoiy muhit kata mavqega ega. uni quyidagicha tasnif etish mumkin:
Birinchidan, har bir insonga bo‘lgan global ta’sir, ya’ni, radio, televideniye, matbuot, kino va hokazolar orqali axborot almashuvi;
Ikkinchidan, mamlakat va mintaqa miqyosidagi ijtimoiy ta’sir insonni mavjud shart-sharoitlar doirasida inson dunyoga kelishidan to hayotdan ko‘z yumgunigacha o‘z orbitasida tutib turadi;
Uchinchidan, insonni avvalboshdan o‘rab turgan mikromuhit – oila, maktab, mahalla va okazolar o‘z ta’siriga oladi.

Download 152.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling