1. Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar ole texnalogiyasi bilan ishlash


Download 341.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi341.48 Kb.
#1491032
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 amaliy

- print - server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat 
ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi 
va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak; 
-faks 
– 
server-mijozlarga 
faks-modem 
telefon 
tarmoqlari
bilan 
mujassam tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu go’yo axborot 
chiqarishga o’xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimal xabarlar alohida 
tarmoqda qayta ishlanadi. 
-elektron pochta (E-mail) - mijozlar o’rtasida, ular bir-birlaridan qancha 
uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda 
jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o’z adresiga ega. Uni 
jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi xam o’z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga 
tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul 
qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining 
maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. 
Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi. 
-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida 
ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi 
tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia 
vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. 
Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish 
qobiliyati kuchli bo’lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita 
muloqotni amalga oshirish mumkin. 


Lokal kompyuter tarmoqlari 
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab 
oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 
100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat 
qilishga mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda 
ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus 
kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan 
iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi. 
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda 
uchta topologiya qo’llaniladi: 
1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa 
chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham 
markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus 
kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni 
boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega
ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega. 
2. Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket 
bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. 
Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon 
davom etaveradi. 
3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega 
(kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan 
kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, 
so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi. 
Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o’rtasida ma’lumot 
almashishni tashkil etish mumkin.
Xo’sh, tarmoqning o’zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet
elertron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, 
axborotli ta’minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, 


ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko’nikmalariga ega bo’lish 
hozirgi jamiyatning har bir a’zosi uchun muhimdir. 
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. 
Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa 
kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo’ladi. 
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini 
kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. 
Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga 
bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir, ya’ni kompyuterlarning o’zaro 
axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuidir 
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot 
ashyolariga bog’liq. 
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar 
tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar 
kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin.
Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyuter tarmoqlarini uchta 
asosiy sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, 
lokal (mahalliy) tarmoqlar. 
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan 
abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi 
kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq. 
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, 
radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. 
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror 
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki 
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni 
birlashtiruvchi tarmoq. 
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni 
birlashtiradi, ya’ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda 
joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq 


hisoblanadi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. 
Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km 
bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari 
(ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda 
foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash 
va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda 
foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuning uchun, bittadan ko’p 
kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal tarmoqqa 
birlashtiradi. Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va 
seleksiyalash lozim bo’ladi. 
Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash 
jarayonidir. 
Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir. 
Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator 
(HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. 
Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. 
Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini 
ta’minlovchi maxsus qurilma. 
Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan 
boshqasiga uzatishga xizmat qiladi. 
Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus 
elektron qurilma. Modem “modulator” va “demodulator” so’zlari birlashmasidan 
hosil bo’lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli 
ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi 
kompyuterda analog ko’rinishidan raqamli ko’rinishiga aylantiradi.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli 
ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i 
keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu 
mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi 
butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan 


tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta 
imkoniyatlarga ega. O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy 
abonenti 
axborotni 
boshqa 
shaharga 
uzatishi, 
Vashington 
kongressi 
kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten 
muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari bilan tanishib chikishi, 
tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda ishtirok etishi 
mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil 
etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib, 
ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. 
Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud: 
— halqasimon; 
— shinali; 
— yulduzsimon. 
Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha bog’langan 
bo’ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot 
halqa bo’yicha kompyuterdan kompyuterga o’tadi. 

Download 341.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling