1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan tanishish
Download 221.91 Kb.
|
Mehrigiyo Feruz Yulduzi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`rtacha umumiy xarajatlar
- Qo`shimcha xarajat
Doimiy xarajatlar- ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan, tovarlarning hajmiga ta'sir etmaydigan xarajatlardir.
O`zgaruvchi xarajatlar - ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga ta'sir qiladi va ishlab chiqarish hajmi o`zgarishiga bog`liqlikda o`zgaradi. Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o`rtacha umumiy, o`rtacha doimiy va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O`rtacha umumiy xarajatlar yalpi xarajatlarning ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga nisbatiga teng. O`rtacha doimiy xarajatlar- doimiy xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi: O`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar o`zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur.Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo`lib, qo`shimcha xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Qo`shimcha xarajat deb, keyingi qo`shilgan mahsulotning har bitta birligini ishlab chiqarish bilan bog`liq qo`shimcha xarajatlarga aytiladi. Qo`shimcha xarajatlarni har bir navbatdagi chiqarilgan qo`shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Mehnat resurslari va ularga ish haqi to’lash tizimi Kadrlar (xodimlar) — bu muayyan kasbni egallash bo’yicha tayyorgarlikni o’tagan, amaliy tajriba va mexnat ko’nikmasiga ega, ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo’lgan kishilardir. Kadrlarga bo’lgan talabni aniqlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan oqilona foydalanish, kadrlarning mehnati bo’yicha rejalashtirish va xisobga olish va boshqa yo’nalishlar bilan mujassamlashtirish uchun xodimlarni guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash zarur. Mahsulot ishlab chiqarish doirasida band bo’lgan xodimlarning barchasi sanoat ishlab chiqarishi xodimlari guruhiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarishi xodimlari, o’z navbatida, bajaradigan funktsiyasining tavsifiga qarab quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: 1.Ishchi xodimlar; 2.Muxandis-texnik xodimlar; 3.Xizmatchilar; 4.Ish bajaruvchi kichik xodimlar; 5.Qorovullar va o’t o’chiruvchilar, ya’ni korxonani qo’riqlaydigan va yong’indan muhofaza qiluvchi xodimlar. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarning eng muhim va juda ko’p qismi ishchilar bo’lib, ular mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da bevosita qatnashadilar, jixozlarni ta’mirlaydilar, mehnat buyumlari va tayyor mahsulotni bir yerdan ikkinchi joyga tashiydilar va nixoyat ta’mirlash - qurish ishlarini bajaradilar. Muhandis-texnik xodimlar rahbar xodimlar xisoblanadi. Ularga direktorlar, boshqaruvchilar, ularning muovinlari, bosh mutaxassislar, xizmat ko’rsatish bo’limlarining rahbarlari kiradi. Xizmatchilar kategoriyasiga xujjatlarni tayyorlovchi, ularni rasmiylashtiruvchi, hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xo’jalik xizmatini bajaruvchi (agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa)lar kiradi. Kadrlar ilmini o’rganish nazariyasida «Kadrlar tuzilmasi» degan tushuncha mavjud. Masalan, korxona xodimlari umumiy sonini 100 foiz deb olsak, ishchilar 75 foizni, muhandis-texnik xodimlar 12 foizni, xizmatchilar 8 foizni, boshqa xodimlar esa 5 foizni tashkil etishi mumkin. Bu misoldan ko’rinib turibdiki, xodimlar kategoriyalari, ya’ni ularning tarkibiy qismlari o’rtasidagi nisbat ularning tuzilmasini, ya’ni strukturasini ifodalaydi. Ish xaqining iqtisodiy mazmuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat Kodeksida hamda qabul qilinayotgan qator qonunlarda o’z ifodasini topgan. Konstitutsiyamizning 37- 38-moddalarida adolatli mehnat sharoitlari va munosib haq to’lash masalalari qonun bilan tasdiqlangan. Narx oshib borishi bilan daromadlarni, shu jumladan, ishchi va xizmatchilarning ish xaqlari, nafaqa va pensiyalarni va turli ijtimoiy to’lovlarni indeksatsiyalash davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi bo’lib qolmoqda. Ish xaqi eng kam miqdorining muntazam oshirib borilishi, uni tirikchilikning minimal darajasiga yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda bir soatlik eng kam ish xaqi miqdorini qonuniy yo’l bilan belgilab qo’yish e’tiborga loyiqdir. Ish xaqi tushunchasining mohiyatini ko’rib chiqqanda shuni nazarda tutish kerakki, bu tushuncha yollanib ishlayotgan va o’z mehnatiga oldindan belgilangan miqdorda xaq oladigan shaxslarga nisbatan ishlatiladi. Download 221.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling