1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar
Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari
Download 132.81 Kb.
|
G\'arb mamlakatlari tarixi
3.Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari.
Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari — Ikki davlat oʻrtasidagi diplomatiya munosabatlari 1992 yil fevralda oʻrnatilgan boʻlsada, mamlakatlar orasidagi aloqalar uzoq tarixga borib taqaladi. Fransiya qiroli Karl VI de Valua (1368 — 1422) va Amir Temur davridagi oʻzaro savdo-sotiq va doʻstona munosabatlarga oid yozishmalar bizga maʼlum.1992 yil Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, 1995 yil Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshlagach, oʻzaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yoʻlga qoʻyildi. Ikki tomonlama aloqalar rivojlanishining tamal toshlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1993 yil oktabrda Fransiyaga davlat tashrifi paytida qoʻyilgan boʻlib, unda bir qator shartnomalarga imzo chekildi. Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi "shartnoma, hukumatlar oʻrtasida investitsiyani himoyalash va oʻzaro ragʻbatlantirish haqidagi bitim, hukumatlarning madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimi shular jumlasiga kiradi. 1994 yil aprelda Fransiyaning sobiq prezidenti F. Mitteran eng rivojlangan yetti davlat rahbarlari orasida birinchi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan keldi. Prezident Islom Karimovning Fransiyaga 1996 yil apreldagi ikkinchi tashrifi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov hamda Fransiya prezidenti Jacques Chiracning 1996 yil iyunda Florensiya da Yevropa Ittifoqi rahbarlarining sammitidagi, 2002 yil davlat rahbarlarining NATOga aʼzo davlatlar rahbarlarining Pragadagi sammitida uchrashuvlari ikki tomonlama aloqalarni yangi darajaga koʻtarish imkoniyatini berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil 21—24 apreldagi ikkinchi tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi poyunaga koʻtardi. Islom Karimovning Fransiya Respublikasi Prezidenti Jacques Chirac bilan uchrashuvi chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Ushbu tashrif davomida Islom Karimov UNESCO qarorgoxdsa tashkil kilingan "Temuriylar davrida fan, madaniyat va taʼlimning rivoji" mavzusidagi koʻrgazmada ishtirok etdi.Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida oʻzaro tovar aylanmasi 2003 yil 72,3 mln. AQSH dollari, shundan eksport 24 mln., import 48,3 mln. dollarni tashkil etdi. Eksportda paxta tolasi 74,4%, toʻqimachilik mahsuloti 13,4%, kimyo mahsulotlari 8,8%, agrosanoat majmuasi mahsulotlari 2,9%ni, importda esa elektronika va elektr uskunalar 26,2%, kimyo mahsulotlari 23,3%, mexanika uskunalari 13,7%, farmatsevtika va parfyumeriya mahsulotlari 13,6%, maishiy texnika 7,9%, transport vositalari 5,5%, oziq-ovqat mahsulotlari 3,6%ni tashkil etdi.2003 yilda Oʻzbekistonda F.ning 14 kompaniyasi va 2 banki ("Kredi Kommersial de Frans" va "Sosiyete Jeneral") ishladi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 15 qoʻshma korxona, 100% fransuz sarmoyasi bilan 2 korxona faoliyat olib boradi. 2004 yil 14 —16 yanvarda Oʻzbekiston — Fransiya savdoiqtisodiy hamkorlik hukumatlararo komissiyasining 2majlisi boʻlib oʻtdi. Ikki davlat hamkorligi rejalariga muvofiq, "Sosiyete Jeneral" bankining krediti hisobiga "Buxoro viloyatida suv taʼminotini yaxshilash" dasturi (8,1 mln. AQSH dollari) amalga oshiriladi va 2 ta "Boeing 767-300ER" samolyota (187,9 mln. AQSH dollari) sotib olinadi.Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi "Rom Pulek" fransuz kimyo korxonasi bilan rasmiy aloqa oʻrnatgan. Toshkentda bu korxonaning vakolatxonasi ochilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiya agentligi bilan F.ning pochta va telekommunikatsiya vazirligi oʻrtasida telekommunikatsiya jihozlarini i.ch. va ulardan foydalanish soxasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida bayonnoma imzolangan. Fransuz mutaxassislari yordamida "Sprint" elektron pochta tizimining faoliyati yoʻlga koʻyildi. "Oʻzbekneftegaz" milliy korporatsiyasi F.ning "ElfAkiten" korxonasi bilan xamkorlikda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurish haqida shartnoma tuzdi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir qator fransuz banklari ("Kredi Leone", "Sosiyete Jyuzi", "Bank Nasional de Pari", "Pariba", "Kredi Kommersial de Frans") bilan vakillik aloqalarini oʻrnatgan. Oʻzbekistonda "Bofur Ispen Interneyshnl", "Ronpulenk" fransuz korxonalari faoliyat olib bormokda. Shuningdek, Fransiyaning "Er Frans" va Oʻzbekistonning "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyalari Toshkent — Parij — Toshkent marshruti boʻylab reyslarni amalga oshirmokda.Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi ilmiytexnikaviy aloqalar hamrivojlanmoqda. Bu aloqalar 1993 yil oktabrda imzolangan madaniy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim asosida olib borilmoqda. Har yili yuzdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi F.ning turli oʻquv yurtlarida malaka oshirib kelmokda. Ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida talaba va prof.oʻqituvchilar almashish, stajirovka, oʻqituvchilar malakasini oshirish kurslari, birgalikdagi seminarlar tashkil etish rivojlangan. Oʻz navbatida, Parij, Tuluza, Lion, Eks/Marsel, "Parijsyud" va "Parij IV" universitetlari bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro universitetlari, Toshkent iqtisodiyot universiteti, "Bretansyud" universiteti bilan Oʻzbekiston jahon tillari universiteti oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. F. Oʻzbekistonga Yevropa Ittifoqining TASIS dasturi doirasida ham kadrlar tayyorlash sohasida texnikaviy yordam koʻrsatyapti. F. Bosh vaziri huzuridagi Davlat boshqaruvi xalqaro instituta (DBXI) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasiga texnikaviy yordam koʻrsatish boʻyicha 1 mln. 400 ming ekyu kiymatidagi dastur muvaffaqiyat bilan amalga oshiriddi, fransuz mutaxassislari akademiya tinglovchilariga maʼruzalar oʻqishdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklarining xodimlari har yili DBXI ning qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqib kelayotir.Oʻzbek va fransuz olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik ham muvaffaqiyat bilan davom etmokda. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va F. ilmiy tadqiqotlar milliy markazi oʻrtasidagi samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Ayniqsa, arxeol., astronomiya, oʻsimliklarni himoya qilish sohalaridagi hamkorlik yaxshi natija bermoqda.1998 yil oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi F.ning Atrof muhit va energiyani boshqarish markaziga tashrif buyurdi. Kuyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha oʻzbek olimlari tomonidan taklif qilingan loyiha Yevropa hamjamiyati doirasida SOR ERNICUS fantini olishga muvaffaq boʻldi. Tashrif davomida mazkur loyihaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. F. bilan madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlikda 1995 yildan Toshkentda faoliyat yuritayotgan F. Tashki ishlar vazirligi qoshida tuzilgan Markaziy Osiyoni oʻrganish fransuz instituti katta rol oʻynayapti. Institut fransuz va oʻzbek olimlari hamda tadqiqotchilari hamkorligida gumanitar va ijtimoiy sohalarda turli tadkiqotlar olib boradi, ilmiy asarlar chop etadi. Institut arxeol., sanʼat, musiqashunoslik, Markaziy Osiyoning qad. va zamonaviy tarixi buiicha boy kutubxonaga ega boʻlib, dunyoning barcha mamlakatlarida Markaziy Osiyoga oid chop etilgan asarlarni yigʻishga kirishgan. Int kisqa vaqtda "19-asrdan beri Markaziy Osiyodagi islomiy islohotlar", "Hindiston — Markaziy Osiyo: savdo va fikr yoʻllari", "Rossiyada islom", "Temuriylar merosi", "Qoʻlyozmalarni saklash", "Islom va musiqa" mavzularida xalqaro konferensiyalar tashkil kildi va ularning materiallarini chop etdi.Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan F.ning ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida arxeol. sohasida samarali hamkorlik olib borilmoqda. 1995 yil yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining geol. va geofizika instituta bilan J. Furye hamda Grenobl universitetlari oʻrtasida seysmologiya sohasida shartnoma tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kime va oʻsimlik moddalari instituti F.ning "Lotoksan" tashkiloti bilan birgalikda uzoq muddatli shartnomalar asosida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.Hoz. paytda F. ilmiy tadqiqotlar markazi bir qator sohalarda, xususan, chorvachilik, vinochilik, nodir metallar, oʻsimliklar asosidagi yangi doridarmonlar, neft va gaz mahsulotlari va b. sohalarda hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Toshkent texnika universiteti bilan Parij universiteti oʻrtasidagi hamkorlik haqidagi shartnoma koinotdan olinadigan agrosuratlarni oʻrganuvchi oʻzbekfransuz ilmiy markaziga asos boʻldi.Fransuz sanʼat muxlislarini oʻzbek sanʼati bilan tanishtirish Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlangan. 1994 yilda tanikdi oʻzbek sanʼatkorlari Turgʻun Alimatov va Munojot Yulchiyeva Parij sahnalarida konsert berib, fransuz sanʼat muxlislari olqishlariga sazovor buldi, Parijda ularning bir necha lazer disklari chiqaridsi. "Soʻgʻdiyona" ansambli Liondagi milliy konservatoriyada uz repertuarini ijro etdi. Oʻzbek xonandasi Matluba Dadaboyeva 1996 yil birinchi marta uz qushiqlarini fransuz tomoshabinlariga havola etgan bulsa, 1997 yilda xalq qoʻshiqlari festivalida qatnashdi. 1998 yilda esa Xorazm xalq qoʻshiklari ijrochisi Zuhra Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda boʻlib oʻtgan "Ijodiy fantaziya festivali"da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Konsert kunlari "Musavvir" va "Us to" birlashmalari oʻzbek xalq xunarmandchiligi kurgazmasini tashkil etishdi. 2004 yil davomida Oʻzbekiston BA F.ning yirik shaharlarida oʻzbek zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi. 1996 yil Parijning "Katta saroy" muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik sanʼati" koʻrgazmasida Oʻzbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan Buddaning loydan yasalgan haykali namoyish etildi. 1994 yil Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini nishonlash doirasida olimning ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy anjuman, Oʻzbekiston sanʼat ustalarining konserti utkaziddi. "Temuriylar sanʼati va tarixini urganish hamda uzbekfransuz madaniy aloqalari" assotsiatsiyasining "Temurid" jur. ning maxsus soni Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab chiqarildi. 1996 yil Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997 yil esa, YUNESKO rahbarligida Buxoro va Xiva sh.larining 2500 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari utkazildi. Buxoro va Xiva sh.lari yubileyi tantanalariga "Oʻzbekiston madaniyati kunlari" ulanib ketdi. Shuningdek, Fransiyada oʻzbek yozuvchilarining , Oʻzbekistonda fransuz yozuvchilari asarlarining tarjimalari amalga oshirilib kitoblari nashr etilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun Fransiya Tashki ishlar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi dasturni ishlab chiqdi. 2003 yil fransuz yozuvchisi Fransiya Bressanning Fransiyada fransuz tilida nashr etilgan "Maftunkor Samarkand" kitobining takdimoti bulib utdi. Toshkentdagi F. elchixonasida 2002 yildan V. Gyugo nomidagi fransuz madaniy markazi ishlamoqda. Download 132.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling