1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar


XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy munosabatlarga migratsion jarayonlar ta’siri


Download 132.81 Kb.
bet7/23
Sana02.02.2023
Hajmi132.81 Kb.
#1147748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari tarixi

6.XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy munosabatlarga migratsion jarayonlar ta’siri
Aholi va uning eng faol qismi bo`lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Dunyo aholisining qandaydir qismi, har xil ta`sirlar yordamida ish va yashash joyini almashtirib turadi. Bu omil migratsiya deb atalib, u bir paytning o`zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, ekologik xarakterga ega. Fanda migratsiyaning turli ta`riflari mavjud. Migratsiyaga mavjud ta`riflar orasida umumiy tarzda, quyidagi ta`rifni ajratib ko`rsatish mumkin: jismoniy shaxs (aholi) ning ma`lum bir geografik hududdan boshqa bir muayyan hududga ko`chishi migratsiya deyiladi.XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi. Agar oldinlari migratsiya ma`lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH, G`arbiy Yevropa) ro`y bergan bo`lsa, endilikda migratsiya tobora xalqaro global jarayonga aylanib bormoqda.Aholining migratsion jarayonlari motivi, ko`pchilik hollarda, siyosiy va iqtisodiy omillar hisoblanadi. XX asr oxirida dunyo siyosiy xaritasidagi o`zgarishlar migratsion jarayonlarga yangi turtki berdi. YAngi yosh mustaqil davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga migratsiya shu yillarda yanada o`sdi. Bu o`rinda, bir vaqtning o`zida, siyosiy va iqtisodiy omillarning kesishuvi natijasidagi migratsion jarayonni kuzatishimiz mumkin.Dunyo bo`ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko`plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o`zini tutish qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko`rsatish mumkin.YUqoridagi holatlarning avj olib ketmasligi uchun migratsion jarayonlarni boshqarish tushunchasi qo`llaniladi. Bunday boshqarish tagzamirida, ish kuchi resurslarini birinchi navbatda, qonuniylashtirish, tartibga solish yotadi.Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyati kattadir. Bunday tashkilotlardan biri Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)dir, bu tashkilotda davlatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlar vakillari ishtirok etadi.Migratsion jarayonlarni boshqarishda ushbu jarayonlarning asosiy yo`nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5 ta yo`nalishini ajratib ko`rsatish mumkin:BMTning statistik ma`lumotlariga qaraganda, Yevropa aholisi 2050 yilga borib, 128 mln.ga kamayadi, bunda Italiya – 16 mln., Germaniya – 23 mln., Rossiya – 33 mln. kishisini yo`qotadi. Eng ahamiyatlisi, Yevropa umumiy aholisining 10% igina Yevropalik ildizga taqaladi.EI hududida migratsion oqimni va o`zga madaniyatdagilar hamjamiyatini tartibga solish bo`yicha muayyan ishlar ham ilmiy-nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Yevropaning deyarli barcha davlatlari OAVlarida va siyosiy debatlarda ushbu mavzu tez-tez ko`tarilmoqda.Germaniya immigratsiya siyosati o`ziga xos maxsus qoida va an`analardan kelib chiqqan bo`lib, u ko`pgina Yevropa davlatlarida qiziqish uyg`otdi.Agarda 1973 yilda 3,9 mln. (GFR) xorijlik yashagan bo`lsa, 30 yildan so`ng bu ko`rsatkich, ya`ni 2002 yilda 7,3 mln.ni tashkil qildi. Germaniyalik muhojirlarning ko`pchiligi “uchinchi davlat” kishilari bo`lib, ular etnomadaniy nuqtai nazardan, ko`pgina muammolarni keltirib chiqaradi.2000 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Fuqarolik to`g`risida”gi qonuniga ko`ra, 2000 yilgacha muhojirlardan tug`ilgan bolalar bevosita nemis fuqaroligini qo`lga kiritadi. Balog`at yoshiga etguncha (18 yosh) ular ota-onalarining fuqaroligini saqlab turadilar, lekin 23 yoshgacha fuqarolikni aniq tanlashlari talab etiladi. Fuqarolik olishga ishsizlik nafaqasini oluvchilar, sudlanganlar da`vogarlik qila olmaydilar. SHuningdek, nemis tilini o`rganish bo`yicha test olish majburiy qilib qo`yildi. Umumiy hisobda 2000-2004 yillar oralig`ida 191107 ta muhojirlarning farzandlari nemis fuqaroligini qo`lga kiritishdi. Ularning ko`pchiligini etnik turklar tashkil qiladi.Germaniya yangi migratsion siyosatining tub mohiyati shu bo`ldiki, Germaniya o`zini yakunda rasman “immigratsion mamlakat” deb e`lon qildi. YAna bir muhim jihat shu bo`ldiki, immigrantlarga turli tanishtiruv kurslari (630 soatga mo`ljallangan federal dastur) belgilangan bo`lib, u “uchinchi davlat”lar bilan Yevropa davlatlari fuqarolarini bir xil ko`radi. Musulmon ayollar uchun ham alohida kurslar belgilangan bo`lib, bu yakunda ularning mehnat faoliyatiga tezroq kirishib ketishlariga yordam beradi. O`z navbatida, bu kurslardan bosh tortgan odamlarga ma`muriy choralar ko`riladi.2006 yil 14 iyulda Berlinda shaxsan federal kantsler rahbarligida xorijliklar integratsiyasi masalasi bo`yicha Sammit bo`lib o`tdi. Unda barcha manfaatdor tomonlar, siyosatchilar, OAV vakillari, iqtisodchilar, kasaba uyushmalari, diniy muassasalar vakillari, shuningdek, madaniyat va sport vakilllari ishtirok etdi. Angela Merkel` ushbu anjuman migrantlar va Germaniya siyosatchilari o`rtasidagi kelgusidagi integratsion siyosat uchun ochiq dialog platformasi bo`lishi kerakligini bildirdi. Buning natijasida, 2007 yil yarmigacha oltita ishchi guruh tuzilishi va ular umummilliy integratsion kontseptsiya (ayniqsa, ta`lim va nemis tilini o`rganish bo`yicha) ishlab chiqishlari belgilandi.Germaniya yangi immigratsion siyosatining amalda bir vaqtning o`zida, mamlakatda istiqomat qilayotgan va kelayotgan muhojirlar uchun ko`pgina qulayliklarni belgilab berdi. Ta`lim va til jarayoniga urg`u berilayotganligi esa alohida diqqatga sazovor, zero malaka va til bilish amalda, shaxsning keyingi istiqbolini belgilab beradi.Migrantlar, o`z tabiatiga ko`ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan a`zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, migratsiya iqtisodiy o`sishga, yangi millatlarning paydo bo`lishi (assimilyatsiyalashuv)ga, marginal madaniyatlarning boyishiga ko`mak bo`lib kelgan.Migratsion jarayonlarni tahlil etishda, undagi muhim muammoviy masalalarning ham mavjudligini inobatga olish zarur bo`ladi. Ma`lumki, harakat faoliyati mobaynida aksariyat migrantlar ekspluatatsiya qilinadi va ularning huquqlari poymol qilinadi; aksariyat holatlarda o`zlari yo`nalish olgan manzil mamlakatlar madaniyati va turmush tarziga nisbatan integratsiyalashuv qiyin kechishi mumkin; migrantlarni qabul qilayotgan davlatlarning malakali va zarur hisoblangan kadrlariga nisbatan arzon ishchi kuchi sifatida raqobatbardosh bo`lib, ularni ish joylaridan mahrum etishi mumkin. Mana shu va boshqa ko`plab sabablarga ko`ra migratsiya holatin har tomonlama, jumladan sotsiologik o`rganish muhim mavzu hisoblanadi.Mazkur migratsiyaning hajmidan tashqari yana bir muhim tomoni, ijtimoiy-siyosiy tomoni ham borki, u hozirgi vaqtda ham Yevropalik hisoblangan amerikaliklarning asosan kelib chiqishi afrikalik bo`lgan qullarning avlodlariga nisbatan qaysidir darajada ta`sir kuchiga ega ekanligidir. SHunday bo`lsa-da, AQSHga quldorlikning tugatilishidan so`ng ham Xitoy, Hindiston va YAponiyadan juda ko`plab odamlar shartnoma asosida ko`chishdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Masalan, oxirgi statistik ma`lumotlarga ko`ra ushbu mamlakatga faqat Hindistonning o`zidan 1,5 million odam ko`chib kelgan. Hindistonlik migrantlar dunyo miqyosida o`zining intellektual salohiyati tufayli komp`yuter dasturlari ustasi sifatida tanilgan bo`lsa-da, biroq ularning Amerikadagi faoliyati Yevropa mamlakatlari fuqarolariga tegishli plantatsiyalarda ishlash bilan bog`liqdir.Migratsiyaning keyingi davri XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlariga kelib, AQSHning sanoatini nihoyatda yuqori sur`atlar bilan rivojlanishi orqali belgilanadi. Bu vaqtda SHimoliy, Janubiy va SHarqiy Yevropaning iqtisodiy turg`un hududlaridan va repressiv siyosiy tizimlaridan qochgan millionlab ishchilar 1850 yildan 1930 yildagi Buyuk Depressiyagacha AQSHga ko`chib ketishda davom etadilar. Ularning orasida ocharchilikdan qochgan irlandiyaliklarni, omadini sinab ko`rish uchun ketgan ingliz, nemis va frantsuzlarni, ishsizlikdan tinkasi qurigan italiyalik va polyaklarni, etnik jihatdan holi tang yahudiy va boshqa millat vakillarini ko`plab uchratish mumkin edi. Bu vaqtda N`yu Yorkdagi Ellis orolidagi immigratsion tekshiruv ro`yxatidan o`tgan migrantlarning soni qariyb 12 mln. kishini tashkil etadi.Migratsiyaning keyingi katta davri ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa, SHimoliy Amerika va Avstraliyadagi iqtisodni tiklash uchun ishchi kuchi zarur bo`lganligi tufayli sodir bo`ladi. Masalan, bu ko`plab turk migrantlarining Germaniyaga, SHimoliy Afrikaliklarning Frantsiya va Bel`giyaga kelishi bilan bog`liq.SHu vaqtda mustamlakadan chiqish hali hamon davom etayotgan bo`lib, dunyoning turli burchaklarida “uchinchi davlatlar” deb nom olgan ko`plab jamiyatlarda ozodlik harakatlari natijasida, mustamlakachilik zulmidan qutulish davri boshlanadi. Ammo uning zamirida ham migratsion jarayon jiddiy tus oladi. Bu davr, 1947 yilda Hindistonda bo`lgan ozodlik harakati va Pokiston davlatining vujudga kelishi natijasida, millionlab hindlar va musulmonlarning, hamda Isroil davlatining tashkil topishi natijasida vujudga kelgan ichki nizolar tufayli, yahudiy va falastinliklarning o`z tug`ilib o`sgan joylarini tark etishlari bilan bog`liq. SHuningdek, mag`lubiyatga uchragan Germaniya va YAponiyadan AQSHga intellektual migratsiya kuchayadiAvj olgan migratsiya sur`ati AQSHga nisbatan o`tgan asrning 90-yillari boshida bir oz susaygan bo`lsa, Yevropa mintaqasida xalqaro migrantlarning kuchiga bo`lgan talab 70-yillarga kelib deyarli ehtiyoj sezmaydi. Ushbu davrlarda global iqtisodning boshqaruv kuchi Osiyo tomonga ko`cha boshlaydi. Bu esa shundoq ham aholi zich yashaydigan erlarda migrantlarga, xususan, mehnat migratsiyasiga bo`lgan talabni oshiradi. Oxir-oqibat migrant qabul qiluvchi davlatlarda so`nggi yillarda boshpanasizlar, qochoqlar va nomuntazam migrantlarning harakati boshqarib bo`lmas darajaga etdi. Bu tabiiyki, xalqaro miqyosda migratsiya tizimini tartibga solish bo`yicha qator loyihalar ishlab chiqishni taqozo etardiBirinchidan, migrantlar orasida ayollar ulushi tez ravishda oshib bormoqda. 2007 yilda Er yuzi bo`yicha migrantlarning deyarli yarmi ayollar bo`ldi, ularning katta qismi rivojlangan davlatlarda va sezilarli qismi esa rivojlanayotgan davlatlarda faoliyat yuritmoqda. BMTning statistik ma`lumotlariga ko`ra, 2005 yilda Yevropa, Lotin Amerikasi, SHimoliy Amerika, Okeaniya va sobiq Ittifoq davlatlarida erkak migrantlarga qaraganda ayol migrantlar ko`proq bo`lgan. E`tirof etadigan tomoni, ilk vaqtlarda ayollarning migratsiyada ishtirok etishda asosiy maqsadlaridan biri an`analardan kelib chiqqan holda, o`z jufti haloli bilan birga bo`lish bo`lsa, bugungi kunda esa mustaqil tarzda ko`chayotgan ayollar nisbati ortib bormoqda, ular asosan oilalarining asosiy boquvchisi sifatida ketmoqdalar.

Download 132.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling