1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar


XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Polsha: ichki va tashqi siyosat


Download 132.81 Kb.
bet10/23
Sana02.02.2023
Hajmi132.81 Kb.
#1147748
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari tarixi

9.XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Polsha: ichki va tashqi siyosat.Polsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) soʻzi emas, balki eski – Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) — Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi. Yevropa Ittifoqi aʼzosi. Maydoni 312,7 ming km². Aholisi 38,5 mln. kishi (2014). Poytaxti – Varshava(warszawa) shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (województwo)ga boʻlinadi.TabiatiPolsha Visla va Odra daryolari havzasida, shimolida Boltiq dengizi va janubida Karpat va Sudet togʻlari oraligʻida joylashgan. Hududining 90% dan koʻprogʻi tekislik va payettekislik, janubida togʻliklar bor. Dengiz boʻylari past, qumloq. Qazilma boyliklari – toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil, okean iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrta-sida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G dan – 6° gacha, iyulniki 10–19°. Yillik yogʻin 500–1800 mm. Yomgʻir va qordan suv oladigan Odra, Visla, Bug, Notets va Var-ta daryolarida kema katnaydi. Polshada 9000 dan ortiq koʻl bor. Eng kattalari: Snyar-dvi (113,8 km²), Mamri (104 km²).Polsha hududining yarmidan koʻprogʻi haydaladigan yerlar, 28% oʻrmon. Aksariyat joylarda igna bargli, gʻarbi va janubida keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shimoliy va sharqida yaxlit oʻrmon-zorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va boshqalar) saqlangan. Shimoliy va shim,-sharkda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar bilan band. Tekisliklarda aksari chimli-podzolli tuproqlar, sharq va shimoli-sharqda botqoqli tuproqlar, togʻ oldi va togʻ etaklarida qoʻngʻir oʻrmon va qora tuproklar, togʻlarda esa, togʻ qoʻngʻir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Oʻrmonlarda boʻri, silovsin, tulki, boʻrsiq, ayiq; tuyoqlilardan toʻngʻiz, los, bugʻu yashaydi. Kushlardan karqur, kaklik, togʻlarda burgut uchraydi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq koʻp. Polshada Tatra, Penin va boshqa milliy bogʻlar bor.Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, belaruslar, slovaklar ham yashaydi. Rasmiy til – polyak tili. Dindorlarning koʻpchiligi – katoliklar. Shahar aholisi –62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va boshqaXX asr1915–18da, Birinchi jahon urushi paytida, Polsha Germaniya va Avstro-Vengriya tomonidan fath etildi.1918da Polsha mustaqilligi tiklandi.1919-21 Sovet-polyak urushi Sovet Rossiyasi magʻlubiyati bilan tugaydi va 1921-yilgi Riga tinchlik shartnomasiga koʻra 1921yili Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belarus yerlari Polsha tasarrufiga oʻtadi.1926da Polshada Yuzef Pilsudskiy boshchiligida avtoritar milliy-separatik sanacion tuzum tuziladi.1931 yilning 15-iyunida SSSR va Polsha doʻstlik va savdo aloqalari toʻgʻrisidagi Bitimga kelishishadi. 1932 yilning 25-yanvarida SSSR va Polsha oʻzaro hujum qilmaslik haqida Bitimni imzolashadi1938da Polsha Germaniya bilan Chexoslovakiyani boʻlib olishadi. Polsha qaramogʻiga koʻmir koni joylashgan Teshin rayoni oʻtadi.Davlat tuzumPolsha – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (1995-yildan Aleksander Kvasnevski), u Polsha fuqarolari tomonidan umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata – seym va yuqori palata – senat), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradiAsosiy siyosiy partiyalari, birlashmalari va kasaba uyushmalariDemokrat partiya, 1939-yil asos solingan; Konservativ xalq partiyasi, 1997-yil tuzilgan; Mustaqil Polsha konfederatsiyasi partiyasi, 1979-yil tashkil etilgan; Polyak dehqonlari partiyasi, 1990-yil asos solingan; Polyak xristian demokratlari kelishuvi partiyasi, 1999-yil tuzilgan; Oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Mehnat ittifoqi partiyasi, 1992-yil asos solingan; Polshani tiklash harakati, 1995-yil tuzilgan; Demokratik soʻl kuchlar ittifoqi, 1991-yil saylovoldi birlashmasi sifatida tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi tashkiloti, 1994-yilda tuzilgan. Umumpolsha kasaba uyushmalari bitishuvi, 1984-yil asos solingan; Yakkahol dehqonlarning "Birdamlik" kasaba uyushmasi, 1981-yil tuzilgan; "Birdamlik" kasaba uyushmasi, 1980-yil tashkil etilgan; "Birdamlik-80" kasaba uyushmasi, 1990-yil "Birdamlik" kasaba uyushmasidan ajralib chiqqan va oʻzini 1980–81 yillardagi kasaba uyushma harakatining birdan-bir davomchisi deb hisoblaydiIqtisodiyotiPolsha – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%. Qishloq xoʻjaligi – Mamlakat maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi.Polsha toshkoʻmir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, poʻlat eritishda Yevropada oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilgʻienergetika balansining asosini tashkil etadi. Toshkoʻmir Yuqori Sileziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qoʻngʻir koʻmir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga oʻrtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, ozroq miqdorda neft ham qazib olinadi.VrotslavMamlakat ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan koʻprogʻi chet ellardan sotib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoatining asosiy markazlari – Plotsk va Gdansk. Chetdan keltiriladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya zavodlari (shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya kombinati va mashhur "Katovitse" kombinati) Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnitsa), qoʻrgʻoshin, rux (Katovitse, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (Konin) zavodlari bor. Sanoatning asosiy tarmoqlari boʻlmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mah-sulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchetsin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svidvin), vagon va lokomotivsozlik (Svidnitsa, Zelena Gura, Vrotslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovitse, Yelch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya zavodlari uchun texnologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, bino-korlik materiallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, koʻtarma-trans-port vositalari, roʻzgʻor mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va boshqa ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk ishlab chiqarish korxonalari bor. Asosiy markazlari – Tarnuv, Osvensim, Plotsk, Bidgoshch. Farmatsevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, sement, shisha, chinnifayans, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogoz, koʻn-poyabzal, tikuvchilik sanoati mavjud. Toʻqimachilik (ip, zigʻir, jun gazlama, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, goʻsht, yogʻ, baliq, tamaki) sanoat tarmoklari rivojlangan. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadiTashqi iqtisodiy aloqalari. Polsha chet ellarga mashinalar, sanoat asbobuskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, don, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa oladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH bilan savdo qiladi.TransporTransportning asosini temir yoʻllar tashkil etadi. Transport yoʻli uzunligi – 24 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 372,5 ming km. Dare kemachiligi rivojlangan. Asosiy dengiz portlari – Gdansk, Gdinya, Shchetsin. Dengiz savdo flotining tonnaji – 4,5 mln. tonna dedveyt. Asosiy xalqaro aeroporti – Okense (Varshava yaqinida)Tibbiy xizmatDavlatga qarashli kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Vrachlar 10 tibbiyot akademiyasida tayyorlanadi. Kurortlar orasida eng mashhurlari: Krinitsa, Polyanitsa-Zdruy, Sopot, Kolobjeg, Zakopane.Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalariMaorifi 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy, barcha pogʻonalari davlat taʼminotida. Hunartexnika maktabi boshlangʻich (1– 3-sinflar) va muntazam (4–10-sinflar) taʼlimni oʻz ichiga oladi. Ixtisoslashgan litseylar ham bor. Xususiy maktablar tarmogʻi kengaymoqda. Polshada 130 oliy oʻquv yurti faoliyat koʻrsatadi. Yevropadagi eng qad. universitetlardan biri Krakov universiteti (1364), shuningdek, Varshava universiteti (1816), politexnika institutlari, oliy qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, ped. maktablari, tibbiyot va rassomchilik akademiyalari shu jumlaga kiradi.Mamlakatdagi ilmiy faoliyatni Polsha Fanlar akademiyasi bilan birga Fan vazirligi muvofiklashtirib boradi.institutlar Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy oʻquv yurtlarida, idoraviy ilmiy muassasalarda olib boriladi. Polshada Banax nomidagi xalq-aro mat. markazi (Varshavada) va Xalq-aro’ kuchli magnit maydonlari va past temperaturalarlaboratoriya (Vrotslavda) ishlaydi. Yi-rik kutubxonalari: Krakov universiteti ku-tubxonasi (1364), Varshavadagi milliy kutubxona (1928), Varshava universiteti ku-tubxonasi (1817), Poznan universiteti ku-tubxonasi (1902), shuningdek, Polsha fanlar akademiyasining Varshava, Gdansk, Krakovdagi kutubxonalari. Eng yirik muzeylari: Varshavadagi milliy muzey (1863), Krakovdagi milliy muzey (1879), Poznandagi milliy muzey (1857), Varshavadagi F. Shopen va A. Mitskevich muzeylari.Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuviPolsha poytaxti va voyevodalarida koʻpgina gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: "Gazeta viborcha" ("Saylovchilar gazetasi", kundalik mustaqil gazeta, 1989-yildan), "Tribuna" ("Minbar", kundalik gazeta, 1948-yil "Tribuna lyudu" nomi bilan asos solingan, 1990-yildan xoz. nomda chiqadi), "Gazeta Krakovska" ("Krakov gazetasi", kundalik gazeta, 1949-yildan), "Gazeta Lyubuska" ("Lyubuska gazetasi", kundalik gazeta, 1952-yildan) "Gazeta samojondova" ("Oʻzini oʻzi boshqarish", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Gromadarolnik polski" ("Polyak deqqoni minbari", haftasiga 3-marta chikadigan gazeta, 1947-yildan), "Yednost" ("Birlik" haftanoma, 1989-yildan), "Jiche Varshavi" ("Varshava hayoti", kundalik gazeta, 1944-yildan), "Rech Pospolita" ("Respublika", kundalik gazeta, 1981-yildan), "Jiche gospo-darche" ("Iqtisodiy hayot", haftalik iqtisodiy jurnal, 1945-yildan), "Nova respublika" ("Yangi respublika", oylik jurnal, 1987-yildan).

Download 132.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling