1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Vengriya: ichki va tashqi siyosat
Download 132.81 Kb.
|
G\'arb mamlakatlari tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tuzumi
- Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
- Xalq maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari
- Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuv
- Tasviriy sanʼati
14.XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Vengriya: ichki va tashqi siyosatVengriya (Magyarorszag) yoki Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat.[1] Maydon 93 ming km2.[2] Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, NATO, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va BMTning aʼzosidir.Aholisi 9,772,756 million kishi (2019).[4] Poytaxti Budapesht shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (mede) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Mamlakatning rasmiy tili Mojar tili.Davlat tuzumiVengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949 yil 20 avgustda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan F. Madl). Prezident mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi, hukumat boshligʻini tayinlaydi, qamal yoki favqulodda holat eʼlon qilish huquqiga ega. Uning vakolat muddati — 5 yil Qonun chiqaruvchi organi — parlament — Davlat majlisi. Uni aholi yalpi teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylaydi. Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi boʻlib, unga bosh vazir boshchilik qiladi.TabiatiMamlakat hududi asosan te-kislikdan iborat. Dunay daryosining soʻl sohili — Katta Oʻrta Dunayning bir qismida 100 — 200 m balandlikdagi tepaliklar uchraydi. Dunayning oʻng sohili 150-200 m balandlikdagi Dunantul oʻrqir tekisligi va Oʻrta Mojar togʻlarining massivlari (Bakon, Vertesh, Pilish, Mechek va boshqalar) dan iborat. Mamlakatning shimoli-gʻarbida Kichik Oʻrta Dunay pasttekisligining janubiy qismi (Kishalfyold), shimoli-sharqda Karpat togʻlarining etaklari (mamlakatning eng baland nuqtasi — Matra massividagi Kekesh togʻi, 1015 m), gʻarbda Alp togʻlarining yon bagʻri (bal. 500-800 m) joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: boksit, qoʻngʻir va toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, uran, marganes, temir rudalari. Balaton koʻli qirgʻoqlarida shifobaxsh termal va maʼdanli issiq suv buloqlari bor. Iqlimi — moʻtadil, kontinental. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 2, —4°, iyulda 20, 22,5°. Yillik yogʻin miqdori sharqda 450 mm dan janubi-gʻarbda 900 mm gacha. Shar-qida qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Yogʻinning koʻpi yoz boshida va kuzda yogʻadi. Dunay daryosi Vengriyani va uning poytaxti — Budapeshtni kesib oʻtadi. Uning irmoqlari — Tisa, Raba. Vengriyada koʻllar kam, eng kattasi Balaton koʻli. Yerlarining koʻp qismi — qora tuproq. Togʻ va adirlarda qoʻngʻir oʻrmon va karbonatli chim. Tisa va Dunay vodiylarida allyuvial tuproqpar. Alfyoldda shoʻrlangan kam unum tuproqlar uchraydi. Vengriya hududining 17,6 % oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlar asosan togʻ yon bagʻirlarining 300- 400 m dan baland qismlarida saqlanib qolgan. Hayvonlardan quyon, dala sichqoni, yumronqoziq, tulki, tipratikan, qushlardan toʻrgʻay. qorayaloq, qizilishton, boyqush. qamishzorlarda suv parrandalari uchraydi. Vengriyada Qishbalaton qoʻriqxonasi, Tixan, Xortobad va b. milliy bogʻlar bor.Aholining 97 % Mojarlar, shuningdek olmonlar, slovaklar, xorvatlar, ruminlar, yahudiylar, serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km: ga 115 kishi toʻgʻri keladi, 62 % aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar (64 %) va protestantlar (23 %). Rasmiy tili — mojar tili. Yirik shaharlari: Budapesht, Mishkols, Debresen, Seged, Pech.Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalariVengriya ishchi partiyasi (1918 yilda asos solingan Vengriya Komunistik partiyasining vorisi, 1948 yildan Vengriya mehnatkashlar partiyasi deb atalgan. 1989 yil 7 oktabrdagi 14-sʼezdda partiya faoliyatini toʻxtatish va uning negizida sotsialistik ishchi partiyasini tuzishga qaror qilindi. Bu partiya 1993 yil martidan Vengriya ishchi partiyasi deb ataladigan boʻldi), Vengriya sotsialistik partiyasi (1989 yilda tashkil etilgan), Vengriya demokratik forumi (siyosiy tashkilot sifatida 1987 yilda tuzilgan), Erkin demokratlar ittifoqi (1988 yilda asos solingan va siyosiy partiya tarikasida 1989 yilda shakllangan). Kasaba uyushmalari: Mustaqil kasaba uyushmalari demokratik ligasi (1988 yilda mustaqil kasaba uyushmalarini birlashtirish maqsadida tuzilgan), Vengriya kasaba uyushmalari federatsiyasi (Umumvengriya kasaba uyushmalari negizida barpo etilgan; Taʼsis sʼezdi 1990 yilda boʻlgan).Xoʻjaligiengriya — industrial-agrar mamlakat. Sanoati ilgʻor texnika bilan qurollangan, qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,5 %, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 12 %.Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik, qora va rangli metalurgiya, elektronika, oziq-ovqat, mebel va yengil sanoat. Yoqilgʻi-energetika balansida koʻmir asosiy oʻrin egallaydi (Tatabanya, Oroslan, Borshod, Mechek va boshqalar konlar). Neft va tabiiy gaz qazib olish rivojlangan. Elektr energiya asosan issiqpik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 32,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Qora metallurgiya asosan chetdan keltiriladigan ruda va koks asosida ishlaydi. Bu tarmoqning asosiy markazlari: Mishkols, Ozd va Dunayvarosh. Boksit-alyuminiy sanoati hal qiluvchi ahamiyatga ega (Almashfyuzit, Ayka, Tatabanya, Inot, Nirad-Deaki va boshqalar). Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari — elektr texnika, priborsozlik, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqarish, shuningdek transport vositalari, ayniqsa kemasozlik, temir yoʻl vagonlari, avtobus ishlab chiqarish („Ikarus“ zavodlari) rivojlangan. Metall qirqish stanoklari, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, yoritish priborlari ham ishlab chiqariladi. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Budapesht, Dyor, Mishkols, Sekeshfexervar va Debresen. Farmatsevtika korxonalari Budapesht va Debresenda joylashgan. Kimyo sanoati (maʼdanli oʻgʻitlar, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish) muhim ahamiyatga ega. Yengil sanoat tarmoqlari orasida toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish (Budapesht, Dyor, Seged, Pech va boshqalar shaharlarda), oziq-ovqat sanoati (vinochilik, meva-sabzavot konserva, un tortish, qand-shakar, goʻsht sanoati va boshqalar) rivojlangan.Qishloq xoʻjaligida asosiy oʻrinni dehqonchilik oladi. Haydaladigan yerning 2/3 qismiga gʻalla ekiladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungaboqar, tamaki, shuningdek kartoshka yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik mahsulotining anchagina qismi chet ellarga chiqarib sotiladi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari— choʻchqachilik va parrandachilik. Qoramolchilik, qoʻychilik va sut mahsulotlari yetishtirish ham rivojlangan. Balaton koʻlida va Dunay daryosida baliq ovlanadi.TransportiTemir yoʻl va avtomobil transporti Vengriya transportining asosini tashkil kiladi. Temir yoʻllarning uz. — 7752 km (2277 km elektrlashtirilgan), avtomobil yoʻllarining uz. —30 ming km dan ortiq, ichki suv yoʻllarining uz. 1,6 ming km ni tashkil etadi. Dunay daryosida kemalar katnaydi; u kanal orqali Balaton koʻli bilan tutashtirilgan. Asosiy porti — Budapesht sh.Vengriya chetga asosan mashinalar va asbobuskunalar, ximikatlar, elektr ashyolari, boksit, dori-darmon, kiyim-kechak, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar, don kombaynlari, maʼdanli oʻgʻitlar va b. sotib oladi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Vengriya iktisodiyotiga xorijiy sarmoya jalb etish surʼatlari ancha yuqori. Vengriyaning tashqi savdodagi mijozlari — Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — forint.Tibbiy xizmatga Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlik qiladi. Vengriyada 90 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar bor; 30 mingga yaqin shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Budapesht, Seged, Pech, Debresendagi tibbiyot institutlari tayyorlaydi.Xalq maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalariVengriyada 8 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Davlatga, cherkovga karashli, xususiy oʻrta oʻquv yurtlari bor. Vengriyada 887 oʻrta maxsus oʻquv yurti va 91 oliy oʻquv yurti hamda kollejlar ishlaydi. Budapesht universiteti Vengriyadagi eng yirik oliy oʻquv yurtidir. Pech sh.dagi universitet (1367 yil tashkil etilgan) ham mamlakatdagi eng qad. oʻquv yurtlaridan. Vengriyada Vengriya Fanlar akademiyasi, geol., zootexnika, farmakokimyo va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Davlat kutubxonasi, Budapesht universiteti, parlament kutubxonalari. Vengriyada Milliy muzey (1802 yil tashkil etilgan), Milliy galereya, Tasviriy sanʼ-at, tabiiyot-tarix, ilmiy-texnologiya (hammasi Budapesht sh.da), Shopron sh.da Ferens List, Sekeshfexervarda qirol Ishtvan muzeylari mavjud.Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvVengriyada bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng yiriklari: „Deyli nyus“ („Kundalik yangiliklar“, ingliz va olmon tillaridagi kundalik gazeta, 1979 yildan), „Kurir“ (mustaqil kundalik gazeta, 1990 yildan), „Madyar nemzet“ („Mojar millati“, kundalik siyosiy gazeta, 1938 yildan), „Madyar xirlap“ („Mojar gazetasi“, kundalik siyosiy gazeta, 1968 yildan), „Nepsabadshag“ („Xalq erki“, kundalik gazeta, 1942 yildan), „Nepsava“ („Xalq soʻzi“, kundalik gazeta, 1873 yildan), „Sabadshag“ („Ozodlik“, haftalik gazeta, 1990 yildan), „Kortarsh“ („Zamondosh“, oylik adabiy jurnal, 1957 yildan), „Madyar shayto“ („Vengriya matbuoti“, oylik jurnal, 1960 yildan), „May magazin“ („Zamonaviy jurnal“, oylik jurnal, 1981 yildan). Vengriya telegraf agentligi (MTI) 1880 yilda, Vengriya radiosi 1924 yilda, Vengriya televideniyesi 1957 yilda tashkil etilgan.MeʼmorligiVengriya hududida paleolit va neolit davrlariga oid manzilgoxlarning qoldiqlari, skif-sarmat va antik madaniyatlarning yodgorliklari topilgan. Milodning dastlabki asrlariga mansub Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11—12-asrlarda Pech, Estergomda meʼmorlik maktablari vujudga keldi. 11 —13-asrlarda roman va gotika uslubidagi qoʻrgʻonlar, qasrlar va turar joylar qurildi. 15-asrning 2-yarmidan Uygʻonish davri tamoyillari vujudga kela boshladi. 17-asr oxirlarida avstriyaliklar taʼsirida barokko uslubi yoyildi. 19-asrda klassitsizm uslubi tarkib topdi. 19-asr oxirida Budapeshtni qurish avj oldi (parlament binosi, opera teatri va boshqalar). 19—20-asr boʻsagʻasida mojar „moderni“ meʼmorligida xalq meʼmorligi usullaridan foydalanildi. 20-asr oʻrtalaridagi Vengriya meʼmorlari salobatli sanoat, turar joy, maʼmuriy binolar barpo etishga kirishdilar. Komlo, Varianati, Budapesht shahri larida jahonning eng kurkam meʼmoriy majmualari barpo etildi. Budapeshtdagi markaziy stadion (meʼmor K. David vab.), binokorlik sanoati kasaba uyushmasi xodimlari uyi (meʼmor L. Gardorash va boshqalar), Dunay daryosiga qurilgan Erjebet koʻprigi (meʼmor P. Shali), Balaton koʻli boʻyidagi mehmonxonalar va boshqalae binolar Vengriya meʼmorligining muvaffaqiyati boʻlib, industrial asosda barpo etilgan.Tasviriy sanʼatiVengriya hududida sopol haykallar (neolit davri), kelt va skiflarning sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Rim davri manzilgohlarida turli rasmlar, haykalchalar, guldonlar topilgan. Oʻrta asrlardagi rassomlik, haykaltaroshlik (Avliyo Georgiyning otga minib turgan haykali, bronza, 14-asr, Marton va Derd Kolojvarlar ishlagan) hamda badiiy hunarmandlik buyumlari saqlangan. Uygʻonish davrida (15-asr oxirlari, 16-asr boshlari) Vengriya sanʼati yuksak bosqichga koʻtarildi. Oʻtmish anʼanalari turklar hukmronligi davrida ham mahalliy tusda davom etdi. Bu narsa yozma kitoblarni bezashda, amaliy-bezak sanʼatida namoyon boʻldi. 17-asr oxiri, 18-asr boshlarida barokko uslubidagi portret rassomligi rivojlandi (A. Manoki). 19-asrda portret (Vengriya Barabash), manzara (ota-bola Markolar), rassomlik, haykaltaroshlik (I. Ferensi), suratkashlik (Vengriya Zichi) rivojlandi. 1848—49 yillardagi inqilobdan keyin ozodlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan tarixiy kartinalar yaratildi (V. Madaras, B. Sekey). Mashhur rassom Vengriya Munkachi esa ijtimoiy hayotni ifodalovchi chuqur gʻoyali kartinalar yaratdi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida I. Reves, A. Fenesh, Ya. Tornyai, K. Kerishtok, D. Rudnai kabi rassomlar mojar rassomligi anʼanalarini davom ettirdilar. Vengriya Ijo, A. Shtrobl kabi haykaltaroshlar realistik asarlar yaratdilar. Shu davr Vengriya sanʼatida Sh. Xolloshi asos solgan Nadban realistik rassomlik maktabi katta rol oʻynadi. Vengriyaning 20—30-yillar sanʼatida Dyula Derkovich va Ishtvan Deshi-Xuber kabi mashhur rassomlar ijod qildilar. Fashizm tartibi oʻrnatilgandan keyin koʻpgina taraqqiyparvar rassomlar chet ellarda ishladilar, mamlakatda qolganlari ijtimoiy oʻtkir taʼsirchan asarlar yaratdilar. Rassomlardan Bertalan Por, Aurel Bernat, Ishtvan Syoni, haykaltaroshlardan Beni Ferensi, Jigmond Kishfaludi-Shtrobl, Yojef Shomodi, Tamash Viga, Dyord Shegeshdi, Ferens Kovach va b. Vengriya tasviriy sanʼatini boyitdilar. Vengriyada amaliy sanʼat ham qad. anʼanalarga ega; Noemi Ferens yaratgan gobelenlar, Margit Kovach yaratgan sopol buyumlar eʼtiborli.
Download 132.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling