1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar


XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi harbiy xavf-xatarlar.Harbiy xavf-xatarlar


Download 132.81 Kb.
bet17/23
Sana02.02.2023
Hajmi132.81 Kb.
#1147748
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari tarixi

16.XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi harbiy xavf-xatarlar.Harbiy xavf-xatarlar.Globallashuv muammolari. Global lashuv (globus – Yer shari) deganda umumjahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiyalashuv va unifi katsiya lashuv jarayoni tushu niladi. Globallashuv obyek tiv va tizimli jarayon bo‘lib, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda. Iqtisodning globallashuvi natijasida iqtisodiy yuksa lish lar va inqirozlar umumjahon miqyosida global xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Zamonaviy axborot tizimlari moliya kapitaliga juda tez harakatla nish, moliya bozorlariga esa to‘xtovsiz faoliyat yuritish imkonini yaratdi. Madaniy sohada globallashuv jarayoni ziddiyatli natijalarga ham olib kelmoqda. Bir tomon dan, madaniy globallashuv ja ra yonida Internet, xalqaro sayyohlik, kinofi lmlar, kitob lar va ijo diy mehnatning boshqa mahsu lot lari katta rol o‘ynay di. Boshqa tomondan, ko‘pincha sifati uncha yuqori bo‘lmagan xalqaro madaniy hodisalarning ommalashuvi, milliy madaniyat larning ri voj lanishi uchun xavf sola boshladi. Masalan, hozir «ommaviy madaniyat» deb atalayotgan jarayon shunday salbiy holatlarga ega bo‘lgan hodisalardan biridir. Globallashuv – bir xil baholanishi mumkin bo‘lmagan o‘ta murakkab ja rayon. Bu jarayonda har bir xalq o‘z o‘rnini egallashga, o‘zligini saqlab qolishga intilmoqda. Osiyo va Afri kadagi an’ana viy sivilizatsiya larning g‘arblashuv jarayoni juda murakkab kechmoqda. Bu jami yat larda G‘arbning qadriyatlar tizimini, uning an’anaviy jamiyatlar ma’na viy-axloqiy asoslariga zid bo‘lgan me’yorlarni so‘zsiz va to‘liq qabul qilish ning yaqin asrlar ichida iloji yo‘qdek tuyuladi. Aksincha, Xitoy va Hindiston singari mamlakatlarning jahon iqtisodiyoti, siyosatida gi roli ning ortib borishi bu jamiyatlar ma’naviy-axloqiy qadriyatlarining ham jahon maydo niga chiqi shiga olib kelishi, bu esa G‘arb jamiyatida tobora chuqurlashib bo rayotgan ma’na viy inqiroz holatidan chiqib olish imkonini berishi mumkin. Harbiy xavf-xatarlar. XX asrning 50-yillarida dunyoning bir gu ruh mashhur olimlari yadro qurolini ommaviy qo‘llash sivili zatsiyaning to‘liq yo‘q qilinishiga olib keladi, degan ogohlantirishlari bilan chiqdilar. Haqiqatan, yadro quroli barcha tabiiy ofatlarga qaraganda ham ko‘proq vayron qi lish qudratiga ega. Bu qurolning paydo bo‘lishi tufayli tarixda ilk bor inso niyatning o‘zini o‘zi yo‘q qi lish xavfi paydo bo‘ldi. Hozirda sivili zatsiyani muqarrar halokatga olib kelish uchun Yer yuzida to‘p langan yadro qurollarining 1%ini qo‘llash yetarli ekan. Ayni paytda insoniyat uchun harbiy xavf-xatar XXI asrda ham bartaraf etilmadi. AQSH va Rossiya kabi yetakchi yadroviy davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat va ishonchsizlik saqlanib qolar ekan, yadro urushi xavfi ham bartaraf qilinmaydi, insoniyat bunday urush xavfi dan qutulmaydi. Shuningdek, dunyoda yadro quroliga yoki uni tez yaratish imkoniyatiga ega davlatlar sonining muttasil oshib borishi ham insoniyat uchun katta xavf bo‘lib qolmoqda. Kimyo va gen muhandisligining yutuqlari tufayli kimyoviy hamda bakte riologik qurollar ni takomillashtirish imkoniyatlari ham insoniyatni tashvishga solmoqda. Bun day qurollarni yaratishning nisbatan arzonligi, nazorat qilishning murakkabligi, bu esa ko‘plab kishi lar ning yo‘q qilish imkoniyatini yaratmoqda, kichik to‘qnashuv o‘choqlarida paydo bo‘lish xavfi ni oshirmoqda. Ekstremizm va terrorizm. Zamonaviy jamiyatning ko‘plab muammo lari orasida so‘nggi paytda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ikki muammo – ekstremizm va terrorizm alohida o‘rin tutadi. Ekstremizm va terrorizm insoniyatning ijtimoiy qadriyatlariga katta zarar yetkazadi, jamiyatda inson ning himoyalanganlik hissini poymol qiladi. Ekstremizm – bu ijtimoiy-siyosiy, diniy, milliy maqsadlarga taqiqlangan usullar orqali erishishning naza riyasi va amaliyoti. Taqiq langan usullar deganda inson huquq va erkinliklariga qonunda man etilgan kuch ishlatish, zo‘rlik yo‘li bilan tajovuz qilish tu shuniladi. Ekstremist o‘zining siyo siy, diniy yoki boshqa ijti moiy xavfl i g‘oyala ri haq ligiga ishongan va ularni kishilar, ayniqsa, yoshlar ongiga sing dirish uchun harakat qiladigan «g‘oyaviy» jinoyatchi. Bugun o‘zining mutaassib g‘oyalarini isbotlash va ularni jamiyat ning asosiga aylan tirish uchun harakat qilayotgan, o‘z faoliyati davomida dahshatli g‘ayriinsoniy usul lardan foydalanayotgan bu guruhlar shunday ekstremist lardir. Ekstremizmning eng xavfl i shakli terrorizmdir. Terrorizm – bu dav lat hokimiyati va mahalliy bosh qaruv organlari hamda xalqaro tashkilotlarning qarorlar qabul qilish jarayonida aholini qo‘rqitish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar bilan bog‘liq zo‘ravonlik orqali ta’sir ko‘rsatish mafku rasi va amaliyotidir. Ya’ni terrorchilar hech narsa bilan chegaralanmagan vahshiyliklar, masalan, aholi to‘plangan joyda portlash sodir etish, ommaviy qatl qilish kabi usullar orqali siyosiy hokimiyatga intiladilar. Ular hozirda ayniqsa diniy niqob dan keng foydalanmoqda. Masalan, «Al-Qoida», ISHID kabi islom dinini niqob qilib olgan terrorchi tashki lotlar bugun dunyoning eng katta ekstre mistik va terroristik xavfi ga aylan di. Bu xavfni bilmaydigan yoki oxiri gacha tushu nib yetmayotgan kishilar, ayniqsa, yoshlar terrorchilar changa liga ilinib qolmoqda. Ekstre mistik g‘oya lar ning yoyili shida Internet va boshqa zamonaviy axborot vosita lari ham ma’lum salbiy rol o‘ynamoqda. Yaqin Sharqdagi notinch holat, u yerdan o‘n minglab qochoqlarning Yevropaga intilishi butun dunyoda terrorizm xavfi ni keskin oshir di. Eng xavfl isi, zamonaviy kishilarga yot bo‘lgan qo‘rqinch va xavotir holati butun dunyoni qamrab olmoqda. Tabiiy resurslar muammosi va biosferaning ifl oslanishi. Yer yuzidagi hayotga tahdid qilayotgan xavfl ardan yana biri inson ning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq. Inson ishlab chiqarish faoliyati ning Yer biosferasiga salbiy ta’ siri kun sayin oshib bormoqda. Keyingi yillarda sayyoramizni quyoshning radio aktiv nurlaridan himoya qilib turgan ozon qatlami buzilmoqda. Oqi batda odamlar ning saraton kasalligiga yo‘ liqishi, hayvon va o‘sim liklarning kasal lani shi xavfi osh moqda. Atmosferaga is gazlari ning ko‘plab chi qari li shi global iqlim o‘zga rishi jarayonini bosh lab berdi. Natijada sayyoramizda o‘rtacha harorat yil sayin oshib bormoqda. Kelajakda qutb muz lik lari, Gren landiya va An tarktida muz qatlam la rining erishi, dunyo oke ani sathining ko‘ta ri li shi, qirg‘oq bo‘yida gi yuz lab shahar larni, keng hosildor yerlarni suv bosishi kutilmoqda. O‘zbekistonda hal qilinishi lozim bo‘lgan shunday eng katta muammo – bu Orol dengizi muam mosi. So‘nggi qirq yil mobaynida Orol dengi zi havzasi keskin qis qardi, suv hajmi kamay di, uning mineral lashu vi esa o‘nlab marta oshib, dengizni tirik organi zm larning yashashi uchun yaroqsiz holga keltirdi. Bugunga kelib, dengizning 90 % idan ortiqrog‘i qurib bo‘lgan. Bunday manzara Orolbo‘yi aholisi, ayniq sa, bolalar sog‘lig‘i, millat genofondi, atrof-muhit musaffoligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. So‘nggi davrda Yer yuzi aholisining katta qismi to‘plangan shaharlarda inson o‘tmishdagiga nisbatan ancha katta axbo rot ta’siriga uchramoqda. Natijada asab-psixologik, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari ko‘payib bormoqda. Yuz yillar davomida shakllangan turmush tarzidagi o‘zgarishlar, ayniqsa, zamonaviy qulayliklar natijasida harakat ning kamayishi ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Albatta, yuqorida keltirilganlar insoniyat hal qilishi lozim bo‘lgan muammolarning barchasini qamrab olmaydi. Ulardan ayrimlari, masalan, insoniyatning ma’naviy inqirozi, axloqiy buzilish kabi muammolar juda murakkab bo‘lib, ularning hal qilinishi Yer yuzida insoniyatni saqlab qolish va keyingi rivojlanishini ta’minlash uchun favqulodda muhim hisobla nadi. Shu qatori insoniyat oldida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni tik lash, ekologik, texnologik va ijtimoiy jarayonlarni uyg‘unlashtirish, ij timoiy tanglikni bartaraf qilish va natijada insoniyat sivilizatsiya sini saqlab qolishdek olamshumul murakkab 129 vazifa turibdi. Bu muammo lar ni hal qilish insoniyatdan, eng avvalo, hamkorlik va hamjihatlikni talab qiladi.


Download 132.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling