1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Bolgariya: ichki va tashqi siyosat
Download 132.81 Kb.
|
G\'arb mamlakatlari tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari
- Tashqi iqtisodiy aloqalari
- Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
- Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
- Hududiy va mahalliy hokimiyat
19.XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Bolgariya: ichki va tashqi siyosat. Bolgariya (bolgarcha: България), rasman Bolgariya Respublikasi (bolgarcha: Република България) — Yevropaning janubiy, Bolqon yarim orolining sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 111 ming km². Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya shahri viloyatga tenglashtirilgan.Davlat tuzumiBolgariya — parlamentli respublika. 1946-yildan 1990-yil 15-noyabrgacha Bolgariya Xalq Respublikasi deb atalgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 12-iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (2017-yildan Rumen Radev). Uni mamlakat aholisi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 240 deputatdan iborat Xalq majlisi (doimiy ishlaydigan organ). Yangi konstitutsiyani qabul qilish, Bolgariya hududini oʻzgartirish masalasi yoki davlat tuzilishi va mamlakat boshqaruvi shakliga oʻzgartirish kiritish masalalarini hal etish uchun 400 vakildan iborat Buyuk xalq majlisi saylanadi. U oʻziga havola qilingan masalalar yuzasidan uzilkesil qaror qabul qilganidan soʻng vakolati toʻxtatiladi. Vazirlar Kengashi (hukumat) ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi.TabiatiBolgariya relyefida togʻ va qirlar ustunlik qiladi (mamlakat hududining 70%ga yaqini). Mamlakat oʻrtasidan (gʻarbdan sharqqa) Bolqon togʻlari (mahalliy nomi StaraPlanina) kesib oʻtgan. Bolgariya shimolida Dunay sertepa tekisligi bor; sharqda bu tekislik Dobruja platosiga tutashgan. SrednaGora va Rodop togʻlari oraligʻida Maritsa daryosi boʻylab mamlakatdagi eng unumdor Yuqori Frakiya (yoki Maritsa) pasttekisligi joylashgan. Qora dengiz sohili aksari pasttekislik. Janubiy va janubi-gʻarbida RilaRodop togʻlari bor. Rila togʻlarida Musala choʻqqisi (2925 m) Bolqon yarim oroldagi eng baland choʻqqidir. Eng muhim qazilma boyliklari: koʻmir (Sharqiy Maritsa, Pernik, BobovDol havzalari), temir (Kremikovsi koni), qoʻrgʻoshinrux (Rodop), mis (Medet) rudalari, tosh tuz (Mirovo), neft, maʼdanli suvlar va qurilish materiallari. Bolgariyaning koʻp qismida iqlim moʻʼtadil kontinental. Janubida Oʻrta dengiz iqlimining taʼsiri bor. Togʻlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislik va sertepa joylarda iyulning oʻrtacha temperaturasi 23—25°, yanvar niki — 2° dan 2,5° gacha, toglarda —10,8° gacha. Yogʻinni gʻarbiy va shimoliy gʻarbiy shamollar keltiradi. Yillik yogʻin tekisliklarda 450–600 mm, togʻlarda 850–1300 mm. Yogʻinning koʻp qismi yozning birinchi yarmida yogʻadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Bolgariya daryolarining hammasi togʻlardan oqib tushadi. Yoz oxirida juda sayozlanib qoladi. Eng katta daryolari: Dunay (kema qatnaydi), Iskir, Maritsa, Mesta va Struma. Daryolardan sugʻorishda va elektr hosil qilishda foydalaniladi. Daryolarga koʻplab suv omborlari qurilgan. Bolgariyada koʻllar kam, borlari ham kichik koʻllar, asosan, Rila va Pirin togʻlarida. 500 dan koʻproq maʼdanli buloq bor. Dunay tekisligida aksari kora va boʻz oʻrmon tuproq, Bolqon togʻlaridan janubida qoʻngʻir va qoramtir, togʻlarda qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloq tuproqlari, daryo qayirlarida unumdor allyuvial tuproklar bor. Tabiiy oʻsimliklar faqat togʻlarda saqlanib qolgan. Bolgariya hududining 1/3 qismi oʻrmon, shundan 75% i keng bargli daraxtlar (dub, grab va qoraqayin), 24,7% i qaragʻay oʻrmonlari. 1700–2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Tekisliklarning koʻp qismi ekinzor. Hayvonot dunyosi xilmaxil. Oʻrmonlarda — asl bugʻu, ohu, elik va togʻ echkisi, yovvoyi choʻchqa; togʻlarda — sassiqkoʻzan, boʻrsiq, latcha, boʻri, tulki, olmaxon; oʻrmonsiz shimoliy hududlarida yumronqoziq, olaxurjun va boshqa hayvon turlari bor. Qushlar va turli xil sudralib yuruvchilar koʻp. Qora dengizdan — pelamida, skumbriya, kambala, Dunaydan — sevryuga, sazan kabi baliqlar ovlanadi. Millim ʻ bogʻlari: Vitasha, Zlatni Pyasitsi, Ropotamo, Steneto va boshqaAholisiAsosiy aholisi bolgarlar, shuningdek turklar, loʻlilar, armanlar, ruslar, makedonlar va boshqa millatlar ham yashaydi. Aholining 67,93% shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili — bolgar tili. Aholining aksariyati — pravoslavlar; musulmon sunniylar ham bor. Eng yirik shaharlari: Sofiya, Plovdiv, Varna, Ruse, Burgas, StaraZagora.Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlariBolgariyada 80 ga yaqin partiya va siyosiy harakat ish olib boradi. Asosiylari: Bolgariya sotsialdemokratik partiyasi, 1891-yilda asos solingan, 1948-yilda faoliyatini toʻxtatgan,1989-yildan qayta faoliyat koʻrsata boshladi; Bolgariya sotsialistik partiyasi, 1990-yil aprelda tashkil etilgan; Bolgariya biznesbloki, 1991-yil 22-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazilgan; Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqi, 1899-yilda asos solingan; Huqukdar va ozodlik uchun harakat, Bolgariya musulmon aholisini birlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilot, 1990-yil yanvarda asos solingan; Xalq ittifoqi, siyosiy birlashma, 1994-yilda asos solingan. Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqi bilan Demokratik partiyani oʻz ichiga oladi; Demokratik kuchlar ittifoqi, 1989-yil dekabrda tashkil etilgan. Bolgariya mustaqil sindikatlari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan; "Podkrepa" mehnat konfederatsiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; "Birlik" mustaqil kasaba uyushmasi, 1990-yilda asos solingan.IqtisodiyotiBolgariya — industrialagrar mamlakat. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 36%, qishloq xoʻjaligining ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 52% ni tashkil etadi.Sanoatida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 41% band. Mashinasozlik, elektron va elektr texnika, metallsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 35,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Bolgariyaning yoqilgʻienergetika zaxiralari cheklangan, qazib olinayotgan koʻmirning sifati past. Pleven va Shabla atroflarida ozroq neft, Vratsa yaqinida gaz konlari bor. Elektr energiyaning aksariyatini issiqlik elektr stansiyalari beradi. Kozloduy shahri yaqinida atom elektr stansiyasi qurilgan. Bolgariyaning metallurgiya sanoati mamlakatning rangli metallar (qoʻrgʻoshin, pyx va mis) ga boʻlgan ehtiyojini toʻlatoʻkis, prokat va qora metallga boʻlgan ehtiyojining koʻp qismini qondiradi. Mashinasozlikda, asosan, koʻtarma transport vositalari (elektr karlar va motokarlar, liftlar), metall qirqish stanoklari, ogʻir va energetika uskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, transport vositalari va boshqa ishlab chiqariladi. Asosiy mashinasozlik markazlari: Sofiya, Ruse, Varna, Burgas, Gabrovo, Lovech, Plovdiv, Shumen. Sement sanoati Devnya, Pleven va Vratsadagi zavodlardan iborat. RilaRodop togʻlaridagi igna bargli daraxtlar, Bolqon togʻlaridagi buk oʻrmon yogʻochlari asosida yogʻochsozlik, jumladan, mebelsozlik tarmogʻi barpo etilgan. Toʻqimachilik sanoatida ip gazlama toʻqish, yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat sanoatida chetga chiqarishga moʻljallangan mahsulotlar — tamaki, konserva, vino va konyak ishlab chiqarish rivojlangan.Qishloq xoʻjaligida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 18% band. Bolgariyada gʻalla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yemxashak, texnika ekinlaridan tamaki, paxta (janubida), kungaboqar, qand lavlagi yetishtiriladi. Qadimdan ekib kelinayotgan efir moyli ekinlar (atirgul, yalpiz, lavanda) asosan Karlovo va Qozonliq soylari boʻyida ekiladi. Bolgariyada bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Pomidor va chuchuk qalampir koʻp yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, ot, eshak, xachir, choʻchqa, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Asosiy baliq ovlash porti — Burgas.TransportiIchki yoʻllarda yuk va yoʻlovchi tashishda temir yoʻl (yuklarning 17% tashiladi) va avtomobil transporti (yuklarning 70% tashiladi)ning ahamiyati katta. Bolgariya larning uz. 6,6 ming km (62% elektrlashtirilgan) va avtomobil yoʻllarning uz. salkam 37 ming km (33,8 ming km qattiq qoplamali). Bolgariya hududidan Gʻarbiy Yevropani Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlovchi xalqaro temir yoʻl va avtomobil magistrallari oʻtgan. Dengiz transporti asosan tashqi savdoga xizmat qiladi. Asosiy dengiz portlari: Varna va Burgas. Dunayda kemalar qatnaydi (portlar — Ruse, Svishtov, Lom). "Balkan" va "JesAyr" firmalari samolyotlari xalqaro va ichki yoʻnalishda yoʻlovchilar tashiydi.Tashqi iqtisodiy aloqalariBolgariya dunyoning yuzdan ortiq mamlakati bilan savdo-sotiq aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Chetga koʻtarmatransport mashinauskunalari (elektr karlar, elektr telferlar), kemalar, tovar vagonlari, avtomatlashtirish vositalari, elektron va elektr texnika mahsulotlari, stanoklar, mebel, moʻyna sanoati mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, tamaki, sigareta, sharbat, vino, efir moyi), sabzavot va hoʻl mevalar chiqaradi; chetdan asosan mashinalar, asbobuskunalar, transport vositalari, qora metall, neft, kumir, sellyuloza, yengil sanoat mahsulotlari keltiradi. Mamlakatga chet el sayyoxdigi anchagina foyda keltiradi (1 yilda 1 mln. dan ortiq kishi kelib ketadi). Pul birligi — lev.Tibbiy xizmatiBolgariyada 70 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 25 mingga yaqin shifokor ishlaydi. Shifokorlarni Sofiya, Plovdiv, Varnadagi tibbiyot institutlari tayyorlaydi. Boroves, Varna, Drujba, Zlatni Pyasitsi, Nesebir, SlinchevBryag iqlimiy kurortlari, Kyustendil, Hisara maʼdanli suv va Tuzla, Pomoriye balchiq bilan davolash kurortlari mashhur.Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalariBolgariyada 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Politexnika va hunartexnika maktablari, bilim yurtlari va texnikumlar bor. Yirik oliy oʻquv yurtlari Sofiya, Plovdiv, VelikoTirnovo untlaridir. Ilmiy markazlari: Bolgariya Fanlar akademiyasi, Bolgariya fanlari akademiyasi, Tibbiyot akademiyasi. Sofiyada Xalq kutubxonasi, universitet hamda Fanlar akademiyasi kutubxonalari va boshqa ommaviy kutubxonalar, Milliy badiiy galereya, etn., harbiy tarix (Pleven shahrida) muzeylari va boshqa bor.Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuviBolgariyadagi asosiy gazetalar: "Demokratsiya" ("Demokratiya", Demokratik kuchlar ittifoqining kundalik gazeta, 1990-yildan), "Duma" ("Soʻz", Bolgariya sotsialistik partiyasining kundalik gazeta, "Rabotnichesko delo" gazeta oʻrniga 1990-yildan), "Zemedelsko zname" ("Dehqonlar bayrogʻi", kundalik gazeta, Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqining nashri, 1902-yildan), "Svoboden narod" ("Ozod xalq", haftalik gazeta, Bolgariya sotsialdemokratik partiyasining organi, 1990-yildan), "Trud" ("Mehnat", Bolgariya mustaqil sindikatlari konfederatsiyasining organi, 1923-yildan). Bolgariya telegraf agentligi — BTA, SofiyaPress matbuot agentligi (1967-yilda tashkil etilgan) mavjud. 1929-yildan radioeshittirishlar, 1959-yil noyabrdan telekoʻrsatuvlar berib boriladi.Boshqaruv OrganiBolgariya Prezidenti (Georgi Parvanov 22-yanvar 2002) to'g'ridan to'g'ri 5 yillik muddatga saylanib, bir marotaba qayta saylanish huquqiga ega. Prezident davlat boshqaruvchisi va harbiy kuchlarning oliy qo'mondoni vazifalarini o'taydi. Ayni vaqtda, prezident Milliy Xavfsizlik organining Maslahat Qo'mitasi rayisi bo'lib, garchi qonun qabul qila olmasada, qonun loyihasini [for further debates] qaytarishi mumkin. Lekin parlament ko'pchilikning ovozi bilan prezidentning vetosini rad etishi mumkin.Vazirlar Kengashi Bosh Vazir (Sergey Stanishev 2005 yil 17-avgustdan beri) tomonidan boshqariladi. U Bosqaruv Organining oliy a'zosi bo'lib, hozirda 20-ta vazirdan iborat. Bosh Vazir parlamentning ko'chilik ovozi bilan tayinlanadi va Prezident tarafidan o'z mahkamasini tuzish uchun mandat beriladi.Hozirdagi koalitsiya Bolgar Sotsialist Partiyasi (BSP), Simeon II Milliy Xarakati (SMX) va (asosan mamlakatda kamchilikni tashkil etgan Turklarni ifodalovchi) Huquqlar va Ozodlik uchun Xarakatdan tashkil topgan.HokimiyatBolgariya yakka palatali parlamentga ega. Umum-Milliy Yig'ilishi yoki Narodno Sabranie, 240 deputatlardan iborat bo'lib, ular xalq tomonidan 4 yillik muddatga saylaniladi. Ovozlar 28-ta administrativ bo'limlarning har biridagi nomzodlarning partiyalari yoki koalitsiyalariga beriladi. Partiya yoki koalitsiya parlamentga kirish uchun eng kamida ovozlarning 4% to'plashi zarur.Parlament qonunlarning kuchga kirishi, byudjetni tasdiqlash, prezident saylovlariga tayyorgarlik ko'rish, bosh vazir va boshqa vazirlarning tanlovi va ularning ishdan bo'shatilishi, urush e'lon qilish, qo'shinlarning Bolgariya hududidan tashqariga chiqishi va xalqaro bitim va shartnomalarni tasdiqlash kabi vazifalarni bajaradi.Hududiy va mahalliy hokimiyatBolgariya Respublikasining hududi provinsiya va munitsipalitelarga bo'lingan. Provinsiyalarning soni 28-ta bo'lib, har biri hokimiyat tomonidan tayinlanadigan provinsiya hokimi bilan boshqariladi. Shu bilan birga, mamlakatda 263-ta munitsipalitet mavjud.Bolgariya Provinsiyalari1987-yil 9-ta provinsiyaga bo'linganidan so'ng, 1999-yildan boshlab, Bolgariya 28-ta provinsiyadan iborat (oblasti, birlikda - oblast). Mamlakat poytaxti alohida provinsiya xisoblanib, har bir provinsiya o'z poytaxti nomi bilan ataladi:
Download 132.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling