1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar


Daniya davlati maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari


Download 132.81 Kb.
bet16/23
Sana02.02.2023
Hajmi132.81 Kb.
#1147748
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari tarixi

15.Daniya davlati maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari.Daniya (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) — Yevropaning shimoligʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. orolning katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va boshqa)ni oʻz ichiga oladi. Maydon 43043 km2 (Grenlandiya va Farer orollaridan tashqari); Aholisi 5,59 mln. kishi (2012). Poytaxti — Kopengagen shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg shaharlari mustaqil maʼmuriy birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan foydalanuvchi Farer orollari va Grenlandiya orol Daniya qirolligi tarkibiga kiradi.Davlat tuzumiDaniya— konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1953 yil 5 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha, 1972 yildan qirolicha Margrete II). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha bilan folketing (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Folketing 179 deputatdan iborat. Ular umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni qirol (qirolicha) amalga oshiradi. U bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadiTabiatiDaniya hududi keng bargli urmonlar zonasida joylashgan, yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi Yutlandiya yarim oroldagi Ayer-Bavnexoy tepaligi (172 m). Toʻrtlamchi davrda yer ustini qoplagan muzlikning izlari saqlanib qolgan. Yutlandiya yarim orol va boshqa orollarning sohillarida qoʻltiqlar va boʻgʻozlar koʻp. Daniyada qazilma boyliklar oz. Kaolin, boʻr, neft, torf, qoʻngʻir kumir, gaz va tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi, yozi salqin, bahor va kuz fasllari uzok, davom etadi. Kishi yumshoq. Fevralda oʻrtacha temperatura 0°, iyulda 15—16°. Yillik yogin 600–900 mm. Yogʻinning koʻp qismi kuzda yogʻadi, bahorda va yozda yogʻin kam boʻladi. Tez-tez tuman tushadi. Daryolari juda qisqa (eng kattasi Gudeno, 158 km). Kichik oqar koʻl koʻp. Mamlakat gʻarbining tuprogʻi podzol, sharqiniki qoʻngʻir oʻrmon tuproqlardir. Bu yerlarda dehqonchilik qilinadi. Dengiz sohillarida oʻtloqi allyuvial tuproq, karbonat jinslarda esa karbonatli qoʻngʻir tuproqlar paydo boʻlgan. Hududining 10 % ga yaqini oʻrmon bilan band. Qaragʻay, qoraqaragʻay, qoraqayin va dub oʻrmonlari bor. Bu oʻrmonlarda yovvoyi xayvonlardan ohu, asil va chipor bugʻu, elik, tiyin, tustovuq uchraydi. Sohillarda parranda koʻp. Yirik qoʻriqxonalari: Xesselyo, Vorse.Aholisining 98 % danlar; olmonlar va frizlar ham bor. Aholining oʻrtacha zichligi bir km2 ga 114 kishi. Aholining 84,9 % shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — dan tili. Dindorlarning 91 % — lyuteranlar. Yirik shaharlari: Kopengagen, Orxus, Odense, Olborg .Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalariVenstre, soʻl liberal partiya, 1870 yilda tuzilgan; Konservativ xalq partiyasi, 1916 yilda tuzilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1972 yilda asos solingan; Radikal soʻl partiya, 1905 yilda tuzilgan; Daniya sotsial-demokratik partiyasi, 1871 yilda asos solingan; Sotsialistik xalq, partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Xristian xalq partiyasi, 1970 yilda asos solingan; Markaz demokratlari partiyasi, 1973 yil tuzilgan; Daniya xalq partiyasi, 1995 yilda tashkil etilgan. Daniya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898 yilda tuzilgan boʻlib, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Shimoliy Yevropa kasaba uyushmalari kengashiga kiradi.XoʻjaligiDaniya yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat boʻlib, boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqa bogʻlagan. Xususiy sarmoya ustunlik qiladi. Yalpi milliy mahsulotning 30 % davlat sektoriga toʻgʻri keladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat va qurilishning ulushi 26,4 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 3,5 %. Yalpi mahsulotning 40 % dan koʻprogʻi chetga sotiladi.Sanoatida neft, tabiiy gaz, kaolin qazib chiqarish katta oʻrin oladi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin mashinasozlik sanoati rivoj topdi. Kimyo sanoati, neftdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish ham rivojlangan. Yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojning bir qismi chetdan keltiriladigan neft va neft mahsulotlari hisobiga qondiriladi. Sanoatda mayda va oʻrta korxonalar koʻp. Kemasozlik alohida oʻrin tutadi; eng yirik sanoat markazlari: Kopengagen, Odense, Xelsingyor, Nakskov. Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari asosan kema dizellari, sement va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, elektr motor, transformator, radiopriyomnik, televizor, magnitofonlar ishlab chiqaradi (asosiy markazlari Kopengagen, Odense). Kimyo sanoati doridarmon, fosfatli va azotli oʻgʻitlar, sintetik smola va plastmassalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoatining asosiy markazlari Yutlandiyaning sharqi va shimolida joylashgan (Vayle, Xerning, Viborg va boshqa). Mamlakatning turli joylarida oziq-ovqat, xususan sut va goʻsht sanoati korxonalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. 90-yillarning oʻrtalarida neft qazib olish eng yukrri darajaga yetdi (7 mln. tonna).Kishloq xoʻjaligi Daniya iqtisodiyotining eng mahsuldor tarmogʻi hisoblanadi. Mamlakatda 80 mingga yaqin fermer xoʻjaligi bor. Ular yuksak hosildorlikka erishadilar va mahsulotning asosiy qismini chet ellarga sotadilar. Daniya hududining 70 % (3 mln. ga) qishloq xoʻjaligida foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsuloti umumiy qiymatining 90 % ini chorvachilik beradi. Aholi jon boshiga sut, yogʻ va goʻsht yetishtirishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Dehqonchiligi yuqori darajada mexanizatsiyalashgan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi, parrandachilik rivojlangan.TransportiTemir yoʻl uzunligi 3 ming km dan ortiq, undan 2470 km elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻllari uzunligi 71 ming km. Asosiy porti — Kopengagen. Tashqi savdosi yalpi ichki mahsulotning 37 % ini tashkil etadi. Chetga asosan mashina va asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — Daniya kronasi.Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalariDaniya maorif tizimining ilk boʻgʻini — bolalar bogʻchalari. 6 yoshdan bolalar uchun 9 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati — 7 yil, kichik oʻrta (real) maktablarda 3 yil, yuqori oʻrta maktab (gimnaziya)larda 3 yil, xunar-texnika bilim yurtlarida 1 — 3 yil Bolalarning 90 % bepul davlat maktablarida taʼlim oladi. Oliy oʻquv yurtlariga gimnaziya attestatlari asosida tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi. 5 ta universitet, 3 ta texnika universiteti, 20 ga yaqin institut va kollejlarda oliy maʼlumot beriladi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Kopengagen (1479 yilda asos solingan) va Orxus (1928 yilda asos solingan) universitetlari, Daniya muxandislik akademiyasi, Kopengagen texnika universiteti. Ilmiy muassasalari: Daniya qirolligi fanlar akademiyasi (1742 yil Kopengagen shahrida tashkil etilgan, 210 dan ortiq aʼzosi bor), Nafis sanʼat akademiyasi (1754 yilda asos solingan), Daniya qirolligi texnika fanlari akademiyasi (1937 yil Lingbi shahrida tashkil etilgan, 580 dan ortiq aʼzosi, 25 ilmiy tadqiqotlar instituti va assotsiatsiyalari bor), 20 dan koʻproq ilmiy tadqiqotlar muassasalari va boshqa Kutubxonalari: Kopengagendagi Qirollik va Munitsipal, Orxusdagi davlat va universitet kutubxonalari va boshqa Muzeylari: Kopengagendagi milliy qirollik nafis sanʼat muzeyi, Kirollik dengiz muzeyi, Odensedagi X. K. Andersen uymuzeyi va boshqaMeʼmorligiDaniya hududida qadimgi meʼmoriy davrga (mil. av.) xos sanʼat va meʼmoriy yodgorliklar (Trelleborg, Aggersborg qalʼalarining harobalari va boshqa) mavjud. Daniyada yagona qirollik tuzilib (10-asr), xristianlik qabul qilingach, dastlab yogʻochdan, 11-asr urtalarida esa toshdan ibodatxonalar qurildi. Roman davrida (12-asr—13-asr boshi) xoch shaklida sobor va qalin devorli cherkovlar solindi. Gotika davrida (13-a,—16-asr 30-yillari) Roskill va Odenseda yirik ibodatxonalar, qalin, baland devor va minorali qasrlar barpo etildi. 16—17-asrlarda renessans taʼsirida bezatilgan saroylar, jamoat va turar joy binolari qurish anʼana boʻldi. 18-asr 1-yarmida binolar barokko uslubida, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida qurila boshladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida milliy romantizmga xos binolar yaratildi. K.F. Harsdorf Daniya klassitsizmining atokli namoyandasidir. 20-yillarda neoklassitsizm, 30-yillarda esa funksionalizm (X. Kampman, V. Lauritsen kabi meʼmorlar) uslubi tarqaldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Kopengagen, Odense, Ryonne kabi shaharlar qayta tiklandi. 60—90-yillarga kelib koʻp (8—12) kavatli turar joylar kurildi. Uy-joy va sanoat zonalarini, qatnov yoʻllarini qulay joylashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga katta eʼtibor berildi.Tasviriy sanʼatiDaniya hududidan tosh, jez, temir davri madaniyat yodgorliklari topilgan (kahrabo haykalchalar, urush va ov manzaralarining toshga oʻyilgan tasvirlari, qurol-yarogʻlar, ziynat buyumlari, kumush idishlar, oltin tangalar va boshqa). Roman davri (12— 13-asrlar) monastirlari naqshlar bilan bezatilgan. Gotika davri (13-asr—16-asr boshlari) soborlaridagi naqshlarda realistik elementlar mavjud. 15-asrning 2-yarmida Daniyaga Olmoniya, Niderlandiya, Fransiyadan koʻplab rassom va ustalar koʻchib keldi. Kopengagenda Badiiy akademiya tashkil etilishi (1754) va klassitsizm taraqqiyoti Daniya milliy rassomlik maktabining tashkil topi-shiga olib keldi. 19-asr 1-yarmida rassomlik sanʼatida K. V. Ekkersberg va uning izdoshlari K. Kyobke, V. Bends va boshqa ijodida lirizm, voqelikning bevosita tasviri kuchli boʻldi. 20-asr boshlarida Daniya sanʼatiga fovizm, kubizm, 30-yillar oʻrtalaridan impressionizm va abstraksionizm kabi turli oqimlar kirib keldi. Realizm ruhida ijod etuvchi orol Rude, X. Yensen, X. Bidstrup kabi rassomlar ijodi abstraksionizm va boshqa modernistik oqimlarga qarama-qarshi turdi. Neoklassitsizm tamoyillari asosida ijod etuvchi rassomlar ham bor. Keyingi yillarda maishiy va siyosiy mavzular rassomlarni koʻproq qiziqtira boshladi.Davlat tuzilishiDaniyaning davlat tuzilishi — 1953-yil 5-iyundagi konstitutsiya asosida konstitutsiyon monarxiya.Daniya regionlari2007 yilning 1 yanvarigacha Daniya 14 qismga — amtlarga boʻlingan edi. 2007 yilgi munisipal reformaga muvofiq amtlar 5 ta katta administrativ regionlarga boʻlindi:Poytaxt regioni Zelandiya Shimoliy Yutlandiya Markaziy Yutlandiya Janubiy DaniyaHar bir viloyat oʻz navbatida munitsipolitet yoki kommunalardan (dan. Kommune) iborat.GeografiyasiDaniya Yutlandiya yarim oroli va Fyun, Zelandiya, Falster, Lollan va boshqa orollarda joylashgan. Daniya tarkibiga dunyodagi eng yurik orol — Grenlandiya kiradi.IqtisodiyotiDaniya — yuqori rivojlanishga ega industrial-agrar mamlakat. Asosiy eksport mahsulotlari mashinasozlik tovarlari, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut mahsulotlari, baliq.AholisiAholisi — 5,5 mln. (2008 yil, iyul oyiga baho). Oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi — erkaklarda 76 yil, ayollarda 81.

Download 132.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling