1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar


Download 132.81 Kb.
bet22/23
Sana02.02.2023
Hajmi132.81 Kb.
#1147748
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari tarixi

TransportiRossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi – 139 ming km (86 ming km magistral temir yoʻl), qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. – 754 ming km, kema qatnaydigan ichki suv yoʻllari uz. – 84,6 ming km (Belomor–Boltik, kanali, Moskva nomli kanal, Volga–Don kanali, Volga– Boltiqsuv yoʻli va boshqalar), magistral neft va gaz quvurlari uz. – 213 ming km. Transport yoʻlilarning eng serqatnov va kup yuk tashiladigan magistrallari elektrlashtirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Ichki yuklarning bir qismi avtomobil va dare transportida, tashqi savdo yuklarining aksariyati dengiz transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi – 8,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg, Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yoʻllari kesishgan shaharlar: Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralniye Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barcha iqtisodiy rnlar, yirik shaharlar oʻrtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari bilan aviatsiya qatnovi yulga qoʻyilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Irkusk, Vladivostokda yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg shaharlarida metropoliten kurilganTashqi savdosiRossiya – dunyodaqudratli eksport va import imkoniyatlariga ega boʻlgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yogoch, kauchuk, xom teri, toʻqimachilik mahsulotlari va boshqa eksport qiladi. Chetdan elektronika, roʻzgʻor texnikasi, xalq isteʼmol mollari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq boʻyi mamlakatlari, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Polsha, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi – rubl.Tibbiy xizmatiAholining sogʻligʻini saqlash tizimi 20-asrning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat shakllari rivojlana boshladi. 90-yillarning oʻrtalarida Rossiyada 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi boʻlib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 oʻrin toʻgʻri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi muvofiqlashtirib turadi. Rossiyada 7 mingga yaqin sanatoriy va boshqa dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.
Download 132.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling