1. Yakka (donalab) ishlab chiqarishning tavsifi Seriyali ishlab chiqarishning tavsifi


Yakka (donalab) ishlab chiqarishning tavsifi


Download 20.01 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi20.01 Kb.
#1819355
1   2   3
Bog'liq
Маъруза 11

1. Yakka (donalab) ishlab chiqarishning tavsifi

Ishlab chiqarish turi deb mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning nomenklaturasi kengligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot muhimligini tasiflaydigan tashkiliy, texnik va iqtisodiy xususiyatlar yig‘indisiga aytiladi.


Ixtisoslashtirish darajasiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari va miqdoriga qarab ishlab chiqarish bir necha turlarga- yakka( donalab ), seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi.
YAkka (donalab) ishlab chiqarish - mehnat jarayonining tuzilishi, o‘zining beqarorligi bilan korxonaning asosiy ishlab chiqarish ish joylarida bajarilayotgan jarayonlar bir mahsulot tayyor bo‘lgandan so‘ng ikkinchi mahsulot uchun o‘zgaradi. Ushbu ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonasi dasturi bir nechta nomdagi oz miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Bu kabi ishlab chiqarishlarda ish joyi ixtisoslashtirilmaydi. Ishchilar malakasi juda yuqori, universal asbob-uskunalar qo‘llaniladi.


2. Seriyali ishlab chiqarishning tavsifi

Seriyali ishlab chiqarish - bu ishlab chiqarish turida ma’lum vaqt oralig‘ida bir xil mahsulotlarni qayta hajmda seriyali tayyorlash takrorlanadi. Masalan, “O‘zbekxlopkomash” zavodi dastlab partiyalar bo‘yicha 5-LP rusumli linterlarni, so‘ngra siklonlarni, UXK rusumli seriyali paxta tozalagichlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.


Ushbu ishlab chiqarish turida universal uskunalar bilan birgalikda maxsus uskunalardan ham foydalaniladi.
Seriyali ishlab chiqarish sexlari ish joylari yakka ishlab chiqarishga qaraganda nisbatan yuqori ixtisoslashtirilgan. Ishchilar malakasi nisbatan tor, bonobarin universal malakaga ega ishchilarga qaraganda ularni tayyorlash osondir.
Bir ish joyiga biriktirilgan jarayon soni bilan tavsiflanuvchi seriyalash koeffitsienti qiymatiga muvofiq seriyali ishlab chiqarishning uchta turi mavjud:
20-40 va undan ortiq bo‘lganlari- kichik seriyali;
5-20 ta bo‘lganlari- o‘rta seriyali;
3-5 ta bo‘lganlari- yirik seriyali.
Seriyali ishlab chiqarishda ishlab chiqarish dasturi etarlicha doimiydir, asosiy ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar turi ozchilikni tashkil etadi. Ushbu ishlab chiqarishda soddalashtirish koeffitsienti yuqoridadir.



Download 20.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling