kasalliklarida o`t haydovchi, og`riq qoldiruvchi, qusishga qarshi, ovqatni
hazm qildiruvchi vosita sifatida qo`llaniladi. Yalpiz bargi va uning efir
moyi tinchlantiruvchi, spazmolitik, antiseptik va o`t haydovchi
xossalarga ega. Ular ta`sirida oshqozon sekresiyasi kuchayadi, ishtaha
yaxshilanadi, silliq muskularni bushashtirib, spazmlarni yo`qotadi, jigar
o`tini ko`paytiradi.
Mentha piperita Mentha piperita Mavrak (Salvia) turkumi.
Mavrak – Salvia L - Lamiaceae - yasnotkaguldoshlar oilasiga mansub ko'p yillik
o't o'simlik hisoblanadi. Ildizi baquvvat yog'ochlangan, 4-tartibgacha tarmoqlangan,
sertarmoq ildizining asosiy qismi tuproqning 10-15 sm lik katlamida joylashgan, ko'pi
bilan 68 sm chuqurlikkacha yetib boradi. Poyalari birinchi yili 4 qirrali, quyi qismi
yog'ochlangan, kulrang tusda yuqori qismi tukli, yashil, bo'yi 80 sm gacha yetadi.
Barglari qarama-qarshi joylashgan, uzunchoq bandli mayda kungurali, uzunligi 2-8 sm
kengligi 0,8-2,5 sm, burishgan tukli, kulrang yashil. To'pguli poyaning eng
yuqorisidagi boshoqsimon qismidir, u sodda yoki shoxlangan, sodda xalqalardan tarkib
topgan. Gullari ikki labli, kuk binafsha rang, yondosh bargchalarining qo'ltiqlarida
joylashgan. Mevasi 4 dona yong'oqchadan iborat, urug'lari qurrasimon bo'lib kattaligi
2-3 mm. 1000 dona urug' vazni 7-9 g. O'rta dengiz bo'yi mamlakatlarining tog'li
yerlarida tabiiy sharoitda o'sadi. Shimoliy Kavkaz, Qrim, Moldovada ekib o'stiriladi.
Marmarak (Salvia officinalis)
Ko‘p yillik, bo‘yi 20—50 sm ga yetadigan yarimbuta. Poyasi
ko‘p sonli, shoxlangan, serbarg, to‘rt qirrali, pastki qismi
biroz yog‘ochlangan. Bargi oddiy, uzun bandli, poyaning eng
yuqori qismidagilari bandsiz bo‘lib, poyada qarama-qarshi o‘rnashgan.
Guli qiyshiq, gulkosachasi ikki labli, sertuk, gultojisi ikki
labli, ko‘k-binafsha rangda, otaligi ikkita, onalik tuguni to‘rt
bo‘lakli, yuqorida joylashgan. Mevasi — 4 ta yong‘oqchadan
iborat. lyun-iyul oylarida gullaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |