Marmarak (Salvia sclerea)
Marmarak - S. sclerea poyasi qattiq, to`rt qirrali, oddiy yoki
shoxlangan, bo`yi 50-100 sm. Barglari yirik, qarama-qarshi joylashgan,
tuxumsimon, asosi yuraksimon, cheti qo`sh kungirali. Gultoji och
pushti-binafsha rangli. Adir va tog`larda, dalalarda va bog`larda
tarqalgan. Bargi tarkibida efir moyi, alkaloidlar, oshlovchi moddalar,
flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar hamda boshqa birikmalar bor.
Marmarak bargining preparatlari burishtiruvchi, dezinfeksiyalovchi va
yuqori nafas yo`llari yallig`langanda yallig`lanishga qarshi ta`sir etuvchi
Limono’t (Melissa)
Limono`t – Melissa turkumi ko`p yillik, sertukli, 30 - 60 sm
balandlikdagi o`t o`simlik. Poyasi bitta yoki ko`p, qarama-qarshi
shoxlangan. Barglari tuxumsimon, bir oz o`tkir uchli, sertuk (ustki
tomonidan), arrasimon qirrali bo`lib, qisqa bandi bilan poya va
shoxlarida qarama-qarshi o`rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari
gul bandi bilan barg qo`ltig`iga joylashib, to`p gulni hosil qiladi. Mevasi
4 ta yong`oqcha.
Limono‘t dorivor preparatlari Ibn Sino aytishicha yurakni mustahkamlaydi va unga yordam beradi, shuningdek, traxoma, xiqichoq tutish, og‘izdan yomon hid kelishi
va boshqa kasalilklarni davolaydi. Xalq tabobatida limono‘t bilan
nevroz, bronxial astma, ayollarni toksikoz, klimaks, yurak
urishini buzilishi va boshqa kasalliklar davolanadi.
Limono‘t damlamasi klinik sharoitida sinovlardan o‘tgan va
uni tibbiyot amaliyotida tinchlantiruvchi va qon bosimini
paysaytiruvchi vosita sifatida qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilgan.
E’tiboringiz uchun raxmat.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |