III. Bosh kotib bilan muvofiqlashtiriladigan masalalar
1. Nizomning barcha bandlari talqini hamda musobaqalar reglamentini muvofiqlashtirish
2. Kotibiyat va nusxa ko‘chirish uskunalari imkon qadar bir me’yorda ishlashi, shuningdek, jamoaviy natijalaming tez hisobkitob qilinishi va musobaqalarning so'nggi kunida natijalarni zudlik bilan bosmadan chiqarish uchun imkon yaratish nuqtai nazaridan dasturning barcha tur va bosqichlarini o‘tkazish jadvali loyihasini tahlil etish.
3. Musobaqalar boshlanguniga qadar jamoa vakillariga e’lon qilish zarur bo‘lgan masalalar ro‘yxatini tayyorlash.
4. Jamoa vakillari kengashini o‘tkazish muddatlari va joyi.
5. Jamoa vakillarining qur’a tashlashda qatnashishiga ruxsat berish to‘g‘risida.
6. Kotibiyat tarkibini (miqdoriy jihatdan va nommanom) muvofiqlashtirish
7. Shaxsiy va jamoaviy natijalarni tasdiqlash tartibi.
8. Kotibiyatning Bosh hakam, uning muovinlari va referi bilan tezkor aloqa qilish yo‘llari.
9. Dispetcherlik jadvalini tayyorlash muddati.
10.Musobaqalarga qadar va ular o‘tkazilayotgan davrda hakamlar hay’ati materiallarini kompyuterchilar (mashinistkalar) va nusxa ko‘chirish uskunalari zimmasiga yuklash.
11 .Talabnomalar, qayta talabnomalar berish, shikoyatnomalarni taqdim etish va ko'rib chiqish muddatlari.
12.Bosh hakam, uning muovinlari, referi orasida vazifalaming taqsimlanishi.
13.ABT bilan o‘zaro munosabatlar.
14. Bosh hakam, uning muovinlari, referi, apellyatsiyasi hay’ati, marradagi katta hakam, katta vaqt o‘lchovchi hakam, musobaqa o‘tkazuvchi tashkilot vakilining imzo namunalari.
15. Start bayonnomalari va yakuniy materiallarni jamoa vakillariga topshirish vaqti va tartibi.
16. Ishtirokchilarning yig'ilish va badan qizdirish mashqlarini o'tkazish joy lari (qaydnomalar va oraliq natijalar namoyish etiladigan taxtalar miqdori).
17. Kotibiyat tomonidan musobaqalar to'g'risidagi hisobot uchun tayyorlanadigan masalalar ro'yxati.
IV. Mandat hay’ati
1. Kotibiyat va ishtirokchilar hamda jamoalarni musobaqalarga kiritish bo'yicha hay’atning ish vaqti va joyini muvofiqlashtirish
2. Mandat hay’ati xodimlarining imzo namunalari hamda ishtirokchilar va jamoalarni musobaqalarga kiritish bo'yicha qarorlaming turlari.
3. Jamoalar va ishtirokchilami qo'shimcha talabnomalar bo'yicha qo'shimcha ravishda musobaqalarga kiritish tartibi.
4. Mandat hay’atining musobaqalar to'g'risidagi hisobotga taqdim etadigan ma’lumotlari ro'yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |