Vaqt o‘lchovchi hakamlar
Vaqt o‘lchovchi hakamlar hay’ati tarkibidan vaqt o‘lchovchi hakamlar tayinlanadi. Ular yugurish va yurish bo‘yicha musobaqa ishtirokchilarining masofani bosib o‘tish vaqtini aniqlaydilar. Masofani birinchi bo‘lib yakunlagan ishtirokchi ko'rsatgan vaqtni qo‘l sekundomerlaridan foydalangan holda uch nafar vaqt o‘lchovchi hakam qayd etishi kerak.
Fotomarradagi hakamlar
Fotomarradagi hakamlar fotomarra tizimiga biriktirilgan maxsus uskunalar yordamida yugurish hamda yurish bo‘yicha natijalarni: ishtirokchilarning marraga yetib kelish tartibi va ularning masofani o'tgan vaqtini aniqlaydilar.
Masofadagi hakamlar
Masofa hamda to‘siqlar oldidagi hakamlar:
- masofa bosib o'tilishi, estafeta tayoqchasining uzatilishi va barerlardan oshib o‘tish to‘g‘ri bajarilayotganligini kuzatadilar, qulagan barerlar o‘z vaqtida joyiga qo‘yilishini nazorat qiladilar.
Shamol tezligini o’lchovchi hakamlar
Shamol tezligini o‘lchovchi hakamlar 200 m.gacha masofalarga yugurish hamda uzunlikka va uch hatlab sakrash bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilayotgan vaqtda maxsus uskunalar yordamida yugurish yo‘nalishidagi shamolning o‘rtacha tezligi kattaligini aniqlaydilar.
Sakrash va uloqtirish bo‘yicha hakamlar
Sakrash va uloqtirishlaming har bir turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish uchun katta hakam, o‘Ichovchi hakamlar hamda kotibdan iborat hakamlar guruhi tayinlanadi.
Musobaqa o‘tkaziladigan joylar, jihozlar va asbob-uskunalarni tayyorlash xizmati hakamlari
Jihozlar va asbob-uskunalar bo'yicha hakamlar:
- yugurish yo'lakchasi, sakrash va uloqtirishlar bo‘yicha musobaqalar badan qizdirish mashqlari o‘tkaziladigan joylarda belgi chiziqlari to‘g‘ri chizilganligini tekshiradilar;
- jihozlar markirovkasini tekshiradilar;
- musobaqalar o‘tkaziladigan joy larga jihozlar va asbob-uskunalarni yetkazib berish hamda ularni yig‘ib olish ishlarining reja-jadvalini tuzadilar.
Statistika va rekordlar guruhi
- turli statistik ma’lumotlaming hisob-kitobi bilanshug‘ullanadi;
- yangi rekordlar, sport ustasi va halqaro toifadagi sport ustasi unvonlari uchun me’yorlarning bajarilishini kuzatadi;
- rekord natijalar uchun dalolatnoma tayyorlab, rasmiylashtiradi;
- rekordlar tekshirilganidan keyin hakamlar hujjatlarini qabul qilib olish guruhidan olingan ishtirokchilar varaqalarini ularga ishlov beruvchi guruhga jo‘natadi;
- materiallardan nusxa ko‘chirish guruhidan yakuniy qaydnomalar nusxasini oladi;
- musobaqalar davomida tegishli qaydlarni kirita borib, bosh hakam hisobotini tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |