1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi


Download 36.58 Kb.
bet6/15
Sana16.06.2023
Hajmi36.58 Kb.
#1497224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Oybek Sanoat iqtisodiyoti 2

Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi

Sanoat taraqqiyotida yoqilg‘i-energetika majmuasining o‘mi alohida. Uning tarkibiga energetika, neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, ko‘mir qazib olish va boshqa bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmua sanoat ishlab chiqarishining % qismini tashkil etadi.


Yoqilg‘i sanoati. Respublika yoqilg‘i sanoati yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, neft, gaz konlari negizida shakllangan varivojlanib bormoqda. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan, ulaming 115 tasi Buxoro va Xiva geologik provinsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Hozir 71 ta neft, gaz va gaz kondensat, 3 ta ko‘mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gaz kondensat koni esa kelajakda ishga tushirish uchun tayyorlab qo‘yilgan.
O ‘zbekiston Respublikasi jahonda gaz ishlab chiqaruvchi 10 ta mamlakatdan biridir. Respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 34 318,6 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2 875,4 mln. kVt soatga oshgan holda, o‘sish sur'ati 109,1 foizni tashkil etgan.
Ma'lumot o‘rnida, elektr energiyasi ishlab chiqarish 2021 yilning:
• yanvar oyida 6 427,7 kVt soat (o‘sish sur'ati 106,0 foiz);
• yanvar-fevral oylarida 11 951,4 kVt soat (104,3 foiz);
• yanvar-mart oylarida 17 987,4 kVt soat (106,1 foiz);
• yanvar-aprel oylarida 23 528,4 kVt soat (108,5 foiz);
• yanvar-may oylarida 28 809,1 kVt soat (109,1 foiz)ni tashkil etdi.
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida Sirdaryo viloyati 23,5 %, Toshkent viloyati 22,2 %, Qashqadaryo viloyati 19,5 % hamda Navoiy viloyati 15,8 % ulushga ega.1
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy tarmog‘ini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yyetkazib berish, neft mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Ular xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida xizmat ko‘rsatadi. Yoqilg‘i sanoatining yirik korxonalari Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.

___________________________________________________________________ 1https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/10820-o-zbekiston-respublikasida-elektr-energiyasini-ishlab-chiqarish-yirik-korxonalar-ma-lumotlari-bo-yicha


Neft sanoati yoqilg'i sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi va neftni qayta ishlash korxonalaridan tashkil topadi. Hozirgi davrda sanoatning bu tarmog‘i mamlakat xalq xo‘jaligi va aholining neftga boigan talabini to ia qondirish imkoniyatlariga ega boidi. Shu sababdan ham bu tarmoqning ahamiyati beqiyos.
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Ohiariq, Farg‘ona, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg‘ona zavodi surkov moylar va yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish bo‘yicha 50 ga yaqin texnologik qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilg‘i yo‘nalishida, Ko‘kdumaloq neft-gaz koni ochilgandan keyin 1993-yildan Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi. Uning yiliga 2,5 mln. tonna gaz kondensatini qayta ishlash quwatiga ega bo‘lgan 1-navbati 1997-yil avgustda ishga tushirildi. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg‘isi, koks, parafin, motor moylariga qo‘shilmalar, yengil mashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, sujoiltirilgan neft gazlari (butan, texnik propan va b.), mazut kabi 50 dan ortiq turdagi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar o‘zlashtirilmoqda.
Yoqilg‘i sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri gaz sanoati hisoblanadi. Gaz yoqilg‘ining juda arzon turi, iqtisodiyotning barcha sohalarida keng foydalanish mum kinligi hamda ekologik jihatdan ustunligi tufayli unga bo‘lgan talab kundan-kunga o‘sib bormoqda. Agar 1940-yilda respublikada atigi 0,7 mln. m3 tabiiy gaz qazib olingan bo‘lsa, hozirgi paytda u 68 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Gazniag respublikada qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 90,1 foizga teng. So`nggi yillarda O`zbekistonda neft va gaz qazib olish dinamikasini quyidagi jadval orqali ifodalanadi.(1-jadval)

Download 36.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling