2023 yil
Neft va gaz texnologiyasi fakulteti
Neftni qayta ishlash kafedrasi
M 23-21 NGQIKT guruh magistranti
Boltayev Shoxrux
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi
o’rtasida malakali kadrlar
tayyorlashdagi samarali hamkorlik
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT
HISOBOTI
Buxoro neftni qayta ishlash zavodining tarixi va umumiy tavsifi,
strukturasi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi — neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasi. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan.
O’zbekneftgaz tarkibiga kiruvchi yirik zavodlardan biri hisoblanadi.Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish ishlari 1993-yilda boshlanib, 1997-yil 22-avgustda qurilish ishlari yakunlanib, ishga tushirilgan. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi gaz va neft konlari asosida ishlashni boshlagan. 18 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Birinchi navbatining yillik loyiha quvvati 2,5 million tonna gaz kondensatini qayta ishlashga moʻljallangan. Zavodning loyiha qiymati deyarli 500 million dollarga teng boʻlgan.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarish amaliyotini o’tish davrida olingan alohida topshiriqni bajarish
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida o’tgan o’quv amaliyoti davrida zavod ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdik. Magistrlik dissertatsiyamni yanada mustahkamladim.Neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmalari bilan yaqindan tanishdik va shu bilan birga jarayon qanday temperatura bosimda olib borilishi bilan yaqindan tanishdik.Neftni suvsizlantirishda va tuzsizlantirishda dumulgatorlarning hissasi salmoqli ekanini va samaradorligi yuqori ekanligini amaliyotim davomida bilib oldim.
Amaliyot qatnashish jarayonida dissertatsiya mavzusi bo’yicha labaratoriya tahlilarini olib borish jarayonlarida qatnashib natijalarni tahlil qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |