Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish texnologik
jarayonlarni doimiy nazorati, vazifalari va funksiyalari
Аsosiy ishlab chiqarish sexining vazifalari va
xom-ashyoni qayta ishlash boʼyicha ma’lumot
Buxoro neftni qayta ishlash zavodining tarixi va umumiy tavsifi,
strukturasi
Аsosiy ishlab chiqarish sexi gazokondesatni va neftni qayta ishlashga moʼljallangan boʼlib, 5 ta blokdan iborat.
- 1- blok oltingugurtli neftni va gazokondensatni haydash qurilmasi.
- 2- blok katalitik riforming qurilmasi.
- 3- blok neft maxsulotlarini saralab, gidravlik tozalash qurilmasi.
- 4- blok gazni fraksiyalash va oddiy oltingugurt olish qurilmasi.
- 5- blok neftni elektrtuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmasi.
I-Blok Oltingugurtli neftni va gazkondensatini haydash
qurilmasi
Neft va gazokondensati aralashmasini haydash qurilmasi gidrotozalangan naftani fraktsiyalarga ajratish boʼlimi bilan birga zavod sxemasida «10-qurilma» deb ataladi va umumiy naftani (benzin fraktsiyasi), kerosinni, dizel yoqilgisini, atmosferali haydash qoldigʼini (mazutni) ishlab chiqarish maqsadida neft va gaz kondensati aralashmasini qayta ishlash uchun moʼljallangan. Umumiy nafta, uni gidrotozalash qurilmasi va u suyultirilgan gaz, yengil va ogʼir naftalarga boʼlinadigan gidrotozalangan naftani fraktsiyalarga ajratish boʼlimi uchun xom-ashyo hisoblanadi.
Qurilmaning loyiha unumdorligi – yiliga 2,5 mln. t.
10-qurilma quyidagi bloklarni oʼz ichiga oladi:
- dastlabki isitish birinchi bosqichi apparatlari;
- kondensat va neft bugʼlatgichi;
- dastlabki isitish ikkinchi bosqichi apparatlari;
- dastlabki fraktsiyalarga ajratish ustuni;
- reflyuksli sigʼim va nasoslar;
- dastlabki isitish ikkinchi bosqichi apparatlari;
- pech (olovli isitgich);
- aylanma harakat (aylanma harakat) nasoslari;
- atmosferali haydash ustuni;
- atmosferali haydash ustunini sugʼorish
- naftani chiqarish;
- kerosin oqimi quvuri;
- engil gazoylini bugʼlatish ustuni;
- ogʼir gazoylni bugʼlatish ustuni;
- atmosferali haydash qoldiqlarining chiqishi quvuri;
- nordon suvlarning rekuperatsiyasi tizimi;
- suyultirilgan neft gazi (SNG) absorberi;
- bugʼlatish ustuni, reflyuksli sigʼim va nasoslar bilan birgalikda;
- ajratish ustuni, reflyuksli sigʼim va nasoslar bilan birgalikda.
Do'stlaringiz bilan baham: |