Neft va gaz texnologiyasi fakulteti Neftni qayta ishlash kafedrasi m 23-21 ngqikt guruh magistranti


II-Blok Katalitik riforming qurilmasi


Download 1.8 Mb.
bet4/5
Sana14.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1357905
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boltayev Shoxrux

II-Blok Katalitik riforming qurilmasi

Ushbu qurilma tadqiqot usuli boʼyicha 102 oktan sonli va motor usulida 90 gacha boʼlgan, benzin ishlab chiqarish uchun xizmat qiladigan mahsulotlar tarkibiga kiradigan etillanmagan riformatni va vodorodni isteʼmol qiluvchi barcha qurilmalar uchun vodorod ishlab chiqarish uchun moʼljallangan.
Qurilma 10-qurilmadan yetkaziladigan gidrotozalangan ogʼir naftani qayta ishlaydi.
Jarayon «Axens» firmasi ishlab chiqargan, asosida bu yoki u reaktsiyalarni faollashtiradigan 0,3 vazn. foizli platina va promotorlar bilan toʼyintirilgan glinozyom boʼlgan CR-401 katalizatorida olib boriladi.
Qurilmaning loyiha unumdorligi – yiliga 532800 t.
Qurilma quyidagi bloklardan tashkil topgan:
- xom ashyoning katalitik riformingi va riformatni barqarorlashtirish;
- katalizator regeneratsiyasi bloki.

III-Blok Neftni mahsulotlarini saralab, gidravlik tozalash
qurilmasi
Kerosinni demerkaptanlash qurilmasi (12-qurilma) toʼgʼri atmosferali haydash kerosinining sifatini reaktiv va gaz turbinali dvigatellar aviatsiya yoqilgʼilari talablarigacha yetkazish uchun moʼljallangan.
Qurilmaning loyihaviy unumdorligi – yiliga 300 ming tonna.
13-qurilma 10-qurilmadan (kondensatni haydash) gazoylning umumiy fraktsiyasini tozalash, zavodning dizel yoqilgʼisi rezervuarli parkida oltingugurtning miqdorini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Gazoylni gidrotozalash jarayoni ikkita biri-biriga oʼxshash va biri-biridan mustaqil ishlaydigan oqimlarda sodiri boʼladi.
13-qurilma quyidagi apparatlardan tashkil topgan:
- issiqlik almashtirgichlari va sovitgichlar;
- texnologik nasoslar va kompressorlar;
- pech;
- reaktorli boʼlim;
- retsirkulyatsiyalaydigan gaz boʼlimi;
- fraktsiyalash va quritish boʼlimi (bugʼlatish va vakuum ustunlari).
IV-Blok Gazni fraksiyalash va oltingugurt olish
qurilmasi
Gazni fraktsiyalarga ajratish qurilmasi, 32-son aminlar bilan yuvish qurilmasidan va 21/22-katalitik riforming qurilmasidan yetkaziladigan suyultirilgan neft gazidan (SNG) C3/C4 fraktsiyasini ajratib olish, hamda C3, S4 texnik fraktsiyalari, C3/C4 fraktsiyalar aralashmasini olish uchun moʼljallangan.
32-qurilma (aminlar bilan yuvish bloki), atmosfera ifloslanishining oldini olish va tijoriy hamda keyingi qurilmalarning boʼlishi mumkin boʼlgan talablarini qondirish maqsadida, nordon yoqilgʼi gazlari va nordon SNGda vodorod sulьfidning miqdorini pasaytirish uchun moʼljallangan.
Nordon yoqilgʼi gazi va SNG, vodorod sulfidni absorbsiyalaydigan, dietanolamin (DEА)ning 30-foizli suvli eritmasi bilan yuviladi. DEАni suyultirish uchun ishlatiladigan suv sifati boʼyicha bugʼ kondensatiga teng (kislorodsiz) boʼlishi kerak.
DEА tarkibidan vodorod sulfid regeneratsiya ustunining tizimida bugʼlatiladi va oltingugurtni chiqarib olish qurilmasiga (40-qurilma) yoʼnaltiriladi.
32-qurilma (aminlar bilan yuvish bloki) quyidagi tugunlar va apparatlardan tashkil topgan:
- yoqilgʼi gazi va SNG absorberlari;
- eritgich regeneratori;
- tozalangan va SNG separatorlari;
- SNG ajratgichi;
- toʼyingan gaz bugʼlatgichi;
- saqlash rezervuari, (regenerirlangan) eritgichni saqlash uchun;
- eritgichni filьtrlash uchun agregat;
- koʼpik oʼchirgichni penogasitelya tayyorlash uchun sigʼim;
- texnologik nasoslar;
- regenerirlangan (siyrak) eritgichni maromigacha sovitgichi;
- regenerirlangan (siyrak) eritgich sovitgichi;
- sugʼoruv sigʼimi.
Qurilma JGC CORPORATION yapon firmasining loyihasi boʼyicha qurilgan.
Oltingugurtni regenerirlash qurilmasi (40-qurilma) ikki jarayondan iborat:
- oltingugurtni ajratib olish (41-42- qurilma);
- qizdirish pechi (43-qurilma).
Ushbu qurilma aminli tozalash va nordon suvlarni bugʼlatish qurilmalaridan keladigan nordon gazlarni Klaus jarayoni asosida tovar elementar oltingugurtga aylantirish uchun moʼljallangan.
Oltingugurtni ajratib olish darajasi yetarlicha yuqori, xom ashyo tarkibining 98,5 %-idan kam boʼlmasligi kerak.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling