1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi
Download 36.58 Kb.
|
Oybek Sanoat iqtisodiyoti 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qora metallurgiya
- Rangli metallurgiya
- Oltin qazib olish sanoati.
Metallurgiya sanoati. Hozirgi 0 ‘zbekiston hududida mdadan metal olish 4-5 ming yildan ziyod tarixga ega. Qadimda misdan turli buyumlar tayyorlangan. Keyinroq mdadagi metallardan qalay, kumush, oltin va boshqalami eritish, quyish va qizdirib ishlash o‘zlashtirilgan, dastlabki tanga pullar zarb qilingan. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘onada, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron vodiylaridagi bir qancha hududlarda zargarlik, misgarlik, temirchilik, degrezlik, rixtagarlik rivojlangan. Rux, surma, margimush, vismut, kobal’t kabi rangli metallar m aium bo‘lmasada, ulaming qotishmalaridan keng foydalanilgan.
Qora metallurgiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yagona korxona Bekobod shahridagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda po‘lat va po‘lat prokatlar, turli aylanma hajmdagi po‘lat soqqalar, va po‘lat tmbalar hamda chiroyli va bejirim sirli idishlar ishlab chiqariladi. Rangli metallurgiya - respublika metallurgiyasining eng muhim, yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning bu turi O‘zbekistonda XX asming 25-yillaridan jadal rivojlana boshladi. Rangli, nodir va qimmatbaho metal (mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob) konlari topildi. Rangli metallar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish, turli foydali qazilmalaming yangi konlarini o‘zlashtirish hisobiga rangli metallurgiya ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish mo‘ljallanmoqda, shu bilan birga, yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax viloyatida 0 ‘zquloq ko‘rg‘oshin-rux koni, Surxondaryo viloyatida Xonrizm kon boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq konmetallurgiya kombinatida mis, rux, sulfat kislotasi va yo‘ldosh elementlami ishlab chiqarish ko‘paytiriladi. Oltin qazib olish sanoati. Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi O‘zbekiston yerlarida miloddan avvalgi VI-V asrlardayoq oltin qazib olingan va tindan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasalgani mavjud arxeologik topilmalardan ma’lum. Tug‘ma (erkin uchraydigan) oltin konlarini o‘zlashtirishga qadar oltin asosan sochma konlarda juda ibtidoiy usullarda oltin zarralari aralash qumni qo‘y terisi qore-jagan yog‘och tog‘oralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma oltin olish X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganlagi haqida ma’lumotlar bor. O'rta asrlarda oltinli qumlami yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar kovlangan Chotqol-Qurama, Nurota tog‘larida, markaziy Qizilqumdagi konlarda tug‘ma oltin kon lahmlari hozirgacha saqlanib qolgan. 0 ‘zbekistonda ma’lum bo‘lgan konlaming ko‘pchiligidan qadimgi konchilar qisman foydalanganlar. XIX asming 80-yillaridan boshlab, Markaziy Osiyoning xom ashyo resurslari o‘rganila boshlandi. 0 ‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, geologik kartalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. Chirchiq, Piskom va Chotqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchi korxonalar oltin olish bilan shug‘ullana boshladilar, 1913-1917-yillarda esa Obirahmat darasi (Toshkent viloyati) dagi oltin konidan foydalanildi. Noyob metall konlarini qidirib topish va ulardan foydalanish muammolarini hal qilish ishlarida markaziy ihniy muassasalar faol ishtirok etdilar. 30-yillar boshida « 0 ‘zbekoltinnoyobmet» tresti tashkil etildi. O'sha yillari Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Qurama tog‘larida oltin izlovchilar oltin qumini yuvish usulida ajratib olganlar, lekin yillik oltin olish bir necha o‘n kilogrammdan oshmagan. 1941-1945-yillarda oltin izlovchilik (artel) уо‘И bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin miqdori qariyb 50 kg. ga yetdi. Rudali oltin izlash va qidirav bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qoraqo‘ton, Bichanzor, Pirmurob, G‘o‘saksoy, so‘ngra Ko‘chbuloq, Muruntov, Chormiton, Maryayunbuloq, Kauldi, Qizilolmalisoy, Sarmich va boshqa mdali oltin konlari topildi. 1965-yilda Metallurgiya vazirligiga bo‘ysinuvchi «O‘zbekoltin» birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. Birlashma qazib olgan flyus mdalaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kimyo eritish zavodida oltin ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. 1970-yili Chodak oltin koni ishga tushirildi. 0 ‘sha vaqtdan respublikada oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillardagiga nisbatan uch marta ko'paydi. 1972-yil32 da Ko‘chbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977-yili Kauldi, 1980-yili Maijonbuloq oltin qazib olish majmui, 1989-yili Zarafshon va Qizilolmachisoy konlari foydalanishga topshirildi. Respublika mustaqillikka erishishi bilan 0 ‘zbekiston hukumati uzoq yillar davomida sobiq ittifoq ixtiyorida boigan oltin qazib olish sanoatini respublika mustaqilligini mustahkamlash yoiida rivojlantirish bo‘yicha bir qancha tashkiliy choralar ko‘rdi. Respublikada 40 dan ortiq oltin koni aniqlangan. Oltinning asosiy zaxiralari Markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida mujassam. O‘zbek oltini jahonning eng yuqori sifat standartlariga mos boiib, to‘rlla to‘qqiz raqami bilan baholanadi va u oxirgi 25 yilda e’tiroz (reklamatsiya) olgani yo‘q. So‘nggi yillarda u sifati uchun bir necha bor xalqaro sovrinlar bilan taqdirlandi. Yevroosiyo qit’asida eng katta hisoblanadigan, rudasi tarkibida oltin ko‘p boigan Muruntov koni dunyodagi gigant konlari jumlasiga kiradi. Ushbu konning topilishi xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan oltin qazib chiqarish bo‘yicha XX asr ikkinchi yarmining eng katta kashfiyoti deb e’tirof etildi. Muruntovdagi affmit korxonasida zamonaviy oltin tozalash texnologiyasi joriy etilgan boiib, u bir qancha nou-xauni o‘z ichiga oladi. Bu esa, juda yaxshi tovar koiinishiga ega boigan yuqori probali oltin olish imkoniyatini beradi. Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida infratuzilmasi yuqori darajada rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va razvedka qilindi. Dunyoning eng yirik oltin rudali provintiyasi boigan Qizilqumdagi Muruntov koni bilan bir qatorda Aji-bugut, Bulutkon, Balpantov, Aritontov, Turbay va boshqa yangi konlar aniqlandi va oiganildi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, oltin qazib chiqarish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Natijada O‘zbekiston oltin qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda sakkizinchi, MDH da esa ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘rínga chiqib oldi. Aholi jon boshiga oltin ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha 0 ‘zbekiston MDHda birinchi va dunyoda beshinchi o‘rinda turadi. Respublika kumush konlariga ham ega. Bular Navoiy viloyatidagi Visokovol’tnoe, O‘qjetpes, Kosmonavtchi va Namangan viloyatidagi Oqtepa konlaridir. Katta miqdordagi tasdiqlangan zaxiralar oltin va mis-porfir konlarida mavjud. Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bo‘yicha eng istiqbolli va chet ellik investorlar uchun jozibali kondir. O‘zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham qazib olinadi. Uni olish uchim mineral xom ashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va ekologiya nuqtai nazaridan optimal hisoblangan usul - yer ostida ishqorlami yuvish usuli bilan olinadi. Mis, ko‘rg‘oshin, ruh sanoati asosan Ohongaron-Olmaliq kon sanoati rayonida Qo‘rg‘oshinkon-01tintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllana boshlagan. Ushbu sanoat tarmog‘ining yetakchi korxonasi tugal metallurgiya tikliga ega bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hisoblanadi. Kombinatning mis majmuasi Qalmoqqir mis koni, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodidan, qo‘rg‘oshin - ruh majmuasi Qo‘rg‘oshinkon, Oltintopgan, Chalaga va boshqa konlar, ruda boyitish fabrikasi, metalliurgiya zavodlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan tozalangan misni eksport qilmoqda. Har yili bir necha o‘n ming tonna mis ishlab chiqarayotgan 0 ‘zbekiston mis zaxiralari bo‘yicha dunyoda lO-o‘rinda turadi. Ruda konidagi rangli metallar qatlamlari asosan Toshkent viloyatining Olmaliq rudali maydonida joylashgan. Bu erdagi uchta konda bir necha mis zaxiralari bor deb taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, Dal’nee koni razvedka qilingan. Zaxiralaming kattaligi, qazib chiqarish tannarxi, rudadagi misning tarkibi jihatidan MDH mamlakatlarida hali unga teng keladigan konyo‘q. Volfram, molibden, litiy sanoatining yirik korxonasi O`zbekiston ckislon qattiq qotishmalar va o‘ta chidamli Chirchiq metallar kombinati hisoblanadi. Kombinat ingichka volfram (Samarqand) va Qo‘ytosh volfram, molibden (Jizzax) konlari nidiilari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden iic‘l>i/itia ishlaydi. Kombinatda birinchi molibden quyilmasi l956-yili olingan. 1957-yildan esa qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boshlangan. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) I'lfkholcxiiika, poMal eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng. 2010-2013-yillar mobaynida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida qiymati 146 million dollar bo‘Igan, Xonjiza konida pollimetal rudalai ya’ni rux, qo‘rg‘oshin, mis va kumushlarni katta zaxiralarini qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi. Respublikada yana bir qator nodir va sochma metallar -renniy, selen, tellur, skandiylar ishlab chiqariladi, rangli mclallaming ikkilanichi quyilmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan. Alyunnniy parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha o‘n ming tonna ikkilamchi alyuminiy xalq xo‘jaligiga etkazib berilmoqda. Download 36.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling