1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi


Download 36.58 Kb.
bet11/15
Sana16.06.2023
Hajmi36.58 Kb.
#1497224
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Oybek Sanoat iqtisodiyoti 2

Yog’-moy sanoati O'zbekiston oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri. Sanoatning bu tarmog`ida paxta moyi ishlab chiqarish yetakchilik qiladi. Xalqimiz qadimdan turli o'simliklardan (kunjut, zig’ir, maxsar) juvozlarda yog’ olishgan. Paxta chigitidan yog’ oladigan dastlabki zavod 1884 yil Qo’qonda qurilgan. Ayni paytda Respublikada yiliga umumiy quvvati 3 mln. tonna moyli o'simlik urug`larini qayta ishlaydigan 20 dan ortiq korxona ishlab turibdi. Ularda asosan g`o'za urug`i (chigit), kunjut, zig’ir, maxsar, soya, meva danaklari urug`laridan moy ishlab chiqariladi. O'simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga 2,1 mln. t. atrofida chigit ishlatiladi. Mamlakat yog`-moy sanoati oziq-ovqat sanoati yalpi mahsulotining 40 foizini beradi. Respublikamiz o'simlik moyi ishlab chiqarishda MDH da Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o'rinda turadi. Tarmoq korxonalarida o'simlik moyidan tashqari, margarin, kirsovun, atirsovun, farmasevtika va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Eng yirik yog`-ekstraksiya zavodlari Guliston, Kosonsoy, Farg`ona, Qo’qon, Kattaqo’rg’on, Denov, Urganchdadir. Ularning ayrimlari jumladan, Kosonsoy va Guliston yog-ekstraksiya zavodlari sutkasiga 1200 t. chigitni qayta ishlaydi.
Mamlakat oziq-ovqat sanoatida elevator sanoatining ham hissasi oshib bormoqda. Bu mamlakat aholisining un va un mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirish bilan bog`liq jarayon taqozosidir. Yetishtirilgan donni faqat elevator xo’jaliklarida yaxshi saqlash mumkin. 1965 yilda respublikada umumiy sig`imi 674 ming t. bo’lgan 5 ta elevator va 226 ta g`alla ombori bo’lgan bo’lsa, endilikda mamlakatda 45 ta elevator bo’lib ularning umumiy g`alla sig`imi 4,5 mln. tonnaga yetdi. Har yili yetishtiriladigan g`allaning o'rtacha 65 foizi elevatorlarda saqlanadi. Qayta jihozlangan va yangidan qurilgan elevatorlar avtomatik dispetcherlik boshqaruvi tizimlari, g`alla haroratini avtomatik tarzda masofadan turib o'lchaydigan qurilmalar bilan jihozlangan.
Un tortish (tegirmon) sanoatining yirik korxonalari Farg’ona, Yangiyo’l un kombinatlari, Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi uch navli un tortidigan (240 t./sutka quvvatli) zavodlardir. Keyingi yillarda un sanoati tez sur’atlarda o'sdi. Sutkasiga 120 dan 500 tonnagacha don tortadigan 23 ta yangi korxona qurildi. Jizzax, Ohangaron, Qo’qon, Qarshi, Asaka, Jomboy, Taxiatosh shaharlarida yangi korxonalar ishga tushirilishi bilan korxonalarning umumiy quvvati sutkasiga 6330 t. ga yetdi yoki bir yilda 1,5 mln. t. un ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ldi. Mustaqillik yillarida Oqoltin, Do’stlik, Oqtosh, Yakkabog’ don mahsulotlari kombinatlari qurildi.

Download 36.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling