1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi
Download 36.58 Kb.
|
Oybek Sanoat iqtisodiyoti 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konserva sanoati.
- Qandolatchilik sanoati
Non ishlab chiqarish asosan "O'zdonmahsulot" tarkibidadir. Unga 4 ta non ishlab chiqarish birlashmasi (Toshkent, Yangiyo’l, Farg`ona, Qarshi) va 21 ta non zavodi qaraydi. "O'zbekbirlashuv" tizimida ham non ishlab chiqariladi. Bu tizimda 242 ta korxona, 3 mingga yaqin tandir (novvoyxona) va kichik korxonalar bor. Ularning har ikkisida sutkasiga 3575 tonnadan ko’proq (300 xildan ortiq) non mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Konserva sanoati. 1913 yilda O'zbekistonning hozirgi hududida joylashgan 3 ta konserva korxonasida 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan edi. O'zbekiston konserva sanoatining asosiy mahsulotlari murabbo, meva kompotlari, qiyom, sharbatlar, savzavot va poliz mahsulotlaridan qilingan konservalardan iborat. O'zbekiston konserva zavodlarida tayyorlanadigan pomidor konservalari, pastasi, sharbati va hokazolarga respublikamizdagina emas, balki Hamdo’stlikning ko’pgina mintaqalarida ham ehtiyoj juda katta. Mo’ynoqda baliq konservalari kombinati ishlab turibdi. Kombinatga xom ashyoning bir qismi Orolbo’yidagi ko’llardan, qolgani chetdan keltiriladi. Qandolatchilik sanoatida turli shirinliklar va qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Masalan, konfetlar, karamel, shokolad, marmelad, undan pishirilgan qandolat mahsulotlari, sharq shirinliklari (novvot, parvarda, pechak) va boshqalar. O'zbekiston qandolat sanoatiga aloqador 60 dan ortiq korxona bor. Tarmoqning eng yirik korxonalari Toshkentdagi "O'rtoq" qandolat fabrikasi, Yangiyo’ldagi "Lazzat" birlashmasi, Farg’ona va Samarqand qandolat fabrikalaridir.Sanoatning bu turini rivojlantirish aholining ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo’lib, qand ishlab chiqarish uchun xom ashyo tarzida qand lavlagi yetishtirishga kirishildi. Mamlakatimizning serquyosh iqlimiy sharoitida qand lavlagi o'simligining qandlilik darajasi yuqori bo’lishi tabiiy. Shuning uchun ham hukumat rejalashtirish tashkilotlari qand lavlagi yetishtirish miqyosini kengaytirishga alohida e`tibor bermoqda. Xorazm, Toshkent va Samarqandda hamda boshqa viloyatlarda qand lavlagi ekish kengaytirilmoqda, ularni qayta ishlab, qand-shakar ishlab chiqarishga kirishildi. 1995-1997 yillarda Turkiya firmalari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida shakar zavodi qurildi. Zavod sutkasiga 3 ming tonna qand lavlagini qayta ishlash quvvatiga ega. Download 36.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling