1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi


Download 36.58 Kb.
bet13/15
Sana16.06.2023
Hajmi36.58 Kb.
#1497224
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Oybek Sanoat iqtisodiyoti 2

Vino va mayiz ishlab chiqarish ham oziq-ovqat sanoatining alohida tarmog`i. Mazkur tarmoqda turli nav uzumlardan mayiz, uzum qiyomlari, turli nav vino, konyak, shampan vinosi, aroq va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Vinochilikka ixtisoslashgan sanoat korxonalarining katta qismi "O'zmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasiga qaraydi.Vino sanoatiga aloqador 22 ta yirik korxona bor. Vino mahsulotlarini tayyorlash va quyish bilan 56 korxona shug’ullanadi. Eng yirik korxonalar: "Toshkentvino", "Zarafshon" (Samarqand), "Shohrud" (Buxoro), "Mastona" (Qo’qon), "Gulbuloq" (Andijon) va boshqalar. Respublika vino sanoati bir yilga 22 mln. dal vino mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.Vino sanoati korxonalarida tayyorlanayotgan oq, qizil, desert vinolar ("O'zbekiston", "Vassarga", "Buvaki", "Yumaloq" va h.k.) dunyoning xalqaro ko’razmalarida 100 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlangan. Respublikada pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish ham keng rivojlangan. Sanoatni ushbu tarmog`ida yiliga 17,7 mln. dal. pivo, 20 dal. chanqovbosti ichimliklar, 380 mln. shisha mineral suv ishlab chiqariladi. Pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan yirik korxonalarga Qibray (Toshkent) va Farg’ona chanqovbosar ichimliklar zavodlari hamda Samarqand-Pulsar qo’shma korxonasi kiradi.
Tuz sanoati O'zbekiston oziq-ovqat sanoatining eng yosh tarmoqlaridan biridir. 1990-yilgacha aholining osh tuziga bo’lgan ehtiyoji asosan chetdan (Ukraina, Qozog’iston, Turkmaniston, Rossiyadan) keltirilgan osh tuzi hisobiga qondirilgan. Mustaqillik yillarida respublika aholisini osh tuziga bo’lgan ehtiyoji mahalliy xom ashyo hisobiga qondirilmoqda. Qoraqalpog`istonning Qo’ng`irot tumanida yiliga 100 ming t., Surxondaryoning Sherobod tumani (Xo’jaikon)da yiliga 150- 200 ming t. osh tuzi qazib olinmoqda va aholi keng iste`moliga chiqarilmoqda.
Choy sanoati. Samarqandda O'rta Osiyoda yagona choy qadoqlash fabrikasi joylashgan. 1923 yilda ishga tushgan bu korxona, asosan Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Gruziyadan keltiriladigan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Korxona chet el dastgohlari bilan jihozlangan bo’lib, yiliga 11-12 ming t. choy qadoqlaydi.

Download 36.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling