1. Yer qa‘ridan foydalanganda soliqqa tortish zarurligi Soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va bazasi


Download 0.65 Mb.
bet5/8
Sana07.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1246100
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tillaboyev Abdujabbor

5. Qo‘shimcha foyda solig‘i. Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchilar quyidagilardir:

  • ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi yer qa'ridan foydalanuvchilar;

  • foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.

Realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan qonun hujjatlarida belgilangan hisob-kitob bahosi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromadning bir qismi (qo‘shimcha foyda) qo‘shimcha foyda solig‘ini solish obyektidir.
Qo‘shimcha foyda summasi bilan qo‘shimcha foyda qismiga to‘g‘ri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan sof qo‘shimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
2-jadval
Ayrim turdagi mahsulotlarbo‘yicha qo‘shimcha
foyda solig‘i stavkasi5

Mahsulot
nomi

Soliq solinadigan bazaning miqdori
(QQS va aktsiz solig‘isiz)

Soliq stavkasi

Tabiiy gaz

so‘mdagi ekvivalentda "kesish narxi"gacha 1 000 kub. m. uchun 160 AQSh dollaridan yuqori

50 foiz

Qo'shimcha foyda solig'i solinadigan foydali qazilmalar va mahsulot turlari ro'yxati, shuningdek soliqni hisoblab chiqarish hamda to'lash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 iyundagi “Sanoatning kon qazish tarmoqlari ayrim korxonalarining yuqori daromadiga soliq solish to'g'risida”gi 252-son Qarori; Adliya Vazirligi tomonidan 2009 yilning 24 fevralida 1909-son bilan ro'yxatga olingan, Moliya Vvazirligi va Davlat soliq qo’mitasi Qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazga qo'shimcha foyda solig'ini hisoblab chiqarish va byudjetga to'lash tartibi to'g'risida”gi Nizom.
Bonus yer qa'ridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik to'lovdir.
Yer qa'ridan foydalanuvchi quyidagi turdagi bonuslarni to'laydi:

  • imzoli bonus;

  • tijoratbop topilma bonusi.

Davlat boshqaruvi organlari bonuslar to'lamaydi.
Imzoli bonus yer qa'ridan foydalanuvchining tegishli litsenziya asosida foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qat'iy belgilangan to'lovdir.
Imzoli bonus litsenziya olingan kundan e'tiboran soliq to'lovchi tomonidan o'ttiz kundan kechiktirmay byudjetga to'lanadi va bu haqda soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda xabar qilinadi.
3-jadval

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling