1. Yer qa‘ridan foydalanganda soliqqa tortish zarurligi Soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va bazasi


YER QA`RIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQNI TO‘LOVCHILAR VA SOLIQQA TORTISH OB'EKTLARI


Download 0.65 Mb.
bet8/8
Sana07.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1246100
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tillaboyev Abdujabbor

YER QA`RIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQNI TO‘LOVCHILAR VA SOLIQQA TORTISH OB'EKTLARI
Soliqqa tortish maqsadida yer osti boyliklari deganda yer qobig‘ining yuqori qismini qamrab oladigan hamda foydali qazilmalarni tadqiq qilish va qazib olish mumkin bo‘lgan makon, foydali qazilmalar deganda - iqtisodiy va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega geologik hosilalar qaraladi. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen hosilalardan foydalanish, shuningdek chaqnoq toshlar xom ashyosi namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiya materiallarini yig‘ish bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydilar.
Tarkibida rangli, nodir, asl, qora metallar va boshqa mineral xom ashyo bo‘lgan rudalarni bir korxona qazib olib, uni bundan keyin qayta ishlash uchun boshqa korxonalarga bersa (eksport bundan mustasno), qazib olinadigan rudani qayta ishlaydigan va soliq stavkasi belgilangan tayyor mahsulot chiqaradigan korxona soliq to‘lovchi hisoblanadi. Masalan, Olmaliq mis qazib olish korxonasi tarkibida mis bo‘lgan, qazib olingan rudani boyitish fabrikasiga beradi, fabrika boyitilgan rudani Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mis eritish zavodiga topshiradi. Kombinat tayyor mahsulot - tozalangan mis chiqaradi, soliq stavkasi ham unga belgilangan. Mazkur holatda rudani qazib oluvchi korxona emas, balki tozalangan misni olganlik uchun kombinat soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Ruda qayta ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuklab jo‘natilgan yoki eksport qilingan taqdirda rudani qazib olgan korxona soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Quyidagilar yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa tortish ob'ektlari hisoblanadi:
1) Foydali qazilmalarni qazib olish hajmi (shu jumladan yo‘l-yo‘lakay olinadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar) ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotning haqiqatda sotilish qiymati bo‘yicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda.
Qazib olingan ruda tarkibidan, asosiy foydali qazilmadan tashqari, unga doir stavkalar belgilangan boshqa xom ashyo ajratib olingan taqdirda yo‘l-yo‘lakay olinadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar soliqqa tortish ob'ekti bo‘lib hisoblanadi. Qazib olingan foydali qazilma yoki uning bir qismi korxona tomonidan boshqa materiallarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash uchun xom ashyo hisoblangan taqdirda soliq ushbu xom ashyoni qazib olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib, tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
Hisobot oyida qazib olingan, lekin to‘laligicha yoki qisman sotilmagan foydali qazilmalar hajmi uchun soliq sotilgan mahsulotning hisobot oyi yoki sotish amalga oshirilgan bundan oldingi oy uchun o‘rtacha hisoblangan qiymatidan kelib chiqib to‘lanadi.
Gaz qazib chiqaruvchi korxonalar uchun soliqqa tortish ob'ekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan sotish bahosi bo‘yicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirilgan holda, birlamchi tayyorgarlikdan o‘tgan qatlamdan qazib olingan tabiiy gaz (tozalanmagan gaz) hajmi hisoblanadi.
2) Texnogen hosilalar hajmi (mineral xom-ashyoni qazib olish va qayta ishlash chiqindilari) ajratib olingan asosiy foydali qazilmaning qonun hujjatlariga muvofiq haqiqiy sotilish qiymati bo‘yicha, bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegiriladi. Texnogen hosilalarga shu jumladan texnologik yoki boshqa sabablarga ko‘ra vaqtincha ishlatilmayotgan mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash chiqindilari kiradi.
3) To‘plangan chaqnoq tosh xom-ashyosi namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiya materiallarining hisob qiymati.
Yig‘ish deganda chaqnoq tosh xom-ashyosi namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiya materiallarini tabiiy ochiq joylar, tabiiy yer osti bo‘shliqlari (g‘orlar), ishlatib bo‘lingan karerlar, kon qazish sanoati uyumlari, daryo qayirlarida konchilik va boshqa maxsus ish turlarini bajarmasdan, yer ostining bir butunligini buzmasdan olib to‘plash tushuniladi.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus to’lovlarni to’laydilarchilari bo’yicha alog’ida tekshiruvdvn o’tkazadi:
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
qo’shimcha foyda solig’i;
“Yer qa'ridan foydalanuvchilarga soliq solishni takomillashtirish munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonun loyihasining maqsadi - yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisoblash tartibini yanada takomillashtirish hisoblanadi. Qonun loyihasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi moddalardan iborat.Xususan, foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta solig‘i to‘lovchilari hisoblangan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga soliq solish maqsadida soliq hisobini AQSh dollari bo‘yicha hisoblash usulida yuritish huquqini berish mo‘ljallanmoqda.Yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida, keyingi uch yilda mazkur quduqlarga nisbatan belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavkasini qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish obekti hisoblanmasligi belgilab qo‘yiladi.
Xususan quyidagilar:
a) soliq solish obekti sifatida qazib olinadigan (ajratib olinadigan) foydali qazilmalar hajmini belgilash tartibi aniqlashtirilmoqda, bu esa soliq solish obektini kamaytiradi;
b) soliq solinadigan baza uchun uni belgilashning xususiyatlari joriy etilmoqda:
neft va tabiiy gazni ishlab chiqarishda, ularni soliq to‘lovchining o‘zi qayta ishlagan holatda yoki qaytarish sharti asosida;
qimmatbaho metallar bozori London Assotsiatsiyasida yoki London metall birjasida kotirovka qilinadigan metallarning ayrim turlarini qazib olish (ajratib olish) paytida. Shu bilan birga, ushbu metallar uchun soliq bazasini o‘rtacha arifmetik birja bahosidan kelib chiqqan holda hisoblash taklif etiladi;
v) yuridik shaxslar uchun soliq davri uchun joriy kalendar yil o‘rniga chorak etib belgilash taklif etiladi;
d) soliq hisobotlarini topshirish oxirgi muddati – yuridik shaxslar uchun yil yakunlari asosida hisobot davridan keyingi oy 20 kunidan kechiktirmay belgilanadi, ya'ni 20 yanvargacha mos ravishda soliq ushbu muddatga qadar to‘lanadi.
Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha maxsus renta solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini nazarda tutuvchi yangi “Foydali qazilmalarni qazib olishda maxsus renta solig‘i” XVIIII bo‘limi bilan to‘ldirilmoqda.



1O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to’g’risida» gi Qonuni, 20-modda.

2O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to’g’risida» gi Qonuni, 20-modda.

3O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2017 yillardagi «O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi qarorlari asosida tayyorlangan.

4O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida»gi PQ-4086-sonli qaroridan olindi.

5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qaror ilovasi.

6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qaror ilovasi.

7 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qaror ilovasidan olindi.



8 Гончаренко Л.И. Налогообложение организаций. Учебник. –М.: «КноРус», 2018. -512 с.

9 www.beznes-daily.uz/birjaexpert/

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling