1. Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi. Yer tuzishni loyihalash tushunchasi va uning yer tuzish tizimidagi o‘rni
Yer tuzishni loyihalash tushunchasi va uning yer tuzish tizimidagi o‘rni
Download 26.56 Kb.
|
1-Mavzu Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Yer tuzishni loyihalash tushunchasi va uning yer tuzish tizimidagi o‘rni
Aholi sonining to‘xtovsiz o‘sib borishi oziq ovqat mahsulotlariga vaxalq iste’mol mollariga bo‘lgan talab-ning doimiy oshib borishiga olib keladi. Bu talabni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni muntazam ko‘paytirib borish, ularning sifatini yaxshilash va turlari-ni ko‘paytirish evaziga qondirish mumkin. Agar Respublikamizda qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositalari bo‘lgan yer va suv resurslarining cheklanganligini hisobga olsak, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini muntazam ko‘paytirib borishning yagona yo‘li qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish va uni industrial asosga o‘tkazish bo‘lib qoladi. Qishloq xo‘jaligini intensivlash jarayonida yechiladigan asosiy masala - yerdan samarali foydalanishni tashkil qilish va tuprok unumdorligini doimiy oshirib borishdir. Yerdan samarali foydalanishni tashkil qilish, tuproq unumdorligini doimiy oshirib borish, dehqonchilik madaniyatini ko‘tarish, ilm-fan va texnika yutuqlaridan foydalanishga sharoit yaratish, yerni va atrof muxitni qo‘riqlash hozirgi vaqtda yer tuzishning asosiy vazifalari hisoblanadi. Vatanimiz yer resurslari minglab xo‘jaliklar orasida taqsimlangan bo‘lib, ular bir-biridan tabiiy sharoiti bilan keskin farq qiladigan hududlarda joylashgan. Har bir xo‘jalik, hattoki har bir dala maydoni boshqasidan o‘zining unumdorligi, fizik va kimyoviy xususiyatlari, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sharoitlari bilan farq qiladi. Bunday sharoitda yer tuzish ishlarini faqat ilmiy asosda, hududning tabiiy, ijtimoiy va xo‘jalikning iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda olib borish mumkin. Yer tuzish nazariyasini, uslubiyatlarini va iqtisodiy-ijtimoiy negizini o‘rganadigan asosiy fan - yer tuzishni loyihalash fanidir. Yer tuzishni loyihalash fani tabiat va jamiyat rivojlanish qonunlari asosida rivojlanib, fan va texnika yutuqlari, doimiy o‘sib boruvchi ishlab chiqarish talablari va ijtimoiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasiga mos tushadigan, ularning to‘xtovsiz rivojlanib borishiga, hamda tabiatni muhofaza qilishga zamin yaratadigan qilib yer maydonlarini tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi. Har bir yangi texnika va ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi loyiha asosida ishlanadi va hayotga tadbiq qilinadi. Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti asrida g‘oyalar va ilmiy fikrlar yangi texnikalarga, qishloq xo‘jalik mashinalariga, ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalariga aylanishigacha juda murakkab va qiyin bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu bosqichlar g‘oyaning tug‘ilishi, uni tajriba yo‘li bilan va ishlab chiqarish sharoitida tekshirish, ilmiy xulosalar ishlab chiqish (yoki modellarni tayyorlash) va nihoyat loyihalarda ko‘rsatilgan ishlarni hayotga tadbiq qilish, ya’ni ularni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Mana shu bir-biri bilan uzviy bog‘langan jarayonda loyiha asosiy o‘rinni egallaydi. Loyiha - bu inshootlar, mexanizmlar, binolar, ilg‘or texnologiyalar va boshqalarni yaratish, amalga oshirishning hisob-kitoblari, yo‘llari va chizmalari keltirilgan hujjatlar to‘plamidir. Yer va suv qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositalari bo‘lishi bilan bir qatorda ulardan foydalanishning o‘ziga xos tomonlari ham bor. Ishlab chiqariladigan mahsulotning miqdori, sifati va tannarxi asosan qishloq xo‘jalik korxonasidagi yerning maydoniga, unumdorligiga, yer turlari tarkibiga, shakliga, yo‘l va tashqi aloqa manzillariga nisbatan joylashgan o‘rniga bog‘luq. Shuning uchun ham, yer tuzish loyihalari qishloq xo‘jalik korxonalari hududlarining tashkil topishida, tartibga solinishida va takomillashishida juda katta ahamiyatga ega. Yer tuzish loyihasi - xalq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanishni ta’minlovchi yer landshaftlarini yaratishga, ularni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik baholashga qaratilgan, hamda ularga huquqiy asos beradigan hujjatlar to‘plamidir. Yer tuzishni loyihalash ishlari qishloq xo‘jalik va noqishloq xo‘jalik korxonalarida, korxonalararo birlashmalarda olib boriladi. Yer ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etishi bilan bir qatorda, tabiat mahsuli va uning bir bo‘lagi hamdir. Shuning uchun yer tuzish loyihalari faqat yerdan foydalanishda ma’lum tartib o‘rnatibgina qolmay, balki tabiatning boshqa resurslariga (elementlariga) va umuman ekologik tizimga faol ta’sir qiladi. Shuning uchun ham yer tuzish loyihalarini tabiatni tuzish loyihalari deb ham atash mumkin. Biz bu holni hech qachon esdan chiqarmasligimiz va loyiha tuzilayotgan paytda albatta uning tabiatga qiladigan ijobiy va salbiy ta’sirlarini aniqlashimiz va baholashimiz shart. Yer tuzishni loyihalash - yer tuzishning asosi va ajralmas bo‘lagidir. Uning yordamisiz yerdan samarali foydalanishni va yerlarni muhofaza qilishni tashkil etish mumkin emas. Shunday qilib yer tuzishni loyihalash fani – yerdan to‘la va samarali foydalanishni tashkil qiluvchi loyihalarning nazariy asoslarini, turlarini, tarkibini, amaliy bajarilishini va hayotga tadbiq qilish yo‘llarini o‘rgatuvchi fandir. Yer tuzish jarayonida yerga ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar manbai sifatida qaraladi. Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida tashkil qilish jamiyatda qaror topgan ishlab chiqarish munosabatlari bilan chambarchas bog‘liqligi unga ijtimoiy-iqtisodiy ma’no beradi. Shu sababli, yer tuzishni loyihalash fani iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi. Hozirgi davrda O‘zbekistonda yer tuzishning mazmuni amaldagi qonunlari bilan belgilanadi. O‘zbekiston respublikasining 1998 yilda qabul qilingan "Yer kodeksi" ga asosan yer tuzish ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi:- respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini (sxemalarini) ishlab chiqish; - tumanlar va viloyatlarning yer tuzish chizmalarini (sxemalarini) ishlab chiqish; - tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq istiqbol rejalarini, Respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish; - alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash. Xo‘jaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi: − joyning o‘zida ovullar, qishloqlar, posyolka-lar, tumanlar shaharlar, viloyatlar chegaralarini belgilash; − yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuv-chilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish; − yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish; − korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga davlat va jamiyat extiyojlari uchun olib qo‘yiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish; − yer uchastkalarini naturada (joyning o‘zida) ajratib berish, yerga egalik qilish huquqini va yerdan foydalanish huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini hamda yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar tayyorlash. − yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik yerla-rini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivasiya qilish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, ko‘chkilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish bo‘yicha ishchi loyihalarni ishlab chiqish; − barcha yerlarni ruyxatga olish, hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish; − yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish; − yerlarni baholash tadbirlarini o‘tkazish. Xo‘jaliklarda ichki yer tuzish turi qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining hududini tashkil etib, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xo‘jalik yerlarini (haydalma yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, bog‘lar, uzumzorlar) oqilona joylashtirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek sug‘orish shaxobchalarini ta’mirlash va qayta qurishni o‘z ichiga oladi. Yer tuzish tarkibida topografiya, geodeziya, kartografiya, tuproq, agroximiya, geobotanika jihatidan, tarixiy-madaniy va boshqa yo‘nalishlarda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi. Yer tuzish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo‘lib, u doimiy ravishda rivojlanib boradi. Shuning uchun ham, u bir marta o‘tkaziladigan tadbir emas. Yer tuzish loyihalari ma’lum davrlardan keyin yangilanib turishi kerak. Yer tuzish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: yer tuzish ishlarini belgilash; yer tuzish ishlarini o‘tkazish (tayyorgarlik ishlari, loyiha tuzish va uni yer tuzish qatnashchilariga taqdim etish); loyihani tasdiqlash va amalga oshirish (joylarda chegara belgilarini o‘rnatish, loyiha elementlarini joylarga ko‘chirish va boshq.); yer tuzish qatnashchilariga beriladigan hujjatlarni tayyorlash va berish. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yer tuzish jarayonining asosini yer tuzishni loyihalash tashkil etadi. Yer tuzishni loyihalash ilmiy fan bo‘lib, u yer tuzish turlari va shakllari, xududni va yer bilan ajralmas bog‘langan ishlab chiqarish vositalarini tashkil etish qonuniyatlari to‘g‘risidagi ta’limotdir. Amaliy faoliyat sohasida esa u yer tuzish loyihalarini ishlash, asoslash va hayotga tadbiq etish yo‘llari va usullari to‘g‘risidagi bilimlar tizimidir. Sug‘oriladigan mintaqalarda yer tuzishni loyihalash fanining maqsadi hududning tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitini hisobga olgan holda yerdan to‘la, oqilano va samarali foydalanishni tashkil qilish qonuniyatlarini ochib berish va ulardan foydalanish yo‘llarini o‘rganishdir. Yer tuzish fanining rivojlanishi nuqtai nazaridan yer tuzishni loyihalashning mustaqil fan sifatida predmeti va uslubiyatlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling