1. Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi. Yer tuzishni loyihalash tushunchasi va uning yer tuzish tizimidagi o‘rni
Yer tuzishni loyihalash tamoyillari (prinsiplari)
Download 26.56 Kb.
|
1-Mavzu Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Yer tuzishni loyihalash tamoyillari (prinsiplari)
Yer tuzishning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining "Yer kodeksida" ko‘rsatilgan bo‘lib, ular yerdan ilmiy asoslangan holda to‘la, oqilona va samarali foydalanishni tashkil qilishdir. Yer tuzish ishlari yuqorida keltirilgan vazifalardan kelib chiqadigan umumiy tamoyillar (prinsiplar) asosida olib boriladi. Ularni qisqacha quyidagicha ta’riflash mumkin: 1. Loyihalashni tashkil etish, texnika va texnologiyalar sohasidagi ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan iloji boricha maksimal foydalanish tamoyili. Bu tamoyil loyihalash jarayonida eng zamonaviy texnik vositalar va usullardan foydalangan holda loyihaviy yechimlarning samaradorligini oshirishni talab etadi. Qishloq xo‘jalik korxonalari hududlarini zamonaviy texnikadan foydalanishga va ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etishga moslash natijasidagina biz yerdan va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanishga erishishimiz mumkin. Demak, biz yer tuzish loyihalarini ishlashda eng zamonaviy texnikadan foydalanishni va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni ko‘zda tutishimiz kerak. 2. Birinchi navbatda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan masalalarni yechish tamoyili. Yer tuzish loyihalari tabiatning ajralmas bo‘lagi bo‘lgan yerning landshaftiga o‘zgartirish kiritishi sababli, ularning tabiatga ta’siri sezilarli bo‘ladi. Bu ta’sir ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Bu tamoyil yer tuzish loyihalari yechimlarini ekologik jihatdan baholab, ularning ichidan faqat atrof muhitga salbiy ta’sir qilmaydiganlarini tanlab olishni taqozo etadi. 3. Xududning tabiiy va ekologik sharoitini to‘la hisobga olish tamoyili. Yer tuzish loyihalarini ishlayotganda Respublika yer fondini tabiiy qishloq xo‘jalik rayonlariga bo‘lish natijalari, yer tuzish o‘tkazilayotgan hudud tabiiy sharoiti va yerlarining joylashuvi, relyefi hisobga olinadi. Shu bilan bir qatorda, yer kadastri ma’lumotlaridan, ekologik va boshqa maqsadlarda o‘tkazilgan injenerlik va dala qidiruv ishlari natijalaridan keng foydalaniladi. 4. Yerdan foydalanishda qishloq xo‘jaligining ustivorligini ta’minlash tamoyili. Qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligi kata ahamiyatga ega. Respublikamizda unumdor tuproqli sug‘oriladigan yerlar kam bo‘lganligi sababli, yer tuzish loyihalarida ulardan faqat qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun foydalanishni ta’minlash kerak. Qishloq xo‘jalik yerlarining noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 5. Loyihaning yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini ta’minlash tamoyili. Loyihaning har bir yechimi iqtisodiy asoslanishi kerak. Iqtisodiy asoslash loyihada ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish natijasida olinadigan qo‘shimcha mahsulotni hisoblab topish yo‘li bilan bajariladi. Iqtisodiy samara ijtimoiy samara bilan chambarchas bog‘liqdir. Sababi, odamlarning yashash, mehnat qilish, dam olish sharoitlarini va ularga maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash xo‘jalik oladigan iqtisodiy samaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Mehnatkashlarning turmush va mehnat sharoitlarining yaxshilanishi esa mehnat unumdorligining ko‘tarilishiga va natijada iqtisodiy samaradorlikning oshishiga olib keladi. 6. Yerdan foydalanish jarayonida uni noo‘rin isrof-garchilikdan, nooqilona xo‘jalik yuritishdan, tabiatning va ishlab chiqarishning salbiy ta’siridan muhofaza qilish tamoyili. Loyihaning har bir yechimi huquqiy va ekologik asoslanishi kerak. Yerdan kelajakda foydalanish bo‘yicha qilinadigan takliflar madaniy agrar landshaftlarni rivojlantirishga, tuproq unumdorligini saqlash va doimiy oshirishga qaratilgan va yerdan foydalanishda noo‘rin isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘ymaydigan me’yoriy hujjatlarga asoslangan bo‘lishi kerak. 7. Loyihada qo‘yilgan masalalarning bir-biri bilan bog‘liq holda to‘la yechilishini ta’minlash tamoyili. Loyihaning asosiy qismlari va elementlari bir-birlari bilan, yerdan foydalanishni va u bilan bog‘liq ishlab chiqarish vositalarini tashkil qilishga qaratilgan boshqa bashoratlash, rejalash va loyihalash ishlari bilan chambarchas bog‘lanishini ta’minlash kerak. Bularga birinchi navbatda tuman yer tuzish chizmalari, meliorasiya loyihalari, yo‘l qurilishi chizmalari va loyihalari, aholi yashash joylari bosh loyihalari va boshqalar kiradi. Agar yuqorida keltirilgan bog‘liqlik bo‘lmasa loyihada albatta xatoliklar kelib chiqadi. 8. Yer tuzishda yer to‘g‘risidagi qonunlarga to‘la rioya qilish tamoyili. Yer tuzish natijasida yerdan foydalanish va yerga egalik qilish bilan bog‘liq huquqiy masalalar ham yechiladi. Bu esa o‘z navbatida hududni belgilangan yer munosabatlariga moslab tashkil etishni talab etadi. Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling