1. Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi. Yer tuzishni loyihalash tushunchasi va uning yer tuzish tizimidagi o‘rni


Yer tuzishni loyihalash fanining predmeti


Download 26.56 Kb.
bet3/5
Sana13.02.2023
Hajmi26.56 Kb.
#1193935
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu Yer tuzishni loyihalashning paydo bo‘lishi va rivojlanishi

Yer tuzishni loyihalash fanining predmeti
Yer tuzish rivojlanish jarayonida oddiy yer o‘lchashlar va bo‘lishlardan to hozirgi, yerdan samarali foydalanish va yerni muhofaza qilish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni talab etadigan murakkab tadbirlarni ishlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni bosib o‘tdi.
Ilm-fan rivojlanishining tarixi shuni ko‘rsatadiki, oldin har bir sohada tajriba asosida amaliy bilimlar paydo bo‘ladi. Amaliy bilimlar ularga bo‘lgan talabni faqat belgili vaqtgacha qondira oladi. Keyin esa amaliy bilimlar mohiyatini ilmiy asosda tushunishga zarurat tug‘iladi va natijada maxsus fanni yaratish kerak bo‘ladi. Yer tuzish ham xuddi mana shu jarayonni bosib o‘tdi va tabiat bilan jamiyat rivojlanishining ob’yektiv qonuniyatlarining yerdan foydalanishga ta’sirini o‘rganadigan va shu asosda yerdan samarali foydalanishni tashkil etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fanlar tizimiga aylandi. 1920-1930 yillarda yer tuzish fanlari tarkibi "Yer tuzish texnikasi", "Loyihalash uslubiyati" va "Yer tuzish iqtisodi" fanlaridan iborat edi.
20 asrning 30 yillari o‘rtalariga kelib "Yer tuzishni loyihalash" fani yer tuzishning asosiy faniga aylandi. 60 yillar boshlarida esa yer tuzish fanlari yanada rivojlanib, yangi ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga iqtisodiy-matematik usullar va modellashtirishning keng qo‘llanila boshlashi, yangi geodeziya asboblarining va EHM larning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. Natijada yangi "Yer tuzishning ilmiy asoslari", "Yer tuzish va yer munosabatlari tarixi", "Yer tuzishda geodezik ishlar", "Yer tuzishda iqtisodiy-matematik usullar va modellashtirish", "Yer tuzish ishlarini tashkil etish va rejalash" fanlari yer tuzish fanlari turkumiga qo‘shildi. Shu bilan bir qatorda "Yer tuzish iqtisodi" va "Loyihalash uslubiyati" fanlari "Yer tuzishni loyihalash" faniga qo‘shib yuborildi.
70 yillarda esa ilmiy izlanishlar uslubiyatlari rivojlanishi natijasida yer tuzish fanlari turkumiga "Mutaxassislikka kirish", "Yer tuzishda ilmiy izlanishlar uslubiyati" va "Yer resurslaridan foydalanishni rejalash va bashoratlash" fanlari qo‘shildi. Yer tuzish fanlarini tabaqalashtirish natijasida "Yer tuzish iqtisodi" fanini qaytadan maxsus fan sifatida "Yer tuzishni loyihalash" fanidan ajratish zarurati tug‘ildi.
Shunday qilib, hozirgi davrda yer tuzish fanlarining belgili tizimi yuzaga keldi. Bu tizim profesor S.N.Volkov tomonidan tuzilgan va 1 rasmda keltirilgan (Zemleustroitelnoye proyektirovaniye /Pod. red. S.N.Volkova.-M.: / Kolos,1997. 24-25b.).
Yer tuzishni loyihalash fani barcha yer tuzish va umummutaxassislik fanlaridan olingan bilimlarni o‘zida mujassamlaydi. Umummutaxassislik fanlari turkumiga geodeziya, tuproqshunoslik (geobotanika asoslari bilan), meliorasiya va yerlarni rekultivasiyalash, agroo‘rmon meliorasiyasi va o‘rmon tuzish asoslari, xaritashunoslik, yer kadastri, qishloq aholi yashash joylarini loyihalash, hududni injenerlik jihozlash, agrar iqtisod, dehqonchilik va o‘simlikshunoslik, qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash va boshqalar kiradi.
Masalan, xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihasining almashlab ekishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarini yechish uchun yer tuzuvchi quyidagilarni bilishi kerak:
− tuproq xossalarining (unumdorligi, mexanik tarkibi, namligi, sho‘rlanish darajasi) o‘simliklarga ta’sirini;
− mazkur xo‘jalikda dehqonchilikning qanday texnologiyalarini qo‘llashni;
− dala shakli va maydonining qishloq xo‘jalik texnikasi unumdorligiga ta’sirini;
− xo‘jalik sharoitida ishlab chiqarishni va meh-natni tashkil etishning, boshqarishning qanday turlarini qo‘llash yaxshi natija berishini;
− almashlab ekish maydonlarini joylashtirishni qanday qilib aholi yashash tizimi, yo‘l tarmoqlari, irrigasiya va meliorasiya shaxobchalari, ihota daraxtlari polosalarini joylashtirish va eroziyaga qarshi agrotexnik tadbirlar bilan bog‘lashni;
− loyihalangan sug‘orish (ishchi) uchastkalari va almashlab ekish dalalari chegaralarini qanday geodeziya asboblari va usullari yordamida yerga ko‘chirishni va boshq.
Yer tuzishni loyihalash ob’yekti xo‘jaliklar, yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar tizimi bilan bog‘liq holda, hududni tashkil etishdir. Yer tuzishni loyihalash fanining predmeti hududni va yer bilan ajralmas bog‘liq ishlab chiqarish vositalarini tashkil etish qonuniyatlari va yer tuzish loyihalarini ishlash, asoslash va amalga oshirish usullari, yo‘llari va uslubiyatlaridir.
Loyihalarning mazmuni va tuzish uslubiyatlari hamda loyihalash tartibi tabiiy va iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq. Yer tuzishning turlari va shakllari ko‘pligi, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarning xilma-xilligi loyihalarni tuzishda xar xil usullardan foydalanish zaruratini tug‘diradi.



Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling