1. Yer tuzishning maqsadi, mazmuni va vazifalari
Yer fondi, uning tarkibi va foydalanilishi
Download 35.83 Kb.
|
2-4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi yer fondi (2001 y. 1 yanvariga
Yer fondi, uning tarkibi va foydalanilishi
O‘zbekiston hududidagi barcha yerlar respublikamiz yer fondini tashkil etadi, uning maydoni 44896,9 ming ga teng (O‘zbekiston respublikasi Yer resurslari Davlat qo‘mitasining ma’lumotlari, 2001 y. 1 yanvardagi holati bo‘yicha). Yer fondi - bu ma’lum hududda, uning chegaralari ichidagi (mamlakatda, viloyatda, tumanda va sh.o‘.) xo‘jalik yuritish, mulkchilik, egalik qilish, foydalanish, ijara ob’ektlari hisoblangan barcha yerlarning yig‘indisidir. Har xil faoliyat sohalarida yerdan har xil foydalaniladi, shuning uchun yer fondi yer toifalariga bo‘linadi, ular ikkita belgi bo‘yicha bir-birlaridan ajratiladi: asosiy mo‘ljallangan maqsad bo‘yicha; foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy tartibi bo‘yicha. Demak, yer toifalari - bu yer fondining asosiy mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ajratilgan, foydalanish va muhofaza qilishning ma’lum huquqiy tartibiga ega qismidir. O‘zbekiston yer bilan kamroq ta’minlangan jahon davlatlari qatoriga kiradi. Unda bir odamga 1,8 ga umumiy maydon, 0,17 ga sug‘oriladigan maydon to‘g‘ri keladi. 4 jadval O‘zbekiston Respublikasi yer fondi (2001 y. 1 yanvariga)
Har bir toifa yerlaridan mo‘ljallangan maqsadga mos tarzda foydalaniladi. Mo‘ljallangan maqsad - bu yerlardan aniq maqsad uchun foydalanishning qonuniy belgilangan tartibi, shartlari va chegarasidir. Yer toifalarining huquqiy tartibi yer va boshqa qonunchilik turlari bilan belgilangan foydalanish, muhofaza qilish, hisob va monitoring qoidalari bilan aniqlanadi va ma’lum yer toifasiga kiritilgan barcha yer uchastkalariga taalluqlidir. Yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish maxsus qonunlar bilan qattiq tartibga solingan. O‘zbekistonda yerlar quyidagi toifalarga bo‘lingan. Download 35.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling