1. Yer tuzishning maqsadi, mazmuni va vazifalari
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
Download 35.83 Kb.
|
2-4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi punktlari yerlari
- Xo‘jaliklararo yer tuzishning vazifalari va mazmuni
- Nazorat savollari
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar - qishloq xo‘jalik extiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, xo‘jalikdagi ichki yo‘llar, injenerlik tarmoqlari, o‘rmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlarga ajratiladi. Haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq (bo‘z) yerlar, dov-daraxtlar (bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar, ko‘chatzorlar va boshq.) egallangan yerlar qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi kerak. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligidan o‘zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o‘tkazishga alohida hollarda, «Yer kodeksi» va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini irrigatsiya va suvdan foydalanish tizimiga asoslangan sun’iy sug‘orish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir. Bu toifadagi yerlar tarkibida qishloq xo‘jalik yer turlari 79,5%, haydalma yerlar esa 15,7% tashkil etadi. Aholi punktlari yerlari - shaharlar, qishloqlar chegara (chizig‘i) ichidagi yerlardir. Hozirgi vaqtda 120 shahar va shaharchalar, 1456 qishloqlar mavjud bo‘lib, ular 232,7 ming ga yerni egallab turishibdi. Aholi punktlari yerlari tarkibining 3,9% qishloq xo‘jaligi yerlariga to‘g‘ri keladi, qurilish tagidagi hudud esa 9% tashkil etadi. Xo‘jaliklararo yer tuzishning vazifalari va mazmuni Xo‘jaliklararo yer tuzishni o‘tkazishda ikkita maqsad ko‘zlanadi. Birinchi maqsad - yerdan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni tashkil etish; ikkinchisi - ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish, ya’ni, hududda, uning ishlab chiqarish kuchlari xususiyatlarini hisobga olgan holda - ishlab chiqarish ob’ektlarini va mehnat resurslarini joylashtirish. Xo‘jaliklararo yer tuzishni o‘tkazishda bajariladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: yerda xo‘jalik yuritishning barcha turlarini rivojlantirish uchun bir xil hududiy sharoit yaratish; yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarning oqilona tizimini yaratish va takomillashtirish; yer tuzishda belgilangan chegaralarning joylarda o‘tkazilishining asoslanganligini, aniqligini va dahlsizligini ta’minlash; qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini oqilona tashkil etish uchun hududiy sharoit yaratish; yerlardan foydalanish tartibini va shartlarini, mulk qilib, egalik qilish uchun, foydalanishga berilgan yer uchastkalariga to‘lovlar va servitutlarni belgilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; yer solig‘i va haqini belgilash, yerlarni olishdagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zararini qoplash uchun ma’lumotlar tayyorlash; yerlarni yaxshilash va tiklashga, ularning unumdorligini oshirishga, eroziyadan himoya qilishga, rekultivatsiyalashga hamda unumdorligini tiklashning iloji yo‘q yerlarni konservatsiyalashga qaratilgan tadbirlarni ishlash; yerlarni melioratsiyalashning yo‘nalishlarini va kelajagini asoslash. Xo‘jaliklararo yer tuzish oqilona yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni shakllantirishning, fuqarolarga, fermer xo‘jaliklariga, qishloq xo‘jalik korxonalariga yer ajratishning, yerni ijaraga berishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. U qishloq va xalq xo‘jaligi uchun nafaqat yerlarni taqsimlash, balki mahsuldor yer turlarini sarflash masalalarini yechish uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Nazorat savollari 1. Xo‘jaliklararo yer tuzish tushunchasiga tavsif bering. 2. «Yer egaligini (yerdan foydalanishni) tashkil etish» atamasi qanday tushunchalarni o‘z ichiga oladi? 3. Xo‘jaliklararo yer tuzishni o‘tkazish zaruratini qanday sabablar (omillar) keltirib chiqaradi? Xo‘jaliklararo yer tuzish qanday tamoyillarga (prinsiplarga) mos tarzda o‘tkaziladi? Download 35.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling