1. Yer tuzishning maqsadi, mazmuni va vazifalari


Download 35.83 Kb.
bet1/5
Sana12.10.2023
Hajmi35.83 Kb.
#1700316
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-4 mavzu


2-Mavzu: Tumanda yer tuzish tizimi
Reja:



  1. Yer tuzishning maqsadi, mazmuni va vazifalari.

  2. Tuman yer tuzish chizmasi



1. Yer tuzishning maqsadi, mazmuni va vazifalari.
Yerdan foydalanish va uni muhofaza etish bilan bog‘liq yer tuzish tadbirlarini ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va dehqonchilik tizimlari bilan bog‘lash uchun eng qulay hudud - ma’muriy tuman hududi hisoblanadi. Aynan shu hududda zarur tashkiliy ishlarni, moliyaviy ta’minotni va boshqaruvni amalga oshiradigan tuman hokimiyati joylashgan. Tuman o‘zining korxonalar va tashkilotlar tizimidan iborat ishlab chiqarish majmuasiga, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratizimiga, tabiiy va iqtisodiy resurslarga ega. Aholi turmushi va mehnat faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalarni ko‘rib chiqish va yechish tuman hokimiyati vakolatlari doirasiga kiradi. Bu masalalar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
davlat mulki bo‘lgan yer va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash, tuman hududida yerdan foydalanishni nazorat qilish;
tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash;
aholi yashash joylarini loyihalash, qurish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishni, suv manbaalaridan va keng tarqalgan qazilma boyliklardan foydalanishni, yo‘l qurilishini va yo‘llar tarkibini tartibga solish;
atrof muhitni muxofaza qilishda va boshqa ishlarda qatnashish.
Ma’muriy tuman davlatimizning xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy hududiy bo‘linmasi hisoblanadi. Shuning uchun ham ma’muriy tuman hududining turg‘un va kompleks rivojlanishini ta’minlashda yer tuzishning ahamiyati katta. Tuman ma’muriyatiga quyidagi yer tuzish ishlarini o‘tkazish vakolati berilgan:
tuman yer xo‘jaligini boshqarish;
tashkilotlarga, korxonalarga, muassasalarga va fuqarolarga yer uchastkalarini berish va qaytarib olish;
yer tuzishni amalga oshirish;
yer kadastri va yer monitoringini olib borish;
yer solig‘i va boshqa to‘lovlarni yig‘ish.
Ma’muriy tumanda yer tuzish – bu yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni tashkil etish, tumanda yer munosabatlarini tartibga solish, xo‘jalik va tashkilotlarning hududlarini tuzish, tabiiy landshaftlarni madaniylashtirish bo‘yicha tadbirlar tizimi va ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik jarayondir. Bu tizim xo‘jaliklararo va xo‘jaliklarda ichki yer tuzishni, loyiha oldi va texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini muvofiqlashtiradi.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan agrar islohotlar davrida bajariladigan ishlarni tartibga solish zarurati tumanda yer tuzishning ahamiyatini va boshqarishning, xo‘jalik yuritishning va tabiatni muhofaza etishning yer tuzish ishlari bilan bog‘liqlik darajasini oshiradi. Tumanda yer tuzishning asosiy maqsadi samarali yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar tizimini yaratish, ishlab chiqarish korxonalarini hududiy tashkil etish va joylashtirish, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni oqilona amalga oshirish hisoblanadi.
Ma’muriy tumanda yer tuzishning vazifalariga quyidagilar kiradi:
bozor iqtisodiyotiga o‘tish va qishloq joylarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qayta tashkil etish uchun qulay hududiy sharoit yaratish;
tuman yer resurslaridan har xil ishlab chiqarishlar va korxonalarni zarur yer resurslari bilan ta’minlash uchun oqilona taqsimlash yordamida kompleks foydalanishni tashkil etish;
agrosanoat majmuasi tarmoqlarida amaldagi yer qonunlari, yerning agroekologik sifati, qishloqlar joylashishi, infratizim ta’minoti asosida yerdan foydalanishni takomillashtirish;
landshaftlarning turg‘unligini ta’minlash va madaniylashtirish, yer va boshqa tabiiy resurslarning ishonchli muhofazasini tashkil etish.

Download 35.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling