1. Yevropa rivojlangan davlatlari pensiya ta`minoti tizimi,modellari va rivojlanish tarixi


Yevropa rivojlangan davlatlari pensiya ta`minoti tizimida olib borilgan islohotlar


Download 388.72 Kb.
bet3/11
Sana15.10.2023
Hajmi388.72 Kb.
#1704493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi ChMPT Obloqulova S

2. Yevropa rivojlangan davlatlari pensiya ta`minoti tizimida olib borilgan islohotlar
Barcha davlatlarning siyosiy-iqtisodiy sohadagi eng muhim masalalaridan biri pensiya ta’minoti masalalari hisoblanadi. Pensiya tizimlari bundan yuz yillar ilgarihpaydo bo‘lib, bir qancha islohotlar bosqichidan o‘tganiga qaramay, pensiya ta’minoti muammolari bugungi kunda rivojlanayotgan va xatto rivojlangan davlatlarda ham muhim tus ola boshladi. Bu muaommlarning jiddiylashuvi, u yoki bu mamlakatda avvallari pensiya islohotlari siyosatida unchalik e’tiborga olinmagan ijtimoiy-demografik omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kelgusida bu omillar pensiya tizimlaridagi islohotlarda e’tiborga olinishi zarurdir.
Ana shu muammolar ta’sirida XX asr oxirlarida pensiya islohotlari deyarli barcha mamlakatlarni qamrab oldi. Bu islohotlarning maqsadi, har bir alohida davlatda o‘zgargan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-demografik holatni hisobga olgan holda va o‘rnatilgan umumjahon talablari va tendensiyalariga mos keluvchi yangilangan pensiya ta’minoti tizimini qurish va shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Demak pensiya ta’minotiga oid muammolar birinchi navbatda o‘zgarib borayotgan demografik omillarga bog‘liq. Ko‘plab rivojlangan davlatlar (Yevropa, AQSh, Avstraliya)dagi demografik holat, hozirgi kunda o‘ziga xos xususiyatga ega: ya’ni mehnatga layoqatli aholi sonining o‘sishi sekinlashmoqda yoki qisqarmoqda. Shu bilan birga 60 va 80 yoshdan katta aholi qatlamining ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Bu esa shubhasiz jamiyatning mehnatga layoqatsiz qatlamining ko‘payishiga, ya’ni pensionerlar sonining o‘sishiga olib keladi.37 Rivojlangan davlatlarda ushbu muammo yechimining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda.
1-jadval.
Dunyo mamlakatlarida 65 va undan yuqori yoshdagi aholining o‘sishi.10

Mamlakatlar

65 va undan yuqori yoshdagilarni aholi umumiy sonidagi ulushi, %

2000

2010

2015

2000-2015-yillardagi farq

AQSH

12

13

14,1

+2,1

Buyuk Britaniya

16

17

18,1

+2,1

Germaniya

16

21

20,9

+4,9

Italiya

18

20

22,1

+4,1

Ispaniya

17

17

18,3

+1,3

Fransiya

16

17

18,5

+2,5

Yaponiya

17

23

26,2

+9,2

Xitoy

7

8

9,6

+2,6

Hindiston

4

5

5,8

+1,8

Rossiya

12

13

13,1

+1,1

O`zbekiston

4

4

4,4

+0,4

Bashoratlarga ko‘ra, yaqin 40 yil ichida 20 yoshgacha va mehnat yoshidagi aholi soni muntazam kamayib boradi (2-jadval), pensionerlar soni yana 10 foizga ortadi. Yevropa ittifoqidagi mamlakatlarda esa 2020-yilga kelib, har bir pensionerga o‘rtacha 3ta ishlovchi to‘g‘ri keladi.


Demak bugungi kun ishchilarining pensiyada munosib hayot kechirishlari uchun hozirdan qulay sharoitlar yaratish va pensiya tizimida munosib islohotlar o‘tkazish zarurati juda muhim hisoblanadi.

Download 388.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling